Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari
Download 314.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilish. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish qat’iy belgilangan tartibga rioya qilishni talab etadi. MKning 100-moddasiga muvofiq, quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asosli ekanligini bildiradi: 1)texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati)yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi; 2)xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra, bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi; 3) xodimning o’z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi; 4)xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta qo’pol ravishda buzganligi; 5)o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko’ra, o’rindoshlik ishi cheklanishi sababli o’rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi; 6)mulkdorning almashishi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi. Yangi Mehnat Kodeksida mustahkamlangan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to’g’risida xodimni oldindan ogohlantirish mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda muhim kafolat hisoblanadi. Bunday oldindan ogohlantirishning asosiy maqsadi mehnat shartnomasi bekor qilinishidan oldin xodimga ma’qul ish izlash imkonini berishdan iborat ekanligidan kelib chiqib MKning 102-moddasi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqida ogohlantirish muddati davomida, mehnat munosabatlari xodimning aybli xatti-harakat sodir etganligi munosabati bilan bekor qilish to’g’risidagi ogohlantirishlarni istisno etganda, xodimga boshqa ish qidirish uchun, ish haqi saqlangan holda, haftada kamida bir kun ishga chiqmaslik huquqqini beradi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning barcha hollarida, aybli harakatlar bilan bog’liq hollaridan tashqari, xodimga kamida o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi kerak. Tomonlarning kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish. MK 97- moddasi 1-bandiga ko’ra, tomonlarning mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi istagi masalan, xodimning tegishli arizasi va unga yaqin ya’ni arizaga ish beruvchi imzosi (rezolyutsiyasi) shaklida bo’lishi mumkin. Xodimning o’z ixtiyori bilan mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi arizasidan farqli ravishda (ma’lumki, bu arizadan muddao-xodim mehnat shartnomasini to’xtatish haqida ish beruvchini xabardor qiladi va bu o’rinda xodimning niyatiga rad javobi bo’lishi mumkin emas), tomonlar kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi xodim arizasida mazkur asosga ko’ra, mehnat munosabatlarini to’xtatish imkoniyati haqidagi masalaning ish beruvchi tomonidan ko’rib chiqilishi xususidagi xodimning iltimosi bayon etiladi. Bu holda ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini to’xtatishga rozilik berishi yoki uning iltimosini qondirmasligi mumkin. Tomonlarning roziligi bilan mehnat shartnomasini to’xtatishga ish beruvchi rad javobi berganida, bu xodimni o’z ixtiyori bilan mehnat munosabatlarini to’xtatish huquqini mahrum etmaydi. Tomonlar kelishuvi bilan mehnat munosabatlari to’xtatilayotganida mehnat shartnomasini to’xtatishning aniq sanasi ham xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. Mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra istalgan vaqtda to’xtatilishi mumkin. Demak, tomonlar mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risida bitimga kelsalar, bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlar bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlari xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda, u ta’tilda (mehnat ta’tilida, o’quv ta’tilida, homiladorlik va ko’zi yorish ta’tilida, yosh bolaga qarab turish uchun ta’tilda bo’lganida, ish haqini olmasdan ta’tilga chiqqanida va shu kabi hollarda) bo’lganida, shuningdek, xodim ishda bo’lmagan boshqa davrlarda, mehnat munosabatlari to’xtatilishi mumkin. Agar ko’rib chiqilayotgan asosga ko’ra, mehnat shartnomasi xodimning kasalligi davrida to’xtalgan bo’lsa, bu holda xodimga tuzalishiga qada rvaqtincha ishga, layoqatsizligi uchun yoki nogironlik belgilanganiga qadar nafaqa to’lanadi. Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish. Muddatli mehnat shartnomasi muddati o’tishi bilan bekor qilinishi mumkin. Ammo, bundan muddatli shartnomani faqat shu sababga ko’ra, bekor qilish mumkin ekanda, degan xulosani chiqarmaslik kerak. Mehnat kodeksida noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi qanday asoslarga ko’ra to’xtatilsa, xuddi shunday asoslarga binoan, muddatli mehnat shartnomasi ham bekor qilinishi nazarda tutilgan. Muddatli mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan, muddati tugatishga qadar istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, xodimning tashabbusi bilan muddati tugamasidan mehnat munosabatlari to’xtalishi mumkin. Buning uchun, noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishda bo’lganidek, xodim ish beruvchini ikki hafta ilgari ogohlantirishi kerak. Ish beruvchining tashabbusi bilan ham muddatli mehnat shartnomasi muddatidan ilgari to’xtatilishi mumkin. Ammo, qonuniy asoslar bo’lganidagina ish beruvchiga shunday huquq beriladi (korxonaning tarqatib yuborilishi, xodimlar sonining o’zgarishi, xodimning bajarayotgan ishga nomunosibligi, xodim mehnat burchlarini buzishi va shu kabilar). Muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, muddati tugashi bilan har ikki tomon, garchi bir tomon istagiga qarshi bo’lsa-da, mehnat munosabatlarini to’xtatishga haqlidir. Shartnoma muddatining tugashi belgilab olinishi uchun turli variantlardan foydalanish mumkin. Bular orasida eng oddiysi shartnoma tugashining aniq sanasini ko’rsatishdir. Masalan, «1997 yilning 5 iyuliga qadar». Ikkinchi variant ham murakkab emas, bunda xodim ishga muayyan muddatga qabul qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi 1996 yilning 4 yanvarida uch yillik muddat bilan tuziladi. Demak, uning muddati uch yil o’tib, xuddi ana shu sanada, ya’ni 1999 yilning 4 yanvarida tugaydi. Agar mehnat shartnomasi asosiy xodim yo’qligida tuzilgan bo’lsa, uning muddatini aniqlash bir qadar murakkab bo’ladi, chunki ko’pincha uning aniq qaytish vaqtini belgilashning imkoni bo’lmaydi. SHu boisdan ham, quyidagilar MKning 105-moddasi uchinchi qismida yozib qo’yilganligi bejiz emas: xodim yo’qligida (agar uning ish joyi va lavozimi saqlanib qolayotgan bo’lsa) mehnat shartnomasi mazkur xodim ishga kelgan kundan boshlab to’xtatiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun MK 105-moddasiga ko’ra, xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasining yoki boshqa vakillik organining roziligi talab qilinmaydi. Mehnat shartnomasini beor qilishda nafaqa to’lash amaldagi qonunda nazarda tutilmagan. Biroq, korxonaning jamoa shartnomasida yoki bevosita mehnat shartnomasida shartnoma muddati tugashi munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimga moddiy madad berishning turli yo’llari ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnat kodeksi muddati tugalaganligi sababli muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishda homilador ayollarga va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga qo’shimcha kafolatlarni ko’zda tutadi. Muddati tugaganligi sababli homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ularni albatta, ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu mehnat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling