Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
6.7. Sinchli yog‘och konstruksiyalar.
Tosh kabi yog‘och ham juda qadimiy qurilish ashyosi hisoblanadi. U juda qadimdan har xil nurilishlarda qo‘llanib kelingan. Dastlabki yog‘och ko‘priklar, eramizdan yuz yil avval qurilgan. Kesilgan yog‘och konstruksiyalar qadimda qal’a devorlarini qurishda ham ishlatilgan. Inshootlarni zilzilaga chidamli qilib qurishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li qurish jarayonida me’yoriy talab va qoidalarga rioya etishdir. Tajribalardan ma’lum bo‘ldiki, yaxshi qurilgan, sinchli binolar zilzilaga chidamli ekan. Mahalliy qurilish materiallaridan tiklandigan sinchli uylarning quyidagi konstruksiyasini tavsiya etamiz..Odatda, yuk ko‘taruvchi tashqi devorlar qo‘shsinch, ichki devor yoki pardevorlar esa yakka sinch qilib ishlanadi. Bunday imoratlarni qurish ancha murakkab. Agar sinchli devor qoida bo‘yicha qurilmasa qo‘yilgan talabni oqlamasligi, ya’ni er silkinishiga bardosh berolmasligi mumkin. YOg‘och konstruksiyalarning qulayligini ularni massasining nisbatan ixchamligida ko‘ramiz, zavodlarning ishlab chiqarish konstruksiyalarida esa ularning oliy darajadagi industrialligini kqrish mumkin. O‘rmon bilan boy joylarda yog‘och konstruksiyalar juda tejamlidir. 7.4-rasm 1-pushtak; 2-xavonda; 3-xova. 209 7.5-rasm. YAxlit devor sinchlari. 1-poydevor; 2-tagsinch; 3-ustunlar; 4-sarrov; 5-xovonlar; 6-sinchlar; 7-kesak; 8-eshik o‘rni; 9-deraza o‘rni. Eshik va deraza joyi qoldirilgan devor sinchlari. YOg‘och konstruksiyalar bir qancha kimyoviy ta’sirlarga o‘ta chidamli bo‘lgani uchun ular mineral o‘g‘itlar, kimyoviy moddalar va boshqa agressiv materiallar saqlanadigan omborlarda qo‘llaniladi. YOG ‘ OCH karkasli va panelli devorlar. Karkasli devorlar eng arzon konstruksiya hisoblanib, ularni qurish uchun yuqori malaka talab etilmaydi. Boshqa yog‘ochdan qilingan uylarga nisbatan bularga yog‘och ancha kam sarflanadi. Karkasli devor konstruksiyasining asosi bo‘lib, tagsinch, sarrov, ular orasidagi ustunlar va tirgaklardan iborat rama tashkil etadi. Ustunlar orasidagi masofa ustunlar kesimiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha 60, 90 va 120sm bo‘ladi. Odatda, isitgich material turiga va tashqi haroratga bog‘liq holda eni 100, 120 va 140mm va qalinligi 50mm bo‘lgan ignabargli daraxt taxtasi ishlatiladi. Ustunning balandligi 260 - 280sm olinadi. Karkas elementlari bir biriga tirnoq yoki tish chiqarib ulanadi. Karkasni yig‘ishdan oldin poydevor ustuni ustiga ikki qavat ruberoid yotqiziladi, so‘ngssokolь chorcho‘pi qo‘yiladi. Taxtalarning ulangan joyi poydevor ustuni ustiga to‘g‘ri kelishi kerak. Mana shussokolda chorcho‘pi ustidan orasiga mineral momig‘i qo‘yilgan holda tagsinchni o‘rnatamiz. Bu tagsinchlarda ustunlarni o‘rnatish uchun uyachalar uyib 210 qo‘yiladi. Tagsinch va sarrovlar ustunlar orqali bir - biriga shaxmat tartibida mixlanadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling