Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
5.13-rasm. Sinchli konstruksiyalarni 
 
Ko‘taruvchi g‘isht ustunning minimal kundalang kesimi 510*380 mm ga 
teng bo‘ladi. Bunda g‘ishtlar sifatli bo‘lishi bilan bir qatorda uning markasi 100 
dan, terishda ishlatiladigan qorishma markasi esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak. 
G‘ishtli ustunlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish maqsadida diametri 5-
6mm bo‘lgan po‘lat simlardan katakchalari 100-150mm bo‘lgan turlar yasalib
har 2-4 qator g‘ishtdan so‘ng qo‘yib boriladi. 
Ko‘p hollarda g‘ishtli ustunning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish 
maqsadida ustun qirralari burchaklik yoki tasmani po‘lat lentani payvandlash 
yordamida hosil qilingan karkaslar orasiga olinib, ustidan metall tur qoplanadi 
va suvoq qilinadi. 
Agar ustunga tushadigan yuk katta bo‘lsa, u holda g‘ishtli ustunlar o‘rniga 
temir-beton ustunlar ishlatilib, ular to‘sin bilan birgalikda bino karkasini hosil 
qiladi. Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki doira shaklida bo‘lishi 
mumkin. 


98 
Asbotsement quvur va metal tayanchlar ichi odatda beton bilan to‘ldirilib, 
pavilьon xilidagi binolarda ishlatiladi. Tayanchlar sirti odatda moyli bo‘yoqlar 
bilan bo‘yaladi. 
YUqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda tabiiy tuproq ustiga 
qo‘yiladigan poydevor yig‘ma beton va temir betondan bo‘lsa iqtisodiy 
samarali, quyma betondan bo‘lsa bikr poydevor hosil qilish mumkin. Imorat past 
yoki kam qavatli bo‘lsa unda kontstruktiv echimga doir variantlar ko‘p, masalan 
past qavatli imoratga paxsa, xom g‘isht, yog‘och, temir-beton, metallardan 
qilingan sinchli devorli echimlardan foydalanish mumkin. Undan tashqari oxirgi 
o‘n yillarda keng tarqalgan g‘isht, maxalliy ashyolardan qilingan bloklar, engil 
beton, ko‘p qalinlikka ega materiallar, engil va keramzit, penabeton, 
g‘azashlakbeton, penosilikat beton hamda kompozit kabi turli zamonaviy 
materiallardan qilingan panellar. 
Qavatlar orasiga yopiladigan konstruksiyalar aksariyat yig‘ma temir 
betondan, menolit temirbetondan va ba’zida temir yoki yog‘ochdan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Albatta shunday konstruksiyalar uchun engil beton, 
penabeton, keramzit beton kabi engil, arzon va issiqni saqlaydigan materiallar 
qo‘llanishi iqtisodiy samaraga egadir. Ko‘p qavatli jamoat va sanoat binolarida 
engil metalldan, trubalardan, turli profillardan tayyorlangan fazoviy fermasimon 
konstruksiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarda otsinkalashgan 
yopmalarlardan, asbotsementli panellardan, allyumindan qilingan materiallardan 
foydalanish taklif etiladi. Temirdan tayorlanishi mumkin konstruksiyalarda 
yuqori navli mustahkamlik kam begilangan, termik qayta ishlangan po‘latlardan, 
ayniqsa yupqa devorli metall konstruksiyalardan foydalanish mumkin. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling