Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Mahalliy usulda qurilgan sinchli va paxsa devorli binolar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
6.8. Mahalliy usulda qurilgan sinchli va paxsa devorli binolar 
 
Tarix manbalarda berilishicha soztuproq asosida tayyorlangan qurilish 
materiallari va buyumlari insoniyat boshpana qura boshlagan davrdan 
(eramizdan 8000 yil avval) ishlatib kelingan. 
Soztuproqni suv bilan ishlab, obdon pishitib, tarkibiga suv yuqtirmaydigan 
turli tabiiy qo‘shimchalar qo‘shib material xossalarini yaxshilashni ota-
bobolarimiz yaxshi bilishgan. Xom loydan tayyorlangan bino va inshootlar
hattoki harbiy istehkomlarssivilizatsiyasi qadimdan rivojlangan mamlakatlarda 
hozirgi kunda ham umuminsoniy qadriyatlar sifatida saqlangan. Soztuproqdan 
material va buyumlar tayyorlashda uning mineralogik tarkibi, dispersligi, 
tozaligi katta rolь o‘ynagan va zarurat bo‘lganda tuproq suv bilan yaxshilab 
yuvilgan. Buyum tayyorlashda xom loy bir necha kun davomida obdon tepkilab 
pishitilgan va tindirilgan. Xom loyni mayinlashtirish (plastifikatsiyalash) va 
keyinchalik suv yuqtirmasligini (gidrofoblash) oshirish uchun sut zardoblari
toshko‘mir, yog‘och qatronlari eritmalari, dispers armatura vazifasini bajaruvchi 
qo‘y, echki, tuya, lama va shu qatori hayvonot olami junlari, ularning 
chiqindilari(shoxi, teri pardasi, tuyog‘i) qaynatmalari (elimlar), tabiiy tolasimon 
chiqindilar (kanop, paxta, guruch chiqindilari), shu jumladan qamish keng 
miqiyosda ishlatilgan. Aynan xom loy tarkibini to‘g‘ri tanlash, tozalash, 
modifikatsiyalash, texnologik jarayonlarga rioya qilish ulardan tayyorlangan 
bino va inshootlarni tashqi tabiiy omillar, zilzilalarga bardosh berib, hozirgi 
kungacha etib kelishiga sababdir. Hozirgi kunda xom loy asosidagi bino va 
inshootlarni tiklash, konservatsiyalash, ularni texnogen ta’sirlardan asrash 
dolzarb masala hisoblanadi. 
Dunyo tarixiy yodgorliklar monitoringi tabiriga, arxitektura obidalarining 
yarmidan ko‘pi sopol material va buyumlardan qurilgan ekan. 


 211 
Bino va inshootlar qurilishida sopol materiallar devorbop, polbop, tombop, 
poydevorga mo‘ljallangan va bezak ishlari uchun tayyorlangan turli o‘lchamdagi 
gulli, sirlangan va sirlanmagan plitalar, terrakotalar turlariga bo‘lingan. 
Inshootlar uchun buyumlar va qismlar o‘lchamlari, mustahkamligi bo‘yicha 
xilma-xil bo‘lgan. 
Ma’lumki, qadimda shahar maqomiga ega bo‘lgan yashash xududlari 
markazlashgan suv va kanalizatsiya ta’minotiga ega bo‘lgan. Bu tizimlarni 
barpo qilishda asosan sirlangan sopoldan tayyorlangan quvurlar, naylar va suv 
ko‘tarmalari, quduqlar qurilishida esa, yirik sopol g‘isht bloklari ishlatilgan. 
O‘zbyokiston Respublikasi hududidagi arxitektura yodgorliklari qurilishida 
ishlatilgan devorbop sopol g‘ishtlarning fizik-mexaniqaviy, deformatsion 
xossalari taxlili shuni ko‘rsatadiki, ular obdon tozalab yuvilgan soztuproqdan 
mukammal texnologiyalarga rioya qilinib juda sifatli qilib pishirilgan. Xom loy 
bir necha kun davomida bir joydan ikkinchi joyga bo‘lak-bo‘lak qilib urib
ko‘chirilib pishitilgan. Pishgan loy tindirilgan, qoliplangan, salqinda quritilgan, 
1150-1250 
0
S haroratda bir maromda pishirilgan va syokin sovutilgan. 
G‘ishtning sifatiga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, maxsus ustolar tomonidan 
har bir mahsulot ko‘zdan kechirilgan va qo‘ldan o‘tkazilgan. Bunda g‘ishtning 
rangiga, geometrik shakliga, jarangdorligiga katta ahamiyat berilgan. Bundan 
tashqari suv shimuvchanligi, sovuqqa chidamliligi o‘ziga xos usullar bilan sinab 
ko‘rilgan. Darz ketgan, cheti uchgan, egilgan, qabarig‘i yoki botig‘i ko‘p 
g‘ishtlar obidalar qurilishida ishlatilmagan. 
Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilgan 
tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi. 
Bu materialdan asosan o‘rmonsiz, quruq iqlimli va yozi uzoq bo‘lgan rayonlar 
(O‘rta Osiyo, SHimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina)da uylar quriladi. Tuproq 
materiallaridan devorlar quyma (maxsus qoliplar yordamida) yoki oldindan 
tayyorlangan yig‘ma tuproq bloklardan ko‘tariladi. Bunday devorlarga 
to‘ldiruvchisiz toza loydan quyilgan xom g‘ishtlardan, somonli loydan 
tayyorlangan xom g‘ishtlardan ko‘tarilgan devorlar misol bo‘ladi. Bunday 


 212 
devorlarni suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki qatron 
qo‘shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan 
so‘ng 5% gacha, quyma devorlarda 18% gacha hajmi kichrayishini nazarda 
tutish kerak. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling