Mehnat ta’lim ining didaktik tamoyillari. Mehnat ta’limi tamoyillarining umumiy tavsifnomasi. Mehnat ta’limi tamoyillari


Bilimlar, malakalar va kunikmalarni egallashning puxtaligi


Download 246.48 Kb.
bet5/7
Sana24.06.2023
Hajmi246.48 Kb.
#1652939
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat ta’lim ining didaktik tamoyillari Mehnat ta’limi tamoyil

7.Bilimlar, malakalar va kunikmalarni egallashning puxtaligi (Mustaxkam pukta uzlashtirish)- xozirgi fan-texnika rivojlangan, yil sayin bilimlar xajmi goyat jadal usib borayotgan sharoitda ukitish jarayonini shunday tashkil kilishga tugri keladi, maktabni bitirib chikkanlar uz amaliy faoliyatlari jarayonida yangi bilimlar, malakalar, kunikmalarni mustakil egallashlari uchun eng kulay sharoit yaratilsin. Buning uchun bilim, malaka va kunikmalar puxtagina emas, moslashuvchan xam bulishi, ukuvchilar ularni yangi ishlab chikarish sharoitlarida kullay olishlari kerak. Bunga ukuvchilar fakatgina utilaetgan darsni uzlashtirib kolmay oldingi utilgan darslar yuzasidan malaka va kunikmalarni takomillashtiradilar, kerak bulib kolganda esa esga tushirib praktik ish mobaynida kullaydilar, politexnik ta`lim tufayli erishiladi.Ukuvchilarda turli mexnat kurollari, texnologik protsesslarni ularning samaradorligini aniklash maksadida analiz kilish, takkoslash malakalarini shakllantirish xam yordam beradi. Mexnat ta`limi sharoitida bilimlar, malakalar va kunikmalarni egallash puxtaliligiga avvalo yangi materialni samarali bayon kilish xisobiga erishiladi. Bilimlar va malakalarning puxtaligini ta`minlashda mashklarni yulga kuyish va ta`limning texnik vositalarini kullash, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta axamiyatga ega.
8. Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi. (O`quvchilarni yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish) – Mehnat ta`limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika tarakkiyotining xozirgi zamon darajasiga mos, o`quvchilarga tushinarli bulishi shart. Shuning uchun kupincha o`quvchilarning o`quv materialini uzlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni ancha kiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojat qilishiga tugri keladi. Mehnat ta`limi o`quvchilarga tushinarli va bajara oladigan bo`lishi uchun nazariy ma`lumotlar gina emas o`quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy nagruzkalarni xam nazarda tutish lozim. Mehnat darslarida o`qituvchi charshashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. O`quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, mehnatga munasobatlarida ham namayon bo`ladi. O`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli fark kiladi. Buning sababi o`quvchilarning ba`zilari oilada, ba`zilari texnik tugaraklarda mehnatga birmunsha tayorgarlik kuradi. Mehnat ta`limi o`qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning hammasini xisobga olishi kerak. Amaliy ishni bajarish buyicha o`quvchilarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin. Birinshi guruh o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki kiyinchiliklardayoq uzini yuqotib quymaydigan, o`qituvchidan yordam surashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat buladi. Bu gruppaga asosan oilada birmuncha mexnat tayorgarligi kurgan o`quvchilar kiritiladi. Ikkinchi gruppaga uz kobiliyat va imkoniyatini etarlicha baxolay olmaydigan o`quvchilar kiradi, ular ozgina kiyinchilik bulsa uzini yukotib kuyadi, ishni tuxtatadi. Bunday o`quvchilarga aloxida axamiyat berish kerak, ularda uz kuchiga ishonch xosil kilish kerak, ularning ishlarini baxolashda ozgina yutuklarini xam aloxida aytib utib, ularni ishlashga kiziktirish kerak. Uchunchi gruppaga uzining jismoniy mexnat kobiliyatini ortikcha boxalaydigan o`quvchilarni kiritish mumkin. Bunday o`quvchilar uzlariga ishonadi, maktonshaklik kiladi. Ular xar kanday ishning uddasidan chikamiz deb uylaydi, birinshi gruppadagilar kabi ishga ishtiyok bilan bajarishga kirishadilar, ammo kiyinchiliklarga dush kelgach, ularni bartaraf etishga urunib xam kurmay, tuxtab koladilar. Bu o`quvchilar uzlari uchun kiyin ishdan kupincha aynib koladi, unga kizikmay kuyadi. O`qituvchi bunday o`quvchilarga kiyinchiliklarni bartaraf kilishda yordam berishi kerak. Har kanday mehnat kuch harakat, qatiyatlikni taqoza etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tankidiy munosabatta bo`la boshlaydilar.

Download 246.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling