Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.Beton, temir-beton konstruksiyalari
114 V BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARI 5.1.Beton, temir-beton konstruksiyalari Beton boshqa materiallar singari siquvchi kuchlanishlarga ancha katta qarshilik ko‘rsatadi, cho‘zilishga juda ham kam qarshilik ko‘rsatadi. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi siqilishdagiga nisbatan 10-15 marta kichik. SHu sababli beton konstruksiyalari asosni mustahkamlashda, ma’suliyati cheklangan imoratlarning poydevorlarida, o‘zini og‘irligini ko‘tarishi mumkin bo‘lgan devorlarda va shu kabi sharoitga ega konstruksiyalarda keng qo‘llaniladi. Oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalar uchun mustahkamligi va zichligi yuqori, cho‘kishi va tobtashlashligi cheklangan betonlar ishlatiladi. Betonning fizik-mexaniq xossalari qorishmaning tarkibi, bog‘lovchi va to‘ldirgichlarning turi, suv-bog‘lovchi nisbati, betonning tayyorlanish usuli, yotqizilishi va unga ishlov berish usullari, qotish sharoitlari (tabiiy qotish, avtoklavda ishlov berib qotirish), betonning yoshi va boshqalarga bog‘liq. Beton uchun material tanlashda, uning tarkibini belgilashda bularning hammasini hisobga olish kerak. Qurilishda odatdagi og‘ir betonlar eng ko‘p tarkalgan bo‘lib, ularning zichligi 2200-2500 kg/m 3 , odatdagi zich to‘ldirgichlar qo‘shib tayyorlanadi. Zichligi 2500 kg/m 3 dan ortiq betonlar og‘ir betonlarga kiradi. Ulardan radiatsiyadan himoyalanishda foydalaniladi va hajmiy massasi oshirilgan (magnetit, limonit, barit, chuyan pitrasi va boiqalar) to‘ldirgichlarning maxsus turlari qo‘shib tayyorlanadi. Betonning zichligi 1800 kg/m 3 dan yuqori va 2200 kg/m 3 gacha bo‘lganida engillashtirilgan betonlarga kiradi, zichligi 1800 kg/m 3 bo‘lganida engil betonlarga kiradi. Betonning og‘irligi g‘ovak to‘ldirgichlar qo‘shib (keramzit, agloporit, pemza, tuf, oxak-chig‘anok va boshqalar), yoki beton aralashmasiga g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimchalar solib, engillashtiriladi. Betonning mustahkamligi etarli darajada yuqori bo‘lishi, armatura bilan yaxshi tishlashi va zichligi yuqori bo‘lishi armaturani zanglashdan himoya qilishini va konstruksiyaning uzoqqa chidashini ta’minlash zarur. 115 Ba’zan qo‘shimcha ravishda; suv o‘tkazmasligi, suvga nisbatan chidamli bo‘lish, sovuqqa nisbatan chidamli bo‘lish, o‘tga chidamliligi va zangbardoshligi juda yuqori bo‘lishi og‘irligi kam bo‘lishi, issiq va ovoz o‘tkazuvchanligi past bo‘lishi kabi talablar qo‘yiladi. 6.1.-rasm. Qurilishda temir-beton konstruksiyalari Temir-beton konstruksiyalar o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi, o‘sha asrning oxiridayok temir-betondan tayerlangan qovurg‘ali orayopmalar, dastlabki ko‘priklar, quvurlar qurildi. XX - asr boshida Moskvada to‘sinsiz temir-beton orayopmalar, Nikolaev shahrida esa dunyoda birinchi marta temir- beton mayok qad ko‘tardi. Keyinchalik temir-beton konstruksiyalar binolar va inshootlarning yaxlit konstruksiyalari tarzida tobora keng tarqaldi. 30 yillarning boshida birinchi marta oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar paydo bo‘ldi. Urishdan keyingi yillarda yig‘ma temir-beton konstruksiyalar gurkirab rivojlandi. Sanoat binolarida (ustunlar, to‘sinlar, fermalar, arkalar), yirik panelli turar joy va jamoat binolarida, muhandislik inshootlari (ko‘priklar, estakadalar, gidrotexnika inshootlari va boshqalar) da temir-beton konstruksiyalarning qo‘llanishi qurilish muddatlarini ancha qisqartiradi, tannarxini kamaytirishga olib keladi. Temir-beton hozirgi zamonda qurilishning asosi bo‘lib qoldi, u jamoa, sanoat va qishloq xo‘jaligi binolari qurilishida ko‘plab ishlatilishidan tashqari, 116 ko‘prik, gidrotexnika qurilishida va boshqa soxalarda muvaffaqqiyat bilan ishlatilmoqda. Temir-betonning rivojlanishi hamda uning texnik - iktisodiy samaradorligining ortishi, oqilona tanlangan konstruktiv shakllarni qo‘llash hisobiga og‘irliklarining kamayishi, engil va g‘ovakli betonlarning, armotsementning ishlatilishi, buyumlarni tayyorlash texnologiyasining takomillashuviga bog‘liq. Temir-beton konstruksiyasi aksariyat standart yig‘ma elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ular asosan temir-beton zavodlarida tayyorlanadi va qurilish maydonida yig‘iladi. CHet el, MDH davlatlari, xususan O‘zbyokistan sharoitida yig‘ma elementli temir-beton konstruksiyalari fuqaro va sanoat binolarida keng qo‘llaniladi. Bir qavatli sanoat binosining konstruksiyasi 6.2-rasmda ko‘rsatilgan. 6.2-rasm. Sanoatda qo‘llaniladigan temir-beton sinchli konstruksiya. 1- to‘sin, 2-fonarь, 3-yopma panellar, 4-kranosti to‘sinlar, 5-ustunlar Po‘lat siqilish va cho‘zilishga juda yaxshi ishlaydi. Ana shu boisdan ham temir-beton yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi, unda siquvchi yuklarni beton, cho‘zuvchi yuklarni esa po‘lat armatura qabul qiladi. Egiladigan temir-beton elementlarda ishchi armaturani, odatda, elementning cho‘zilgan qismida joylashtiriladi. Ishchi armatura element kesimlarini kichraytirish va konstruksiyaning xususiy og‘irligini kamaytirish uchun quyiladi, Beton (armaturasi yo‘q) elementlar to‘satdan emiriladi ayni bir paytda temir - beton 117 elementlar asta - syokin emiriladi, bu esa ularning mustahkamlik zaxiralarini kamaytirish imkonini beradi. Respublikamizni issiq kunlariga kelsak, harorat 40 0 S va undan ortiq bo‘lganda betonning holati o‘zgarganini ko‘ramiz. Odatdagi betonga yuqori harorat uzoq vaqt ta’sir etganidassement toshining qotganligi, juda ko‘p cho‘kkanligi va mustahkamligi pasayganligi,ssement toshi va to‘ldirgichlarning harorat tufayli deformatsiyalanish koeffitsientlari turlicha bo‘lganligi va boshqa sabablar tufayli emiriladi. SHu sabablissement bog‘lovchilardan harorat 50°Sdan oshmaydigan hollardagina foydalanishga ruhsat etiladi. 6.3-rasm.Temir-betondan tayyorlangan ustyopma Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling