Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
rasm. G‘isht devor konstruksiyasi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
7.1. rasm. G‘isht devor konstruksiyasi. Xom g‘isht tayyorlaganda ma’lum bir jarayonga amal qilish lozim, ya’ni tanlangan tuproqqa tegishli suv quyilib, bir sutka saqlab so‘ngra yaxshilab pishitib, keyingina qoliplarga solinadi va mahsulot yaxshilab quritiladi. G‘isht asosiy devor materiallaridan biri bo‘lib, hozirgi turar joy va jamoat binolarining 40% dan ko‘pi g‘ishtdan quriladi. G‘ishtli binolarga me’moriy va badiiy ko‘rinish berishda katta imkoniyatlar bor. G‘isht devorlar pishirilgan va silikat g‘ishtlardan bunyod etiladi. Standart g‘isht o‘lchami 250*120*65 mm, qalinlashtirilgan g‘isht o‘lchami 250*120*88 mm ga teng bo‘ladi. Bulardan tashqari markasi 75, 100, 125, 150, 200, 250 bo‘lgan sopol g‘ishtlar ham bo‘lib, bunday g‘ishtlar ichi g‘ovak qilib tayyorlanadi, g‘ovaklari ochiq yoki bir boshi ochiq bo‘shliqlardan iborat bo‘ladi. Devor g‘ishtlari bo‘yiga va ko‘ndalang yotkizib terilishi mumkin. G‘isht devor choklari 10-12 mm qalinlikda bo‘ladi. G‘isht devor qalinligi 65, 120, 250, 380, 510, 640, 770 mm va undan katta bo‘lishi ham mumkin. G‘ishtlarning ma’lum tartibda terilishi bog‘lash sistemasi deb ataladi. G‘ishtli devorlarni tiklashda quyidagi bog‘lash sistemalari qo‘llaniladi: - bir qatorli (zanjirli) bog‘lash sistemasi - bunda ko‘ndalang yotqizib terilgan g‘isht qatorlari navbatlashib keladi. CHoklarni bog‘lashning bu sistemasi, osonligi va devorning mustahkamligi etarlicha bo‘lishi bilan ajralib turadi, biroq bunda mehnat unumdorligi past bo‘ladi; 199 - ko‘p (olti) qatorli bog‘lash sistemasi- bunda besh qator uzunasiga yotqizilgan qator ko‘ndalang yotqizilib terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu sistema qo‘llanilganda mehnat unumdorligi bir qatorli sistemadagidan ancha yuqori bo‘lsada, ammo devorning mustahkamligi 3-5% ga kamayadi. Balandligi 88 mm bo‘lgan g‘ishtlarni terishda to‘rt qator uzunasiga yotqizilgan qator ko‘ndalang bir qator bilan navbatlashadi; - uch qatorli bog‘lash sistemasida uzunasiga yotqizib terilgan uch qator g‘ishtlar ko‘ndalang terilgan bir qator bilan navbatlashadi. Bu holda uchta qo‘shni qatorning vertikal choklari bir biriga to‘g‘ri keladi. Bino devorini kamaytirish va sopol g‘ishtlarni tejash maqsadida g‘ishtlarning ma’lum bir qismi issiqlik, izolyasiyasi katta bo‘lgan engil materiallar bilan almashtiriladi. Orasiga issiqlik o‘tkazmaydigan material joylashgan yoki orasi bo‘sh qoldirilgan devorlar engillashtirilgan devorlar deyiladi. Bunday devorlarni qurishda mehnat kam sarf bo‘ladi. Ana shunday devorlarning besh turi keng tarqalgan: - diafragmali devor. Bunda g‘ishtli devor uzunasiga joylashtirilgan nchki va sirtqi qatlami oralig‘idagi har besh qatordan keyin gorizontal holda (diafragma) terilgan qator bilan bog‘lanadi. Devorlar orasidagi bo‘shliqqa engil beton, shlak yoki issiklik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. Bunday devorlar uch qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi; - quduqsimon devor. Bu vertikal diafragmalar vositasida tutashtirilgan ikki devordan iborat. Devorlar orasidagi quduqchalarga engil beton, shlak yoki issiqlik o‘tkazmaydigan boshqa material to‘ldiriladi. Quduqchalardagi shlak qatlami cho‘kishining oldini olish uchun har 5-6 qatordan keyin ma’lum bir qalinlikda qorishma yotqiziladi, bunday devorlar bir-ikki qavatli binolarda ishlatiladi; - ankerli g‘ishtli devor. Beton devor oralig‘i engil beton bilan to‘ldirilgan ikki qavat devordan iborat bo‘ladi. Ko‘ndalang yotqizilgan g‘ishtlarning ichki tomonga turtib chiqqan uchlari beton qatlami orqali tashqi qator bilan bog‘lanadi. Bunday devorlar to‘rt qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi; 200 - oralig‘i bo‘sh qoldirilgan yoki oralig‘iga issiqlik o‘tkazmaydigan material joylangan devor. Bunday devorlar g‘ishtini terganda choklar ko‘p qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunday devorlar besh qavatgacha bo‘lgan devorlarda qo‘llaniladi; - termosoldiqli devor. YArim g‘isht qalinlikda bo‘ylamasiga terilgan va bir biriga parallel ikki devordan iborat bo‘lib, devorlar orasi engil yoki g‘ovak beton bilan to‘ldiriladi. To‘rt va undan kam qavatli bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling