Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Osma yopmalar. Osma yopmalar deb, kanop troslar bilan asosiy yuk
ko‘taruvchi qismlarni tortib turadigan yopmalarga aytiladi. Osma yopmalarning oraliqni yopuvchi asosiy yuk ko‘taruvchi elementlari (kanat, tros, membrana) cho‘zilishga ishlaydi. Insoniyat tomonidan osma 107 konstruksiyalarning qo‘llanilishi qoyatoshlardagi qadimgi rasmlardan (5.15 va 5.16-rasmlar) ham ma’lum. Ularning qo‘llanilishi tarixi esa qadimgi lianlardkan foydalanib qurilgan ko‘priklardan boshlanib, hozirgi zamonaviy katta oraliqli osma ko‘priklar va tentli yopmalarga kelib taqaladi. 5.15-rasm. Osma konstruksiyalar Biroq, kelib chiqishi o‘simlik va hayvonot dunyosidan bo‘lgan kam mustahkamlikka ega bo‘lgan qurilish ashyolaridan tayyorlangan osma yopmalardan XIX asr oxirigacha foydalanildi. Sanoatning rivojlanishi va po‘lat arqon (kanat)larni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi bilan osma sistemalarda mustahkam po‘latlardan foydalanish imkoniyati tug‘ildi. Osma yopmalar katta oraliqli inshootlar (sport, tomosha va boshqa xil) da keng qo‘llanila boshladi. Qo‘llaniladigan ashyolar. Osma yopmalarning yuk ko‘taruvchi- konstruksiyalari uchun qurilish ashyosi sifatida A-V, A-VI armatura po‘lati, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simlar, spiralsimon kanatlar ishlatiladi. Membrana tipidagi yopmalar uchun kam uglerodli yoki past darajada legirlangan po‘latlar ishlatiladi. Masalan, Moskva shahridagi Mir prospektidagi universal stadionning yopmasi 14G2 markali, qalinligi 5 mm bo‘lgan po‘latdan bajarilgan. 108 5.16 - rasm. Tayanchning ankerli qurilmasi: a- ankerli devor; б- yig‘ilgan panjali anker; в- yakka temirbetonli anker, Bundan tashqari, osma yopmalarning yuk ko‘taruvchi elementlari sifatida ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak yoki prokat profillardan tayyorlangan po‘lat to‘sinlar ham ishlatiladi. Ma’lum bir egilishdagi bikrlikka ega bo‘lgan bunday to‘sinlar bir vaqtning o‘zida cho‘zilish va egilishga ishlaydi. Ularni ko‘pincha bikr iplar ham deb atashadi. Ular shakli o‘zgarib ketmasligi uchun maxsus muvozanatlashtiruv tizimlarga muhtoj emas va ularga notyokis ta’sir qiluvchi yuklar ta’siri kamroqdir. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling