Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

5.3. Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri 
YOz faslida harorat 40-50°S ga etadigan va havoning nisbiy namligi past 
(10-20%) bo‘lgan Respublikamiz sharoitlarida binolar va inshootlarni, ayniqsa, 
temir-beton konstruksiyalarini qurish juda noqulaydir. 
Hozircha quruq issiq iqlim sharoitida betonning uzoqqa chidashi bo‘yicha 
asoslangan talablar tadqiqot qilinyapti, asosiy e’tibor ularning mustahkamligiga 
qaratib kelinmokda. Yilning issiq davrlarida havoning nisbiy namligi past 
bo‘lgan sharoitlarda beton yotqizilishi bilanoq suvi qochib, unda tuzilishni 
buzadigan jarayonlar paydo bo‘ladi. 
Beton muzlaganida beton g‘ovaklaridagi suvning hajmi ortib, undagi 
tuzilishning buzilishiga olib keladi vassementning gidratatsiyalanish jarayoni 
qisman yoki to‘la tuxtaydi. Tuzilishni hosil qiluvchi unsur sifatidagi suvning 
bug‘lanishi natijasida betonda mikro va xattoki makrog‘ovakliklar hosil bo‘ladi 
va uning tuzilishi nuqsonli bo‘lib qoladi.ssementning gidratatsiyalanish 
jarayonlari to‘la o‘tmaydi va beton tegishli fizik-mexaniq xossalariga erishib 
ulgurmaydi. SHu munosabat bilan yig‘ma temir-beton konstruksiyalar 
tayyorlashda betonning suvi qochish, quyosh radiatsiyasi va xokazolarning 
zararli ta’siridan saqlash bo‘yicha murakkab masalalarni hal etishga to‘g‘ri 
keladi. 
Qurq issiq iqlim sharoitlarida qurilishi sifatini oshirish
maqsadlarida qurilish 
materiallari sanoatiga o‘ta mustahkam, tez qotadigan portlandssementlar, yirik 
va mayda to‘ldirgichlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan talablar quyish 
kerak. YUqori sifatli tabiiy yirik to‘ldirgichlar kamchilligini ham quruq iqlima
g‘ovak to‘ldirgichli betonlardan foydalanish samaradorligini hisobga olib, ularni 
ishlab chiqarishni kengaytirish zarur. Quruq va issiq ob-havo beton ishlari 
texnologiyasini ancha murakkablashtirib qo‘yadi; harorat ko‘tarilganda beton 
qorishmasi uchun suv sarfi ortadi; beton qorishmasini tashishda yoki uni 


 121 
yotkizishga qadar saqlab turishda siljuvchanligini tez yo‘qotadi; qotayotgan 
betonda darzlar juda
ko‘payadi; kuyosh radiatsiyasi ta’sirida konstruksiyalarda 
notyokis harorat-maydoni hosil bo‘ladi; beton ishlarini bajarish sharoitlari 
murakkablashadi, ularning narxi ortadi va boiqa salbiy natijalar yuzaga keladi. 
Ma’lumki, beton qorishmasi issiq va quruq ob-havodassementning 
gidratatsiyalanishi va tishlashishi tezlashuvi natijasida o‘zining siljuvchanligini 
tez yo‘qotadi. Bunga yuqori harorat, qotish suvining bug‘lanishi sabab bo‘ladi. 
Buning 
natijasida 
beton 
qorishmasini, 
yotqizishdagi 
siljuvchanligi 
ta’minlanmaydi, qabul qilingan tashish va yotqizish sharoitlari, shuningdek
konstruksiyalar sirtiga ishlov berish sharoitlari buziladi. 
Yilning quruk, va issiq ob –havo sharoiti davrida beton qorishmasini 
tayyorlashdan uni yotqizish tugaguncha vaqt iloji boricha eng kam bo‘lishi va t= 
25°S li harorat uchun 30-60 minutdan, t = 30°S li harorat uchun, 15-30 
minutdan, t = 35°S li harorat uchun 10 -15 minutdan, oshmasligi kerak. Vaqt 
o‘tishi bilan qorishma konsistensiyasining tez o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omil 
haroratning yuqoriligi va shu tufaylissementning gidratatsiyalanishining va 
tishlashishining tezlashuvidir, ayni bir vaqtda beton suvining qochshiga ikkinchi 
darajali omil bo‘lib qoladi. 
Quruq va issiq ob-havo sharoitida yuzaga keladigan yuqorida zikr qilingan 
salbiy oqibatlar ichida yangi yotqizilgan betonga keragicha qarab turilmasligi 
oqibatida uning suvining ko‘p qochishi alohida o‘rinda turadi. 
Beton tanasidan suvning tezda bug‘lanishi beton qorishmasining tarkibiga, 
qotish suvining miqdoriga, suv vassement nisbatiga,ssement
turiga va boshqa 
omillarga bog‘liq. Ma’lum sharoitlarda beton qorishmasining ancha cho‘kishi 
yuz berib, u salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Bug‘lanish jadalligi 0.7 kg/m

bo‘lganida eng ko‘p cho‘kish 3.5-3.6 mm/m ni, 0.8 kg/m
2
g da 3.9-4.0 mm/m ni, 
0.85 kg/m
2
g da 4.5 mm/m ni tashkil etadi. YOmon parvarish qilingan va yomon 
yotqizilgan beton birinchi kecha kunduzlarda 50-70% gacha qotish suvini 
yo‘qotadi, bunda uning asosiy qismi betondan qotishning dastlabki 6-7 soatida 
chiqib ketadi. Suvning bunday ko‘p qochishida yangi tuzilmalarning zichlashuvi 


 122 
sodir bo‘lib, buning natijasidassement donlarining gidratatsiyalanmagan 
qismining 
ichiga 
nam 
kirishi 
kamayadi, 
oqibatda 
qotayotgan 
betondagissementning gilratatsiyalanishi biroz yoki to‘la to‘xtaydi, betonning 
mustahkamligi yomonlasha boshlaydi va boshqa xossalari ham pasayadi. YAngi 
yotqizilgan betondan suvning jadal bug‘lanishi o‘tirishish (usadka)ning 
o‘sishiga olib keladiki, u quruq va issiq iqlim sharoitlarida tuzilishning 
buzilishiga olib keluvchi jarayon bo‘lib, betonning tuzilishini va fizik –mexaniq
xossalarini ancha yomonlashtiradi, qotayotgan betonning barvaqt yorilib 
ketishiga sabab bo‘ladi. 
Quruk va issiq iqlimning zararli ta’siri faqat beton ishlarini bajarishni 
qiyinlashtirib qo‘ymasdan, balki beton va temir-beton konstruksiyalardan 
foydalanishga ham yomon ta’sir qiladi. 
Bunday noxush sharoitda, namlikni saqlab qolishga doir tadbirlar 
qo‘llaniladi, masalan muntazam suv sepib turiladi, namlangan material, qiqin 
kabi saqlovchilar qo‘llaniladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling