Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

v) Kesson poydevorlari 
O‘z og‘irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar o‘rnatishda aytib 
o‘tganimizdek, suv osti gruntlari tarkibida yirik toshlar, turli jinslar uchrab 
qoladi, lyokin ularni quduq ostidan olib tashlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday 
hollarda ustki qismi ochiq bo‘lgan quduq o‘rniga siqilgan havo ta’sirida grunt 
suvlarini so‘rib chiqarish imkoniyatini beruvchi mahsus usti yopiq quduqlar 
ishlatish maqsadga muvofiq. Bunday siqilgan havo ta’sirida pastlashuvchi 
maxsus usti berk quduqlar kesson deb ataladi. 
Kesson poydevorlari chuqur joylashtiriladigan ko‘prik osti ustunlari tagida 
keng ko‘llaniladi. 
Hozirgi vaqtda kessonlar asosan beton va temir-betondan yasaladi. Kesson 
poydevorlar ishlash xonasi va yo‘lakdan iborat bo‘ladi. Ishlash xonasida grunt 
qazish ishlari olib boriladi. Tik yo‘lak esa shlyuz bilan ish xonasini o‘zaro 
bog‘laydi. SHlyuz moslamasi joylashgan xona tik yo‘lakni tashqi havo ta’siridan 
ajratib turadi. Ish xonasining devorlari ostki qismi pastlashuvchi quduqlardagi 
kabi o‘tkirlashgan bo‘ladi. Bu xonaning tomi va devorlari nihoyatda mustahkam 
bo‘lishi kerak 
g) Temir-beton qobiqlar. 
Ko‘prik ustunlari poydevorlarini chuqur joylashgan (30-50m) mustahkam 
grunt qatlamlariga o‘rnatishda hozirgi vaqtda katta diametrli (6 megrgacha) 
qoziq - qobiqlardan keng foydalanilmoqda. Bunday qobiqlardan eng ko‘p 
ishlatiladigani alohida 4-12 metrli bo‘laklardan tashkil topgan aylana shaklidagi 
temir-beton yoki temir qobiqlardir. Bo‘laklar o‘zaro payvandlab biriktiriladi. 
Katta diametrli qobiqlar ichi bo‘sh holida o‘rnatiladi. Loyihada ko‘rsatilgan 
satxgacha tushirilgach, qobiq ichidagi grunt beton bilan to‘ldiriladi. Bunday 
qobiqlar gruntga bosim ostida, burab va tebratish nuri bilan o‘rnatiladi. 
d) Ustunlar ostida alohida turadigan poydevorlar


88 
Markaziy yuklanishda alohida turuvchi poydevorlar kvadrat shaklida 
bo‘ladi. Nomarkaziy yuklanishda yoki boshqa sharoitlarda poydevorlar to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklga ega bo‘lishi mumkin. Poydevorlarda V15-V20 sinfidagi 
beton qo‘llaniladi; diametri kamida 10 mm va qadami 100-200 mm bo‘lgan. 
Payvand to‘rsim to‘rlar bilan armaturalanadi poydevor ostiga himoya qatlamiga 
rioya qilgan holda o‘rnatiladi. Yig‘ma ustunlar odatda poydevorga bikr qilib 
o‘rnatiladi, bunda poydevorda chuqur olinadi. Uning chuqurligi ustun kesimi 
o‘lchamidan kattaroq deb qabul qilinadi. Ustun uchi ostida qalinligi 50 mm ga 
teng beton kuzda tutiladi, stakan devorlari bilan ustun oralig‘i pastda 50 mm, 
yuqorida 75 mm teng deb qabul qilinadi. 
Yaxlit poydevorlar, yig‘ma poydevorlar singari sim turlar bilan 
armaturalanadi. Poydevorning ustun bilan bikr bog‘lanishi uchun poydevordan 
chiqarilgan armatura ustun armaturasi bilan payvandlanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling