Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab yonish harorati
28 o S dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, 219 portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin. V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120 o S dan yuqori bo’lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqorish va qayta ishlov berish hamda harxil yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, kardon, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin. G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar. D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika vassement zavodlari shular jumlasidandir. Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m 2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m 2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling