Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Qattiq jismlarning yonishi. Qattiq jismlarning yonishida o’ziga xos tomoni 
shudan iboratki, ular dastlab qiziyotganda va keyin yonish jarayonida 
parchalanadi va yonuvchan gazsimon bug’lar oqimini, ya’ni uchuvchanlik 
xususiyatiga ega bo’lgan butun hajmi bilan yonuvchi massani hosil qiladi. Bu 
massani yonish jarayonini tushuntirishda, gaz va bug’ moddalarining yonish 
jarayoni qonuniyatlari asosida izohlash o’rinlidir.
Qattiq jismlarning yonish xavfi, ulardagi yonishning solishtirma issiqligi
yonish harorati, o’z-o’zidan yonish va alangalanish, yonish tezligi va 
yonayotgan jismning sirti bo’ylab yong’inni tarqalishi kabi ko’rsatkichlar bilan 
izohlanadi. Qattiq jismlarning yonuvchanligi tajriba natijalariga ko’ra quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
(9.1) 
bunda q
n
- tajriba jarayonida namunadan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori, 
kDj; 
q
m
- gorelkadan chiqayotgan issiqlik miqdori, kDj;
Agar K>2,1 bo’lsa sinalayotgan jism yonmaydigan, K<0,5 bo’lsa qiyin 
yonadigan va Kq 0 bo’lsa yonmaydigan deb qabul qilinadi. 
9.3.. Bino qurilmalarining o’tga chidamliligi 
Bino va undagi qurilmalarning o’tga chidamliligi deb, yong’in sodir 
bo’lganda ularning yuqori harorat ta’siriga bardosh beraolishi va yuk ko’tarish 
xususiyatlarini uzoqroq muddatga saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Bino va 
inshootlarlarning yong’in xavfsizligi ko’pchilik hollarda ulardagi qurilma-larni 
olovda yonmasligi va o’tga chidamliligi bilan ta’minlanadi. Inshoot 
qurilmalarining o’tga chidamliligi, ularning eng asosiy xususiyatlaridan 


 224 
hisoblanadi, bu ko’rsatkich maxsus me’yorlardan biri KMK 2.01.02-85 bilan 
me’yorlanadi. 
Bu me’yorga binoan bino, inshootlar va ulardagi yong’inga qarshi devorlar 
bilan o’ralgan qismlari, 5 xildagi (I, II, III, IV i V) o’tga chidamlilik 
darajalarga bo’lingan. Binolarni o’tga chidamlilik darajasi ularning quyidagi 
qurilmalari bo’yicha aniqlanadi: ya’ni devorlar (yuk ko’taruvchi ichki va 
tashqi, zinaxona va evakuatsiya yo’llarini o’rab olgan devorlar); ustunlar; 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling