Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Tuproq betondan (paxsadan)_devor qurish
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Tuproq betondan (paxsadan)_devor qurish. Qadimdan ota-bobolarimiz
tuproq-loydan pishiq va mustahkam devorlar qurib kelgan. SHu kunlarda ham bunday devorlardan uy qurish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Paxsa uchun O‘zbyokiston rayonlarida asosan toza soz tuproq ishlatiladi. Paxsa uchun loy tayyorlashda avval, er yumshatilib, so‘ng suv quyib tuproq ivitiladi. 2-3 kun loy tindiriladi, so‘ngra bir necha marta ag‘darilib, loy sozlanadi. Nihoyat tayyor bo‘lgan loyni pishitib, poydevor ustiga bo‘lak-bo‘lak qilib, yotqiza boshlanadi. Ma’lum balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng paxsa devorlarining tashqari va ichkarilari tomonlari belko’rak yordamida tyokislanadi. Albatta, poydevor va devor orasida suvdan saqlaydigan qatlam bo‘lishi shart. Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm bo‘lgani ma’qul. Tuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli, ya’ni umrboqiy bo‘lmaydi. SHu ko‘rsatkichni ko‘tarish uchun turli tadbirlar (kuydirib pishirish, turli materiallar bilan armatura vazifasini bajarish kabi) joriy qilingap. Paxsani yomg‘irdan saqlash maqsadida somonli loy bilan suvaladi Nazorat savollar: 1. Qanday konstruksiyalar mahalliy ashyolardan tayyorlanadi? 2. Xom g‘isht, paxsa va guvalalardan qilingan konstruksiyalarning afzalliklari. 3. G‘ishtlardan tayyorlangan konstruksiyalarning ustunlik va kamchiliklari. 4. YOg‘och sinchdan qilingan konstruksiyalar hususiyatlari. 5. Noyob imorat va inshootlar tahlili. 213 VIII BOB. TERMITLAR Termitlarning ijtimoiy hayoti chumolilar va asalaridan birmuncha ilgari, ya’ni bundan 2 mln. yil muqaddam boshlangan. Ular erda, nafaqat odamzot va boshqa sutemizuvchilar, ko‘pchilik gulli o‘simliklar ham bo‘lmagan davrda juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Faqat ignabargli daraxtlar – termitlar olamining uzoq tarixiy rivojlanishining tilsiz guvohlari, ya’ni boshqa turdagi o‘simlik va darahtlarni termitlar tomonidan kemirilgani bir qator adabiy ma’lumotlarda o‘z tasdiqini topgan Termitlarning fanda 2800 turi aniqlangan bo‘lib, ulardan 120 turi zararkunanda sifatida qayd qilingan. Dunyoda inson qo‘li bilan yaratilgan ko‘plab inshoot va buyumlarga termitlarchalik qat’iy va tartibli ravishda zarar etkazuvchi biror bir hasharot yo‘q. YA’ni termitlar turar joylar, tarixiy yodgorliklar, sanoat, gidrotexnik va boshqa bino hamda inshootlarning devorlari oralig‘i, deraza va eshik romlari, shift bostirmalari, tom qalin tuprog‘i oralig‘i va pollar ostida yirik o‘ziga xos uya qurib, yog‘och va boshqa o‘simlik mahsulotlari bilan faol oziqlanib katta talofat keltirmoqda Bundan tashqari termitlar temir yo‘l shpallari telegraf simyog‘ochlariga jiddiy zarar keltirib, ular qog‘oz karton, mato, namat, jun va boshqa umuman olganda 70 turdagi materiallar bilan ham oziqlanadilar MDH mamlakatlari hududlarida 7 turdagi termitlar qayd qilingan bo‘lib, shulardan O‘zbyokistonda turkiston termiti va katta Kaspiy orti termiti keng tarqalgan. Keyingi yillarda termitlarning shahar va qishloq tumanlari bino va inshootlariga hujumi keskin tus olib, Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbyokistonda xavfli vaziyatni vujudga keltirmoqda Umuman termitlar faoliyatidan keladigan iqtisodiy zarar nihoyatda yuqori hisoblanganligi tufayli, ulardan materiallarni, jumladan yog‘ochga aloqador materiallarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHularni hisobga olgan holda respublikamizda qurilish materiallari sifatida foydalaniladigan yog‘och 214 turlarini turkiston termitiga qarshi barqarorligini o‘rnatish va zararkunandaga qarshi ularning barqarorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling