Mehnat resurslari
O’zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko’ra 3 ta region ajratiladi
Download 72 Kb.
|
Mexnat resurslari.xalqlar klassifikatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dunyo aholisni soniga ko’ra klassifikatsiyalash
- 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish
- 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo’jalik jihatdan guruhlashtirish.
- 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish
O’zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko’ra 3 ta region ajratiladi:
Farg’ona, Zarafshon vodiysi, Xorazm viloyati. Bu yerda ortiqcha mehnat resurslari mavjud, ish o’rinlari ham. Mirzacho’l, Buxoro Navoiy regioni. Bu yerda ishchi kuchi kam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun esa tabiiy resurs omili yetarli. Toshkent regioni. Bu yerda ishchi kuchi ham, ish o’rinlari ham ko’p. Dunyo aholisi juda ko’p etnik birliklardan tarkib topgan. Sayyoramizda 200 dan ortiq millat va elatlar mavjud. Xalqlarni o’rganish uchun ularni ma’lum xususiyatlariga qarab klassifkatsiyalash, guruhlarga ajratish mumkin. Xalqlarni har xil xususiyatlari va ko’rsatkichlariga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Dunyo aholisni soniga ko’ra klassifikatsiyalash. V.V.Pokshishevskiy xalqlarni soniga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratgan: 100 mln. kishidan ortiq xalqlar (xitoylar, amerikaliklar, ruslar, hindlar, yaponlar); 50 mln. dan ortiq 100 mln. gacha bo’lgan xalqlar (braziliyaliklar, nemislar, bengallar, italyanlar, bixarliklar); 10 mln.dan 50 mln.gacha bo’lgan xalqlar; 1 mln.dan 10 mln. gacha bo’lgan xalqlar; 1 mln.dan kam bo’lgan xalqlar. 2. Xalqlarni hududiy joylashuviga ko’ra guruhlashtirish. Har bir xalq o’ztning etnik hududiga ega bo’ladi, ana shu hududda u moddiy va ma’naviy madaniyatini yaratadi, tabiatdan foydalanishning o’ziga xos usullarini ishlab chiqadi va h.k. Hududiy jihatdan yaqin bo’lgan va uzoq davrlar mobaynida bir-biri bilan mustahkam aloqa qilib yashagan xalqlarda xo’jalik yuritish shakllari, turmush, madaniyat va din odatda bir-biriga o’xshash va ayrim hollarda bir xil bo’ladi. Mana shu belgi va hususiyatlari jihatdan o’xshash bo’lgan hududlar – tarixiy-etnografik oblastlar deb ataladi. Ular bir necha hududlardan iborat: 1. G’arbiy yevropa 2. O’rta Osiyo 3. Lotin Amerikasi 4. Okeaniya. 3. Xalqlarni ijtimoiy – xo’jalik jihatdan guruhlashtirish. Ko’proq tarixiy xarakterga ega. Chunki, bu tipga kiruvchi «dehqon xalqlar», «chorvador xalqlar», «ovchi xalqlar» tushunchalari asosan o’tmish davrlarga xos bo’lib, hozir o’z ahamiyatini yo’qotib bormoqda. 4. Xalqlarni lingvistik guruhlashtirish. Xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa, o’z navbatida tarmoqlarga ajratiladi. Lingvistik guruhlashtirish – xalqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratishda bir-biriga yaqin bo’lgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa o’z navbatida guruhlarga yoki tarmoqlarga ajratiladi. Dunyo xalqlarini lingvistik jihatdan quyidagi til oilalariga birlashtiriladi: 1. Hind-Yevropa oilasi. AQSh hududlarida, Karib dengizi havzasida, Meksika, Venesuellada, Kolumbiyaning Shimoli-Sharqida, Peru, Chili, Argentina, Braziliyaning janubi-g’arbida, Hindiston, Pokiston, Gayana, Sharqiy yevropa, Afg’oniston, Eron, Avtraliyaning Janubi-g’arbida, yevropaning katta qismi, Shimoliy va Janubiy Amerika, Shimoliy Hindiston xalqlari, jami 2,5 mlrd. bo’lgan 150 mln. xalq so’zlashadi. Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling