Mehnat va kasb ta`limining didaktik tamoyillari


Nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi


Download 72.5 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1245563
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ta`limining didaktik tamoyillari

4.Nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi – nazariyaning amaliyot bilan bog`liqlik prinsipini amalga oshirish uchun ularning inson faoliyatining bir-biridan ajralmas ikki tamoni ekanini, nazariyadan amaliyotda foydalanish, amaliyot esa ko`pincha yangi nazariy kashfiyotlar uchun asos bo`lishi haqida qoidani o`quvchilarga tushintirish va ta`lim jarayonida davom etib borish zarur. Mehnat ta`limi jarayonida ayniksa nazariyani amaliyot bilan boglash uchun kulay sharoit yaratiladi, chunki ma`lumotlarning kup kismi o`quvchilarga ular ishni bilgan xolda topshirikni tugri bajara olishlari uchun beriladi. Mehnat ta`limi darslari odatda sof amaliy va sof nazariy darslarga bo`linmaydi. Nazariy materiallar ayrim mashg`ulotlarga nazariy ma`lumotlarni o`rganishdan o`quvchilarning amaliy faoliyatiga bevosita o`tish ta`minlanadigan qilib taqsimlanadi. O`quvchilar nazariyaning amaliy faoliyat uchun ahamiyatini va o`zlashtirilgan amaliy tajriba orqali yangi nazariy bilimlar o`zlashtirilishini bilib oladilar. Nazariyaning va amaliyotning har xil formalari mavjud ( laborotoriya, ishlari, ekskursiya, praktik ish) bu bilan biz o`quvchilardagi bilimni sifatini oshirishga erishamiz.
5.Ta`lim va tarbiyaning birligi- ta`lim jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash ham olib boriladi. Mehnat ta`limi o`quvchilarga mehnat tarbiyasi berish, ularni mehnatga psixologik jihatdan tayorlash maqsadida maktab o`quv rejasiga majburiy predmet sifatida kiritilgan. Mehnat tarbiyasi muxim ta`limiy masalalardan biri sifatida qaralishi kerak, bu masala ish ob`ektlarini tanlashda, mashg`ulotlarni tashkil qilish va xakozalarda xisobga olinadi. O`quvchilarning mehnat ta`limi jarayonida faoliyatlarining harakteri mehnat ta`limi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Avvalo o`quvchilarda mehnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu o`quvchilar o`z topshiriqlarini katta ma`suliyat va juda ishtiyoq bilan bajarishlarida namayon bo`ladi. O`quvchilar unumli mehnatga qo`shilib, jismoniy mehnat o`zining ijtimoiy ahamiyati buyicha aqliy mehnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydalar.
Mashg`ulotlar to`g`ri tashkil qilinsa, o`quvchilarda jamoa bo`lib ishlash xissi mustaxkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar.
Mehnat ta`limi jarayonida o`quvchilarga mehnat madaniyatining umumiy qoidalari (ish kiyimlariga qarash, ish joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash va boshkalar), materiallarga nisbatan tejamkorlik munasabatda bo`lish singdiriladi. Maktabda o`quvchi bilim ko`nikma va malakalarini egallaydi. Har jixatdan mukammal tarbiyalanadi. Aqliy va jismoniy mehnat jarayonida harakter xususiyatlari va xatti harakat, ko`nikma va odatlarni tarbiyalaydi. Ta`lim jarayonida utilaetgan mavzu va mavzuchalarning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy ta`monlarini to`g`ri belgilash ham uni ta`lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta`minlash juda ahamiyatga ega.

Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling