Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Bino va inshootlarning ustyopma konstruksiyalar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
4.10. Bino va inshootlarning ustyopma konstruksiyalar 
Ustyopma bino va inshootni eng ma’suliyatli qismi bo‘lib, uning xillari turli 
tuman. O‘rta Osiyoda qadimdan yog‘ochdan ishlanadigan toqili loy tomlar 
qo‘llanib kelingan. Hozirgi zamonda ustyopmalarning xilma-xil turlari 
qo‘llanilib kelinmoqda. 
Bino yoki inshoot ustyopmalari uchun yopma plitalardan iborat 
konstruksiyalarning yig‘ma elementlari qo‘llanilib, ular 6 yoki 12 m qadam 
bilan joylashtirilgan to‘sin, ferma yoki arkalar ko‘rinishida ko‘taruvchi 
konstruksiyalarga tayanadi. Katta oraliqlarni yopish uchun qo‘llaniladigan 
qobiq, to‘lqinsimon gumbaz ko‘rinishidagi (yaxlit) fazoviy yupqa devorli 
ustyopmalar ham mavjud. Bunda konstruksiyalar materiali ishlashdagi qulay 
statistik sharoitlar va egiluvchi hamda to‘suvchi vazifalarini birga qo‘shib olib 
borilgani sababli katta samara bilan foydalanildi. 
 
 
 
4.11. Ustyopma plitalar 
Ustyopma plitalar tomdan tushgan og‘irlikni devorlarga uzatadi. Eng keng 
tarqalganlari P-simon qirrali plitalar bo‘lib, ularning o‘lchamlari 3X6 va 3X12m 
bo‘ladi bu turdagi plitalar 25-30 mm qalinlikdagi tokchadan, taxminan 1 m 
qadam bilan joylashgan ko‘ndalang qirralardan (qovurg‘alardan) va ikkita bosh 
qirra (qovurg‘a) dan iborat. Tokcha payvand to‘r bilan armaturalanadi, 
ko‘ndalang qovurg‘alar payvand karkaslar bilan, bo‘ylama qovurg‘alar esa 
oldindan zo‘riqtirilgan simli yoki kanatli armatura bilan mustahkamlanadi. 


 104 
5.14-rasm. Ustyopma plitalar chizmasi 
O‘lchamlari 3X6 va 3X12 m bo‘lgan 2T ko‘rinishidagi ikki konsolli qirrali 
plitalar ham keng tarqalgan. Ularda bo‘ylama qovurg‘alar orasidagi masofani 
o‘zgartirish mumkin bo‘lgani tufayli tokchadagi eguvchi momentlar kamayadi 
va bir qiymatli bo‘lib qoladi (5.14rasm, a). 
Bu ko‘ndalang qovurg‘alardan voz kechishga va plitani armaturalashni 
soddalashtirishga imkon beradi. Rejada bir xil o‘lchamdagi ikki turdagi plitaga 
sarflanadigan materiallarning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari taxminan bir xil 
(5.1-jadval). 
Oraligi 12 m bo‘lgan plitalarning ustyopma konstruksiyasini butun tizimi 
tarkibida qo‘llanilgan holda oralig‘i 6 m li plitadagiga qaraganda ancha tejamli 
ish bajariladi, chunki 1m

ustyopmaga ketadigan materiallarning solishtirma 
sarfi (etakchi konstruksiyalarni ham hisobga olganda), shuningdek montaj 
qilishda mehnat unumi ancha pastdir. 
5.1- jadval 
Plita turi 
Plita 
massasi, t 
Betonning 
keltirilgan 
qalinligi, sm 
Buylama 
qovurgalarni 
arma-
turalashda plitaga sarflana-digan 
po‘lat, kg 
Sterjenь 
Kanat 
yoki 
juda 
mustahkam sim 
3x12m o‘lchamli 
qovurg‘ali 
6,5 
7,65 
265-391 
205-288 
3x6m o‘lchamli 
qovurg‘ali 
2,8 
5,3 
70-101 
56-70 


 105 
3x1 
2m 
o‘lchamli 2T 
6,8 
7,65 
330 
237 
3x6m o‘lchamli 
2T 
2,38 
5,3 
85 
63 
Binolarning ustini yopish uchun, shuningdek, devorlarning bo‘ylariga bir 
bo‘ylama to‘sinlarga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashtiriladigan 3x18 va 3x24 m 
li ikki yoqlama og‘ma yirik o‘lchamli plitalar qo‘llaniladi. Bunday plitalarning 
bo‘ylama qovurg‘alarining balandligi o‘zgaruvchan bo‘ladi va plitaning 
chetlarida (P simon plitalarda) yoki plita enining 0,25 qismiga teng (2T turidagi 
plitalarda) masofada joylashadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling