Mehnat shartnomasi №


-bob. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari


Download 23.35 Kb.
bet4/7
Sana17.02.2023
Hajmi23.35 Kb.
#1206208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASI 2021 31 08 lotin

3-bob. Ish beruvchining huquq va majburiyatlari

  1. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

a) Institutning barcha xodimlariga, shu jumladan ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladigan jamoa shartnomasini tuzish;
b) Institutda o‘rnatilgan tartibga muvofiq xodimlar faoliyati samaradorligini baholashni tashkil etish;
v) xodimga o‘z xizmat vaziflarini vijdonan va samarali bajargani hamda yuqori natijalarga erishgani uchun tegishli tartibda rag‘batlantirish, ustama haq va qo‘shimcha to‘lovlar belgilash, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish;
g) xodimdan Institut Ichki tartib qoidalariga, lavozim yo‘riqnomasiga, Odob-axloq qoidalari, Institutning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), Institut xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizomga va ushbu mehnat shartnomasiga qat’iy rioya qilishini, Institut mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini talab qilish;
d) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish;
e) tasdiqlangan ish rejalariga muvofiq xodim tomonidan tayyorlangan ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijalari (maqolalar, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va boshqalar)dan foydalanish;
j) lavozim yo‘riqnomasi doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xodimga qo‘shimcha yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini talab qilish;
z) xodim o‘z xizmat vazifalarini sifatsiz bajargan taqdirda, shu jumladan mazkur mehnat shartnomasining 11, 12-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlardan birini bajarmagan yoki sifatsiz bajargan taqdirda, unga nisbatan belgilangan ustama haq va qo‘shimcha to‘lovlarni bir tomonlama kamaytirish yoki bekor qilish;
i) mazkur shartnomaning 11, 12-bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlardan birini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat shartnomasini bir yil davomida bekor qilish.

  1. Ish beruvchi qonun hujjatlari va Institut lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.


  2. Download 23.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling