Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari
Download 72.5 Kb.
|
Ta`limining didaktik tamoyillari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onglilik va aktivlik prinsipi
Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari Reja: Onglilik va aktivlik Ilmiylik Nazariya bilan amaliyot birligi Ta`lim va tarbiyaning birligi Ko`rsatmalilik Mustahkam va puxta o`zlashtirish Yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish Izchillik va sistemalilik Politexnik prinsip Unumli mehnat asosida o`qitish. Maktabda tarbiya bilan chambarchas bog`liq ta`lim jarayonini tashkil etishga asos bo`ladigan yetakchi qoidalar didaktik prinsiplar hisoblanadi. Didaktik printsiplarga ta`lim va tarbiyaning birligi, ilmiylik, nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, izchillik va sistemalilik, ko`rsatmalilik, onglilik va aktivlilik kabilar kiradi. Didaktik printsiplar o`zaro bog`liqdir. Shu sababli har bir konkret mashg`ulotni o`tkazishda bir yo`la qator didaktik prinsiplarning talablarini xisobga olish va ularni kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta`limda ilmiylik prinsipini ta`minlash bilan o`quvchilarning onglilik va aktivligiga oson erishish mumkin va aksincha, agar o`quvchilar ta`limga nisbatan ongli va aktiv munosabatda bo`lsalar, ta`limning ilmiylik saviyasini ta`minlash oson bo`ladi. Agar ta`limda ko`rsatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan bog`liqligi prinsipi xam amalga oshadi. Va aksincha, agar nazariyani o`rganish amaliyot bilan uzviy bog`liq olib borilsa, ta`limda ko`rsatmalilikni ta`minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Xamma o`quv predmetlari uchun didaktik printsiplar umumiydir, ammo har bir konkret xolda ularni qo`llash o`z xususiyatlariga ega. Didaktika pedagogikaning ta`lim jarayoni umumiy qonuniyatlarini o`rganadigan qismidir. Didaktika grekcha so`z bo`lib, saboq bo`ladigan degan so`zdan kelib chiqadi. So`zma so`z tarjima qilganda didaktika ta`lim nazariyasi demakdir. Didaktika xususiy metodikalar bilan bog`langan xolda barcha o`quv fanlari uchun umumiy qonun va qoidalarni belgilab beradi. Mehnat va kasb ta`limi o`qitish uslubiyoti fanidan bu tamoyilar mehnat darslari jarayonida qanday tadbiq etilishini ko`rib chiqamiz. 1.Onglilik va aktivlik prinsipi- o`quvchilar o`z bilimlarini amalda qo`llay olsalargina ta`limda onglilikga erishilgan deb xisoblash mumkin. O`quvchi qilayotgan ishining mazmunini yaqqol tasavvur qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Ta`limdagi onglilik o`quvchilarning aktivligi bilan uzviy bog`liqdir. Mehnat ta`limi jarayonida o`quvchilar aktivligining rivojlanishi uchun aloxida yaxshi sharoit yaratiladi. Bu sharoit avvalo mehnatning unumligi harakteridan iborat bo`ladi. Agar o`quvchilar o`z mehnatlarining natijasi biror ijtimoiy foydali maqsadga mo`ljallanganligini bilsalar, zo`r qiziqish xamda topshiriqni sifatli va muddatida bajarish ishtiyoqi bilan ishlashi aniqlangan. Shu sababli korxonaning, otaliqdagi bolalar bog`chasining maktab o`quv kabinetlarining o`quvchilar bajara oladigan va dastur mazmuniga javob beradigan buyurtmalaridan mehnat ta`limi o`qituvchisi o`quvchilar aktivligini oshirishning muxim vositasi sifatida foydalanishi kerak. Bu printsip o`quvchilarda materialistik dune karashni shakllantiradi. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling