Mehnat shartnomasi


ISh BERUVChINING MАJBURIYaTLАRI


Download 15.88 Kb.
bet3/5
Sana14.09.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1677905
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hakimboyeva L

10.ISh BERUVChINING MАJBURIYaTLАRI:
a)mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;
b)xodimlarni mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan taʼminlashi;
v)xodimlarni ishga qabul qilishda, mehnat jarayonida va xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishda ushbu Kodeksning mehnat va mashgʼulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash toʼgʼrisidagi talablari buzilishiga yoʼl qoʼymasligi;
g)majburiy mehnat va bolalar mehnatining ogʼir shakllari qoʼllanilishiga yoʼl qoʼymasligi;
d)mehnatni muhofaza qilish normativ talablariga muvofiq boʼlgan mehnat xavfsizligini va shart-sharoitlarini taʼminlashi;
ye)xodimlarni oʼz mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʼlgan asbob-uskunalar, asboblar, texnik hujjatlar va boshqa vositalar bilan taʼminlashi;
j)xodimlarga berilishi lozim boʼlgan ish haqini ushbu Kodeksga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga, mehnat shartnomalariga muvofiq belgilangan muddatlarda toʼliq hajmda toʼlashi;
z)ushbu Kodeksda belgilangan tartibda jamoa muzokaralarini olib borishi, shuningdek jamoa shartnomasini tuzishi;
i)xodimlarning vakillariga jamoa kelishuvini va jamoa shartnomasini tuzish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan toʼliq va ishonchli axborotni taqdim etishi;
y)xodimlarni ularning birlashish huquqi toʼgʼrisida xabardor qilishi;
m)xodimlarni oʼz mehnat faoliyati bilan bevosita bogʼliq boʼlgan, qabul qilinayotgan ichki hujjatlar bilan imzo qoʼydirib tanishtirishi;
k)davlat mehnat inspektorlarining, shuningdek mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega boʼlgan boshqa davlat organlari mansabdor shaxslarining koʼrsatmalarini oʼz vaqtida bajarishi;
l)xodimlar davlat organlaridagi saylab qoʼyiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ularning ish joyi saqlanib qolgan hollarda ushbu ish beruvchi ilgari mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni ishga qabul qilishi;
m)tegishli kasaba uyushmasi organlarining, xodimlar tomonidan saylangan boshqa vakillarning mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikning va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning aniqlangan qoidabuzarliklari haqidagi koʼrsatmalari hamda taqdimnomalarini oʼz vaqtida koʼrib chiqishi, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʼyicha choralar koʼrishi va koʼrilgan choralar toʼgʼrisida mazkur organlar hamda vakillarga xabar qilishi;
n)xodimlarning oʼz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʼliq boʼlgan maishiy ehtiyojlari taʼminlanishini amalga oshirishi;
o)xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʼurtasini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʼurtasini taʼminlashi;
p)oʼz mehnat majburiyatlarini bajarganligi munosabati bilan xodimlarga yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda qoplashi;
r) mehnat shartnomalarini, shuningdek ularga doir oʼzgartish va qoʼshimchalarni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuida oʼz vaqtida roʼyxatga olishi;
s)ish beruvchining zimmasida mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.
t) ish beruvchi qoʼyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi mumkin:
-alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda boʼlganida;
-mehnatni muhofaza qilish sohasida oʼquvdan hamda bilim va koʼnikmalari tekshiruvdan oʼtmaganda;
-majburiy tibbiy koʼrikdan oʼtmaganda;
u)xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib koʼrsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi aniqlanganda;
f)tibbiy xulosaga muvofiq sogʼligʼining holatiga koʼra 4 oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga oʼtkazishga muhtoj boʼlgan xodimni oʼtkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin boʼlmaganda;
x)xodim mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart boʼlgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda
h)ish beruvchi mehnat toʼgʼrisidagi qonunchilikka, mehnat toʼgʼrisidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling