Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


b) Chuqur joylashuvchi poydevorlar


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

b) Chuqur joylashuvchi poydevorlar
Zaminga katta qiymatli tik hamda yotiq yo‘nalgan bosimlarii uzatuvchi o‘ta 
og‘ir inshootlarning mustahkamligini ta’minlash uchun, odatda, ularning 


86 
poydevorlarini etarlicha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan chuqur 
joylashgan qatlamlarga o‘rnatish lozim bo‘ladi. 
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga etib borish uchun ko‘pincha qoziqli 
poydevorlarni qo‘llash imkoniyati bo‘lmay qoladi, chunki bunday hollarda 
nihoyatda uzun va og‘ir qoziqlar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu qoziqlarni esa 
hozirgi zamon texnikasi yordamida o‘rnatishga imkoniyat yo‘q, engil va qisqa 
qoziqlarga kelsak, ularning soni rostverkga joylashtirib bo‘lmaslik darajada 
ko‘paiib ketadi. SHuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan 
o‘rnatiluvchi chuqur joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Hozirgi vaqtda chuqur joylashtiriladigan poydevorlarning quyidagi turlari 
mavjud: 
1. Pastlashuvchi quduqlar. 
2. Kesson poydevorlari. 
3. Temir-beton qobiqlar. 
4. Pastlashuvchi quduqlar. 
Bunday poydevorlar to‘g‘risida gap ketganda, ichki bo‘shlig‘idan grunt 
qazib olish hisobiga o‘z og‘irligi ta’sirida chuqurlashib boruvchi quduqlar 
tushuniladi. Loyihada belgilangan katta qiymatli yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan qatlamlarga yotganda grunt qazish ishlari to‘xtatilib, gruntning ichki 
bo‘shlig‘i beton bilan to‘ldiriladi. Natijada yaxlit poydevorlar hosil bo‘ladi. 
Pastlashuvchi quduqlar chuqurligi umuman chegaralanmaydi. Hozirgi 
vaqtda bunday quduqlarning 70 m va undan ham ortiq chuqurlikkacha 
o‘rnatilgan hollari ma’lum. O‘z og‘irligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar 
betondan, temir-betondan va yog‘och-betondan ishlanishi mumkin. Ko‘ndalang 
kesimi bo‘yicha ular inshoot ostki qismi shaklini takrorlab, asosan doira, 
kvadrat, to‘rtburchak va boshqa shakllarda bo‘ladi. Quduqning bo‘ylama kesimi 
esa chetki devorlari tik yoki pastlashish jarayonida grunt bilan ishqalanishni 
kamaytirish uchun zina shaklida loyihalanadi. Quduq devorining ostki qismi 
o‘tkirlanib unga grunt qatlamida pastlashishi uchun qulay shakl beriladi. 


87 
Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer yoki elektr yordamida olib 
tashlanadi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling