Mehnat shartnomasi №


professor, fan doktori DSc


Download 23.35 Kb.
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi23.35 Kb.
#1206208
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MEHNAT SHARTNOMASI 2021 31 08 lotin

professor, fan doktori DSc - “Scopus”, “Science Direct” va Web of Science ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda har o‘quv yilida kamida 2 (ikki) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Respublika oliy ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy jurnallarida har o‘quv yilida kamida 2 (ikki) dona yakka mualliflikda hamda 2 (ikki) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Xorijiy ilmiy fondlarga kamida 1 (bir) dona loyiha tayyorlash.
dotsent, fan nomzodi, falsafa doktori PhD - Scopus”, “Science Direct” va Web of Science ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallarda har o‘quv yilida kamida 1 (bir) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Respublika oliy ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy jurnallarida har o‘quv yilida 1 (ikki) dona yakka mualliflikda hamda 2 (ikki) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Xorijiy yoki mahalliy grantlarga kamida 1 (bir) dona loyiha tayyorlash (mahalliy grantlar tanlovga taqdim etiladi).
Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lmagan pedagoglar yuqori impakt-faktorga ega bo‘lgan nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda har o‘quv yilida:
katta o‘qituvchi - respublika oliy ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy jurnallarida har o‘quv yilida 1 (bir) dona yakka mualliflikda hamda 2 (ikki) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Mahalliy grantlarga loyiha tayyorlashda qatnashish.
assistent - respublika oliy ta’limi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy jurnallarida har o‘quv yilida 1 (bir) dona yakka mualliflikda hamda 1 (bir) dona hammualliflikda maqola chop etish;
Xo‘jalik shartnomalarida faol ishtirok etish yoki qatnashish.
Ilmiy kengash qarori bilan ushbu talablardan kam bo‘lmagan tartib o‘rnatilishi ham mumkin.
m) mehnat shartnomasi bekor qilinganda yoki boshqa ishga o‘tganda mehnat faoliyati davomida to‘plangan, shakllantirilgan va qayta ishlangan ma’lumotlar, hujjatlarning asl va elektron nusxalarini Institutning tegishli tarkibiy bo‘linmasiga butligicha topshirish (o‘zi bilan olib ketmaslik hamda yo‘q qilmaslik);
n) xodim murabbiy etib tayinlanganda, murabbiylik guruhlaridagi talabalar bilan belgilangan talablar asosida muntazam ravishda ish olib borish, xususan o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish, ularning ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lish hamda ota-onalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
o) Talabalar turar joylarida belgilangan talablarga muvofiq navbatchilikni amalga oshirish;
p) o‘zining xatti-harakatlari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan universitetning obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish.

  1. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida o‘z vakolatini suiiste’mol qilmaslik majburiyatini oladi.

Xodim korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklardan o‘zini tiyishi shart.
Xodim manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilishi shart.
Xodimlar orasida shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, xizmat majburiyatlaridan chetga chiqqan holda boshqa xodimlarning professional ish faoliyatiga aralashish, ma’lumot so‘rash hamda qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatish holatlari yuzaga kelganda vazirlik hamda Institutning ichki hujjatlariga muvofiq darhol quyidagi aloqa kanallari orqali:
“73-241-12-06” ishonch telefoni;
Telegram-kanali (“@farpiantikorrupsiya”);
Institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik to‘g‘risida institutning xizmat telefon raqamiga
(73-241-12-06) xabar qilishi lozim.

  1. Xodim qonun hujjatlari va Institutning lokal hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.




Download 23.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling