Mehnat shartnomasi


Download 15.88 Kb.
bet2/5
Sana14.09.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1677905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimboyeva L

8.XOIMNING HUQUQLАRI:
a)ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, oʼzgartirish va bekor qilish;
b)mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan taʼminlanish;
v)mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega boʼlish;
g)oʼz malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq oʼz vaqtida hamda toʼliq hajmda ish haqi olish;
d)ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan dam olish;
ye)xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega boʼlish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari toʼgʼrisida toʼliq va ishonchli axborot olish;
j)mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
z)oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;
y)jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi toʼgʼrisida axborot olish, shu jumladan oʼz vakillari orqali olish;
k)mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xodimga mehnat vazifalarini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish;
l)oʼz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
m)mehnat nizolarini ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda belgilangan tartibda hal qilish.
o)xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
9. ISh BERUVChINING HUQUQLАRI:
a)ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, oʼzgartirish hamda bekor qilish, Oliy oʼquv yurtlarini birinchi marta tugatib ishga kirayotgan oʼqituvchi-stajordan bir yil davomida kasbiy sertifikat olishini talab qilish;
b)jamoa muzokaralari tashabbusi bilan chiqish va jamoa shartnomalarini tuzish;
v)xodimlarni halol samarali mehnati uchun ragʼbatlantirish;
g)xodimlardan oʼz mehnat majburiyatlarini bajarishini va ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida boʼlgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʼlsa) ehtiyotkorona munosabatda boʼlishini, ichki mehnat tartibiga rioya etishini talab qilish;
d)xodimlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish;
ye)xodimlarni ular tomonidan ham ish beruvchiga bevosita yetkazilgan, ham boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning oʼrnini qoplash natijasida ish beruvchida yuzaga kelgan toʼgʼridan-toʼgʼri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish;
j)ichki hujjatlarni qabul qilish (bundan yakka tartibdagi tadbirkor boʼlmagan, jismoniy shaxs boʼlgan ish beruvchilar mustasno);
z)oʼz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ish beruvchilar birlashmalarini tashkil etish hamda ularga aʼzo boʼlish.
y)Ish beruvchi mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling