Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Temir-beton konstruksiyalarining asosiy xossalari
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.5.Temir-beton konstruksiyalarining asosiy xossalari Temir-betonning xossalari faqat beton va armaturaning xossalarigagina emas, balki armaturaning soni, uning konstruksiyada joylashtirilishi, dastlabki kuchlanishning bo‘lishligi va xokazolarga ham bog‘liq. Odatdagi temir- betonning dastlabki kuchlanishsiz darzbardoshligi past bo‘ladi. Masalan, to‘sinlar emiruvchi kuchniig 0,2...0,3 qismiga qadar yuklanganda betonning cho‘zilgan qismida darzlar paydo bo‘ladi. Temir-betondagi darzlar ko‘pgina hollarda konstruksiyadan normal foydalanishga xalaqit bermaydi, biroq bunda ularga suv o‘tkazmaslik va yuqori zang bardoshlik talablari ko‘yilmagan bo‘lishi kerak Temir-betonning darzbardoshligi yoyib armaturalashda (kichik diametrli armatura zichroq qilib joylashtirilganida) ortadi, Temir - betonning darzbardoshligini oshirishning eng qulay usuli konstruksiyani oldindan zo‘riqtirishdir. Betonning armatura bilan tishlashishi armaturaningssement toshi bilan, ishqalanish kuchlari bilan bog‘lanishi tufayli ortadi. Ishqalanish kuchlari armaturaning beton qotganida siqilishi tufayli va ayniqsa armatura sirtida chiqiqlar bo‘lganida betonning darhol qarshilik qilishi tufayli hosil bo‘ladi. O‘zgaruvchi kesimli armaturaning beton bilan tishlashishi silliq kesimli armaturaniqiga qaraganda 2-3 marta ortiqdir. Armatura beton bilan tishlashishi tufayli yuklangan konstruksiyada birgalikda ishlaydi; ular orasida doimo ichki kuchlarning qayta taqsimanishi sodir bo‘ladi. Temir-betonning kirishishi va tobtashlashi armaturalanmagan betonlarga qaraganda ancha kam bo‘ladi. CHo‘kish natijasida temir-beton elementlarda darzlar hosil bo‘lishi mumkin. SHu boisdan uzun o‘lchamli konstruksiyalarni loyihalashda cho‘kish choklari 128 qoldirish ko‘zda tutiladi. Muhitning harorati o‘zgarganda ham konstruksiya deformatsiyalar. SHuning uchun harorat va cho‘kish de-formatsiyalari odatda birlashtiriladi va harorat-cho‘kish choklari deb yuritiladi. Temir-beton elementga yuk uzoq vaqt ta’sir etganida betonning tobtashlashi tufayli beton bilan armatura o‘rtasida kuchlarning qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Markaziy sikilgan temir-beton ustunlarda cho‘kish va siljish bir tomonga yo‘nalib, betondagi kuchlanishni kamaytiradi va ularni bo‘ylama armaturada ko‘paytiradi, chunki beton deformatsiyalanganida yuki kamayadi. Biroq ustundagi kuchlanish ortganida armaturaning deformatsiyasi o‘sadi, ayni bir vaqtda betondagi chegaraviy kuchlanishlar nisbatan kichik qiymatlar bilan cheklanadi. Bular kuchlarning teskari qayta taqsimlanishiga olib keladi beton yuklanadi va armatura yuksizlanadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ekspluatatsiya jarayonida betonning tobtashlashi armaturadagi kuchlanishni o‘stiradi, biroq elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini kamaytirmaydi. Temir-beton ustunlarda betonning siqilgan qismining tobtashlashi siquvchi kuchlanishlarni kamaytiradi; cho‘zilgan armaturadagi kuchlanish esa, aksincha, ortadi. Temir-beton elmentlarning deformatsiyasi (ayniqsa to‘sinlarning solqilanishi) yuk uzoq vaqt ta’sir etganida betonning tobtashlash tufayli ortadi. Tusinlarning siqilgan qismini armaturalashda siqilgan betonning tobtashlashi kamayadi, bu esa yuk uzoq vaqt davom etganida solqilanishning kamayishiga olib keladi. Temir-betonning zanglashi armatura va betonning zanglashiga bog‘liq zanglash suyuq va gazsimon emiruvchi moddalar ta’sirida, shuningdek, beton ichiga g‘ovaklar va darzlar orqali kirgan filьtrlovchi sup ta’sirida kuchayishi mumkin. Armatura zanglaganda uning hajmi dastlabki hajmiga nisbatan ko‘payadi, bu esa beton qismlarining sinib tushishiga olib keladi. Beton zanglandassement tosh ajralib chiqadi (kalьsiy gidrat oksidi sirtga chiqadi) va boshqa emirilishlar sodir bo‘ladi. Konstruksiyaning zanglashiga qarshi ko’rashish uchun zich betonlardan, sulьfatbardosh betonlardan, polmerbetonlardan foydalaniladi. Ular bo‘yaladi, 129 ustiga biror narsa yopishtiriladi. Konstruksiyalar maxsus izolyasiya materiallari bilan suvaladi yoki qonlanadi. Uning yuqori haroratlarga qarshilik ko‘rsatishi qizdirish haroratiga va uning ta’sir etish davomiyligiga bog‘liq. Konstruksiyaga yuqori haroratlarning qisqa muddatli ta’siri, masalan, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladi. Temir-beton elementning olovbardoshligi olovbardoshlik chegarasi (soat hisobida) bilan baholanadi, shunday vaqt o‘tishi bilan yong‘in vaqtida elementning yuk ko‘tarish qobiliyati yo‘qola boshlaydi, darzlar hosil bo‘lib, bu darzlar orqali olov ko‘shni xonalarga o‘tadi, yoki olovga teskari tomoni 150°S gacha qiziydi. Temir-beton elementlarning olovbardoshlik chegarasi kesimning o‘lchamlariga, elementning konstruktiv sxemalariga, armatura turiga, armaturalash usuliga va ayniqsa himoya qatlamining qalinligiga bog‘liq. Temir-beton o‘tga chidamli materiallarga kiradi, yong‘in vaqtida yuqori haroratlarga chidaydi - bir necha soat davomida mustahkamligini yo‘qotmasdan bardosh beradi. Uzoq vaqt yuqori haroratlar ta’sir etadigan inshootlarda (domna pechlarining poydevorlari, dudburonlar, mo‘rilar va h.k) temir-beton konstruksiyalarga issiqbardoshlik talabi qo‘yiladi. Bu holda konstruksiyalar maxsus izolyasiyalanadi (futerovka qilinadi) yoki ular issiqbardosh betondan tayyorlanadi, bu eng tejamli va ishonchli yo‘ldir. Armatura va betonning birga ishlashini ta’minlash, armaturani zanglashdan saqlash va yuqori haroratlardan himoya qilish uchun betonda himoya qatlami hosil qilish ko‘zda tutiladi. Qalinligi 100 mm gacha. bo‘lgan plita va devorlarda (ular og‘ir betondan tayyorlanganda) himoya qatlamining qalinligi kamida 10 mm bo‘lishi kerak, qalinligi 100 mm dan ortiq plitalar va devorlarda, shuningdek, balandligi 250 mm gacha bo‘lgan to‘sinlar va kovurg‘alyarda kamida 15 mm, balandligi 250 mm gacha va undan ortiq bo‘lgan to‘sin va qovurg‘alarda, shuningdek, ustunlarda kamida 20 mm bo‘lishi kerak; to‘sin va ustunlarning xomutlari va kundalang sterjenlarida kesim elementlari balandligi h- 250 mm gacha bo‘lganida kamida 10 mm, h - 250 mm va undan ortiq 130 bo‘lganida kamida 15 mm; plitalarning taqsimlash armaturalari uchun kamida 10 mm bo‘lishi kerak. Bizning O‘zbyokistan sharoitida temir beton konstruksiyalari bir necha va turli maqsadlarda foydalanib kelinadi. Respublikamizda bir necha o‘nlab temir beton zavodlari mavjud. Juda ko‘p andoza-namunaviy uy joy imoratlari, fuqaro, jamoa binolari, sanoat inshootlari, ko‘prik va metro konstruksiyalari temir- bstondan ishlangan. Keyingi yillarda chet ellarda keng tarqalgan monolit temir beton konstruksiyalari Respublikamizda keng tarqalyapti. Buni evaziga antiqa va yagona fuqaro hamda turar joy binolari, takrorlanmaydigan arxitektura komplekslari bunyod etildi. Masalan, Milliy bank imorati, Interkontinental binosi, BUMI va SHeraton mehmonxonalari, uzundan- uzun ko‘priklar, YUnus - Obod va Jar sport komplekslari, Samarkanddagi yoshlar markazi binosi kabilar o‘lkamiz mu’jizasi sifatida elga manzurdir. Umuman olganda temir-beton konstruksiyasi uy-joy, fuqoro va sanoat binolari va turli maqsadlarga moslashgan inshootlarni qurishda, chet elda, Respublikamizda eng ko‘p foydalaniladigan ashyo bo‘lib poydevordan boshlab to ustyopmalargacha, zinapoyalardan boshlab aviokosmik sanoati imoratlarigacha etakchi konstruksiya sifatida keng foydalaniladi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling