Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar.
7.3. Pardevorlar konstruksiyasi. Xususiy turar joy va dala - hovli uylari qurilishida pardevor ko‘proq g‘ishtdan va yog‘ochdan ishlanadi. G‘ishtli pardevorlar qalinligi ko‘pincha yarim g‘isht (12sm), ba’zan bir g‘isht (25sm) bo‘ladi. CHorak g‘ishtli pardevorda g‘isht qirrasi bilan teriladi. Agar pardevor uzunligi 1,5m dan oshsa, uni har ikki - uch qatorda diametri Zmm li po‘lat sim bilan armaturalanadi. Sanitariya xonalarining pardevorlarissement - qumli qorishma bilan suvaladi. Gipsdan yoki shlak - beton tayyorlangan mayda gips bloklari ham pardevor uchun qo‘llanilishi mumkin. YOg‘ochdan tayyorlangan pardevorlar asosan pol osti to‘sini ustiga o‘rnatiladi. Oddiy taxta - yog‘och pardevorlar uchun chetlari tyokis, qalinligi 40- 50 mm, eni 100-120 mm li taxtalardan foydalaniladi. YAshash xonalari orasiga tovush izolyasiyasi yaxshi bo‘lgan ikki qavatli pardevorlar qo‘llanilgani ma’qul. Bu holda qalinligi 20-25 mm li taxtalar qo‘llaniladi. Ular to‘singa yoki pol osti to‘siniga va shipga qoqilgan 40*40 mm kesimli ikkita reyka orasiga o‘rnatiladi. Ularning orasiga tovush o‘tkazmaydigan to‘ldirilgich solish mumkin. YOg‘och taxtali pardevorlardan eng tejamlisi karkas - qoplagichli konstruksiyadir. Karkas qoplagich sifatida yupqa (15-19 mm) taxta, fanera va boshqa materiallardan foydalanish mumkin. Agar pardevorda eshik bo‘lsa, karkas ichiga qo‘shimcha vertikal va gorizantal taxtalar qoqiladi. 201 7.4. Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar. Devor materiali sifatida g‘ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda engil beton bloklar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi g‘ovak (7,15,21 va 28 g‘ovakli) bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari: oddiysi 250*120*138mm; yiriklashtirilgani 250*250*138mm; moduli 288*138*138mm bo‘ladi. Mazkur bloklarning markasi 75-300, zichligi 1400 kg/m 3 ga teng bo‘ladi. Bunday sopol bloklarning g‘ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo‘lishi mumkin va ular g‘ishtga nisbatan issiqlikni kam o‘tkazadi. SHu sababli devor qalinligini kamaytirishga imkon beradi. Ichi g‘ovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar g‘ovaklarini yuqoriga qarab yotqiziladi. Terilgan bloklarning g‘ovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o‘qi bo‘ylab joylashishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko‘p qavatli binolar uchun yaroqlidir. Engil beton mayda bloklardan terilgan devor, g‘ishtli devorlardan engilligi va issiqlikni kam o‘tkazishi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar devor qalinligini kamaytirishga olib keladi. O‘lchamlari 390*190*188 mm bo‘lgan uch g‘ovakli (ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko‘proq ishlatilib, uch qatorli sistemada teriladi. Qoliplanadigan sirtqi yuzasiga rang berilgan yoki naqshlar solingan bo‘lib, ularning markasi 25- 250 ga teng bo‘ladi. Devor qurish ishlari qo‘lda bajarlishi mo‘ljallangan hollarda bloklarning massalari 32kg dan ortiq bo‘lmasligi maqsadga muvofiqdir. Qurilishda boshqacha engil beton bloklar, ya’ni g‘ovaklari tirqishsimon va bir boshi ochiq bo‘lgan bloklar ham uchrab turadi. 202 7.2-rasm. Blokli devor konstruksiyasi Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir- biri bilan tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo‘lmaganligi sababli uch g‘ovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo‘ladi. Bunda tirqishlar yuqori tomondan yopiq bo‘lib, bloklarni o‘zaro bog‘lash uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch g‘ovakli blokni terishdagi qiyinchilik bu erda uchramaydi. Mexaniq ishlov berish oson, g‘ovak strukturaga ega va zichligi kam engil tog‘ jinslari bor rayonlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir. Tabiiy g‘ovak toshlardan bloklar o‘lchamlari engil beton bloklari kabi, ya’ni 390*190*188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun qo‘shimcha koshinlashga hojat qolmaydi. Noto‘g‘ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog‘ jinslari bo‘laklari xo‘jalik binolarni qurishda asosan xarsangtosh plita sifatida ishlatiladi. 7.3-rasm. Toshlardan qurilgan devor konstruksiyasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling