Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Po‘lat konstruksiyalarni hisoblash
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.12. Po‘lat konstruksiyalarni hisoblash Po‘lat konstruksiyalarning mustahkamligi asosan konstruksiya ko‘ndalang kesimi va uning choklari - birikmalarining ishonarligiga bog‘liq. Loyihalash jarayonida, asosan metall profillarning chegara shartlarini taminlaydigan kesimlari aniqlanadi. Chegara shartlari bu, birinchisi ko‘tarish qobiliyati mustahkamlikni ta’minlash sharti, ikkinchisi esa bikrlikni, boshqa so‘z bilan ifodalaganda, deformatsiya shartini bajarilishiga aytiladi. Umuman metall konstruksiyalarni loyihalashda va qurishda konstruksiyalarning eng nozik qismi tugunlari va ularni yaratuvchi birikmalardir. Birikmalar elektr payvand - parchin mix, bolt va shu kabi bog‘lovchilar yordamida amalga oshiriladi. 153 Payvand birikmalar eng ko‘p tarqalgan va samarali hisoblanadi, ular zavodlarda po‘lat konstruksiyalar tayyorlashda ham, qurilish maydonchalarida montaj qilishda ham qo‘llaniladi. Payvandlashda metall ham, mehnat ham kam sarflanadi, birikmalarning konstruktiv shakli soddalashadi. Elektr payvandlashda po‘lat elektrodning uchi va konstruksiyaning payvandlanadigan qismi elektr yoyi alangasida suyuqlantiriladi, bunda ular birikib, bir jinsli qotishma hosil qiladi. Suyuqlangan metallni havo kislorodining zararli ta’siridan muhofaza qilish, sovish jarayonini syokinlashtirish va payvand choklarining tarkibini yaxshilash maqsadida elektrodlar himoya qoplamli qilinadi. Avtomatik va yarim avtomatik usulda payvandlashda ey payvandlanadigan joyga taqilgan flyus qatlami ostida tutashadi. Payvandlash vaqtida suyuqlangan flyus suyuqlangan metallni havo tegishidan saqlaydi. Po‘lat konstruksiyalarni loyihalashda payvand birikmalarga qo‘yiladigan umumiy talablarga rioya qilish zarur. Payvand chokning katetlari 2 Kf 1,2 t dan katta bo‘lmasli lozim, Bu erda t - biriktiriladigan elementlarning eng kam qalinligi, Katetlar me’yoriy qiymatlardan kichik bo‘lmasligi lozim. Burchak choklar katetlarinipg nisbatini 1,1 deb qabul qilish tavsiya etiladi. Payvandlanadigan elementlarning qalinligi turlicha bo‘lgan choklar hosil qilishga ruxsat etiladi. Boltli birikmalar asosan metal konstruksiyalarni yig‘ish va montaj qilishda, shuningdek, ustunlarsiz ankerli qurilmalar uchun qo‘llaniladi. Ularda payvand birikmalardagiga qaraganda metall ko‘p sarflanadi, chunki biriktiriladigan elementlarda teshiklar ochib, kesimni bushashtiriishi va ulanadigan joyiga nakladka, shayba va gaykali boltlar quyish tufayli qo‘shimcha po‘lat sarflashni talab etadi. Qurilish konstruksiyalarida taxmiyniy aniqlikdagi normal va yuqori aniqlikdagi boltlardan foydalaniladi, ular bolt diametrining nominal farq qilishga dopusklari bilan bir-biridan farq qiladi. Parchin mixli birikmalardan hozirgi qurilish konstruksiyalarida kamdan kam hollarda foydalaniladi. Parchin mixli birikmalarning konstruksiyam boltli birikmalarniki kabi bo‘ladi. Biriktiriladigan elementlarda teshiklar ochilib, 154 ularga parchin mixlar kiritiladi; parchin mixlar bir tomoni qalpoqli sterjenlardan iborat. Prokat po‘latning cho‘zilishdagi, siqilishdagi normativ qarshiligi ko‘p oquvchanlik chegarasi u ga qarab belgilanadi. Ancha katta plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladigan hollarda po‘latning normativ qarshiligi muvaqqat qarshilikning qiymatiga qarab olinadi. Normativ qarshilik sifatida oquvchanlik chegarasi yoki muvaqqat qarshilikning GOSTlarda yoki texnik shartlarda keltirilgan minimal qiymatlari qabul qilinadi. Po‘latning cho‘zilishga, siqilishga va egilishga hisobiy qarshiligi yoki materialning ishonchlilik koeffitsienti, po‘latning har xil turlari uchun 1.025. ..1,15 gacha qabul qilinadi. Po‘latning boshqa zuriqqan holatlari uchun hisobiy qarshiliklari yuqorida ko‘rsatilgan asos qiymatlarni tuzatish koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan olinadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling