Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Zinapoyalarning turlari va konstruksiyalari
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
4.8. Zinapoyalarning turlari va konstruksiyalari Turar joy binolarida zinapoyalar bir yoki ikki marshli, ba’zan uch marshli bo‘lishi mumkin. Qavatlararo aloqa zinalar vya liftlar yordamida amalga oshiriladi. SHu bilan birga zinalardan avariya sharoitida kishilarni evakuatsiya qilishda ham foydalaniladi. 99 Zinalar mustahkam, pishiq va odamlar harakati uchun qulay va xavfsiz hamda yong‘indan muhofazalangan bo‘lishi kerak. Zinalarni bino tarxida joylashtirish, ularning soni va o‘lchamlari binoning vazifasiga, katta - kichikligiga va belgilangan vaqtda kishilarni evakuatsiya qilish uchun qulaylik ta’minlanishiga qarab aniqlanadi. Masalan, turar - joy binolarida zinalar soni kamida ikkita bo‘lishi, o‘n va undan ortiq qavatli turar joy binolarida har bir kvartiradan to‘g‘ridan - to‘g‘ri yoki bog‘lovchi o‘tish yo‘li orqali ikkita zinaga chiqish ta’minlanishi kerak. Zinalar marshlardan va zina maydonchalaridan iborat bo‘ladi. Marsh konstruksiyasi o‘z navbatida pillapoya va uni ko‘tarib turuvchi balkadan iborat bo‘ladi. Zina maydonchalari qavat tyokisligi va qavatlar oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. Kishilarni xavfsiz ko‘tarilishi yoki tushishi uchun zinalar balandligi 0.9 m bo‘lgan tutqich panjaralar bilan jihozlangan bo‘ladi. Pillapoya vertikal qirrasi bilan pillapoya marshi gorizontal qirrasi pillapoya yuzi deb ataladi. Zina marshi pillapoyalari eng yuqori va eng pastkisidan tashqari bir xil ko‘rinishga va o‘lchamga ega bo‘ladi. Vazifasiga ko‘ra zinalar: asosiy yoki bosh zina, har doim ishlatiluvchi xizmat zinasi, evakuatsiya zinasi, yordamchi zina, xizmat paytida foydalaniladigan va avariya zinalari, tashqi evakuatsiya zinalari, o‘t o‘chiruvchilar zinasi kabi turlarga bo‘linadi. Qavatlar orasidagi marshlar soniga ko‘ra zinalar bir, ikki, uch va to‘rt marshli turlarga bo‘linadi. Zinalardan kamchilik foydalaniladigan ayrim binolarda vintsimon shakldagi zinalar qo‘llaniladi. Zina marshlari nishabi qurilish qoidalari bo‘yicha tanlanadi. Masalan, asosiy zinalar uchun 1:2 1:1,75, yordamchi zinalar uchun 1:1.25 nisbatda belgilanadi. Har bir marshdagi pillapoyalar soni 16 tadan ko‘p va 3 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Zina marshi kengligi avariya holatida kishilarni evakuatsiya qilishni ta’minlashni hisobga olib tanlanadi. SHunga ko‘ra asosiy zinalar marshi kengligi ikki qavatli binolarda kamida 900 mm, uch va undan ko‘p qavatli binolarda 1050 mm qabul qilinadi. Zina maydonchalarida kengligi marsh kengligidan kattaroq kamida 1200 mm qilib olinadi. YUqorida keltirilgan qoida va 100 me’yorlarga asosan pillapoya eni 250..300 mm, balandligi esa 150 mm, ayrim hollardagina 180 mm ga boradi. Bunda kishilarni o‘rtacha qadami gorizontal holda 600 mm ligi, zinada yurishda esa bu kattalik 450 mm ga teng ekanligi, 300 mm +150 mm = 450 mm hisobga olinadi. Zina va pillapoya o‘lchamlarini bino balandligiga qarab aniqlashni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Bino qavati balandligi N=3.3 m., marsh kengligi V= 1.05 m, zina nishabi 1;2 bo‘lgan turar joy binosi uchun ikki marshli zina o‘lchamlarini aniqlash talab etilgan. Bu masalalarni echishda pillapoya o‘lchamlarini 300 x 150 mm ga, zinapoya kengligini V = 2v + 100 = 2.1050+ 100- 2200 mm qilib olamiz, bu erdagi 100 soni marshlar orasidagi tirqish kengligi. Bitta marsh balandligi: N\2=3300\2=1650mm Bitta marshdagi pillapoyalar soni: p= 165 \150 =11 Bundan pillapoyalar sonini 10 ta qilib olamiz. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling