Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Termitlarning yog‘och konstruksiyalaridagi yashash tarzi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
8.1. Termitlarning yog‘och konstruksiyalaridagi yashash tarzi 
Termitlar asosan tabiiy muhit sharoitida hayot kechiradi. Daraxtsimon va 
butasimon o‘simliklar uchun termit ikkilamchi darajali zararkunandalar bo‘lib, 
yong‘in, to‘fon, zamburug‘lar va boshqa hasharotlar shikastlagan o‘simliklarda 
ham uchraydi. Ammo termitlarning ayrim hollardagi zararli faoliyati nihoyatda 
kuchayib ketib, ulardan ayniqsa yosh nihollar va keksa darahtlar kuchli darajada 
shikastlanadi. 
Termitlarning ko‘pchilik turlari asosan yog‘och-taxta bilan oziqlanadi. Bu 
hasharotlar yog‘och qurilmalarini zararlab juda katta talafot keltiradi, ayniqsa 
tropik va subtropik mamlakatlarda bu jarayon anchagina murakkab tus olgan.
Termitlar bilan yog‘ochning hamma turlari ham bir xil zararlanmaydi. 
Ko‘pgina tadqiqotchilar termitlarga barqaror yog‘och turlarini izlash yuzasidan 
izlanishlar olib borganlar, ammo termitlarning Respublikamizga oid yog‘och 
turlariga bog‘liq bo‘lgan zararlanishi deyarli o‘rganilmagan. SHularni hisobga 
olgan holda har xil turdagi yog‘och namunalari termitlarga oziqa sifatida berilib, 
ularning zararlanish darajalari aniqlash maqsadida O‘zbyokiston Respublikasi 
“Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmonchilik” ilmiy ishlab chiqarish markazi 
tomonidan ajratilgan 31 turdagi o‘simlik turlarini laboratoriya va tabiiy 
sharoitlarida termitlarga oziqa sifatida berilib, ularning zararlanish darajalari 
o‘rganildi. 
Termitlar turar joylar, tarixiy inshootlar, ma’muriy binolar, sanoat 
qurilmalari, elektr kuchlanish stansiyalari, temir yo‘l yog‘och shpallari, telegraf 
simyog‘och ustunlari va boshqa yog‘och konstruksiyalariga bevosita zarar 
etkazmoqda. Umuman termitlar faoliyatidan keladigan iqtisodiy zarar nihoyatda 
yuqori hisoblanganligi tufayli, ulardan materiallarni, jumladan yog‘ochga 
aloqador materiallarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Termitlar 
yog‘och materiallarini tashqi devorlariga tegmaydi, uning ustidan loy-suvoq 


 215 
qilib yorug‘lik va tashqi muhit omillaridan himoyalanadi, yog‘och va 
daraxtlarning ichki qismini to‘liq kemirib vayron qiladi. Bu esa 
zararkunandaning faoliyatini payqashni qiyinlashtiradi natijada yog‘och-
taxtaning asosiy qismlarining zararlanganligini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi, 
ya’ni termitlarning bunday yashirin faoliyati binolarning yaroqsiz holga 
kelishiga sabab bo‘ladi.  
Respublikamiz xududida esa turkiston termiti keng tarqalgan. Turkiston 
termiti Markaziy Osiyoda odatdagi tur bo‘lib, yaxshi aeratsiyalanadigan 
sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan gipsli tyokislik va tog‘oldi, sog‘ 
tuproqli hududlarda tarqalgan bo‘lib, qoidaga binoan taqir, sho‘rlangan qumli 
tuproqlarda uchramaydi. To‘liq rivojlangan, oila barcha tabaqasi bo‘lgan bir 
necha o‘n ming termit zotlaridan iborat. Qish va bahor fasllarida Turkiston 
termiti oilasi shohona juftlar (“Malika” va “SHoh”) ko‘pdan - ko‘p ishchilar
navkarlar, ko‘pgina nimfa, qanotli imago va katta yoshdagi lichinkalardan tarkib 
topadi. Qishda tuxum va birinchi yoshdagi lichinkalar bo‘lmaydi, chunki yilning 
sovuq davrida tuxum qo‘yish to‘xtaydi. Termitlar tabiatda o‘simlik 
qoldiqlarining parchalanishi, tuproq organiq qismining shakllanishi kabi bir 
qator jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega bo‘lsada, zararkunanda 
sifatida katta iqtisodiy zarar etkazadi Termitlarning xayot kechirishi ular 
keltiradigan iktisodiy zarari bilan bog’liqdir. Bu esa uz navbatida qurilmalarni 
termitlar bilan zararlanishini oldini olish maksadida ularga qarshi ko’rashning 
aniq usullarini, shu jumladan tulik samarali kompleks tadbirlarning, ayniksa 
yogoch materiallarini kimyoviy antiseptiklar bilan singdirib kullanilishi kabi 
chora tadbirlarni ishlab chikishni takoza etadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling