Mehnat shartnomasi №


-bob. Xodimning huquq va majburiyatlari


Download 23.35 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi23.35 Kb.
#1206208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASI 2021 31 08 lotin

2-bob. Xodimning huquq va majburiyatlari

  1. Xodimning huquq va majburiyatlari mazkur mehnat shartnomasi va uning ajralmas qismi hisoblangan lavozim yo‘riqnomasi bilan belgilanadi.

  2. Xodim quyidagi huquqlarga ega:

a) o‘quv jarayonining yuqori sifatini ta’minlovchi o‘qitishning usul va vositalarini tanlash;
b) o‘z kasbiy faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
v) huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari va qadr-qimmatini himoya qilish;
g) institut boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining buyruq va topshiriqlari ustidan shikoyat qilish;
e) qonun hujjatlarida, shuningdek Institutning lokal hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

  1. Xodimning majburiyatlari:

a) o‘z mehnat vazifalarini vijdonan bajarish;
b) O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Institutning Ustavi, jamoa shartnomasi, Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq qoidalariga va boshqa lokal normativ hujjatlariga rioya etish;
v) o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tarbiyaviy va individual ishlarni yuqori darajada tashkil etish;
g) nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni muntazam ravishda rivojlantirish,
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish va o‘z vaqtida malaka oshirish;
d) dars mashg‘ulotlarini amaliyot bilan bog‘lab, talabalarda qiziqish va mustaqil izlanishni uyg‘otishga qaratilgan zamonaviy innovatsion pedagogik hamda axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazish, shuningdek, tizimli ravishda sayyor va ochiq darslar, master-klass va treninglar tashkil etib borish;
e) “talabaning o‘zlashtirish darajasi – professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni” tamoyiliga qat’iy amal qilish;
j) dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rgan holda dars mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, uzrli sabablarga ko‘ra xodimning shaxsiy ish rejasini va dars mashg‘ulotlarini bajara olmasligi to‘g‘risida oqilona muddatda, tegishli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmay qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda ogohlantirish;
z) mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
i) ish beruvchining, jumladan bevosita rektor, prorektor, fakultet dekani topshiriqlarini o‘z vaqtida, sifatli va aniq bajarish;
k) pedagogik etika qoidalariga rioya qilish, talabalar va hamkasblariga hurmatda bo‘lish;
l) ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lgan pedagoglar har o‘quv yilida:

Download 23.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling