Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.13. Y OG ‘ OCH KONSTRUKSIYALAR Yog‘och - bebaho qurilish materialidir. Yog‘och materialining zahirasi MDH davlatlari ichida Rossiya xududida eng ko‘p edi va shuning uchun ilgari ham, hozirda ham juda ko‘p mamlakatlarga yog‘och materialini asosan Rossiya eksport qiladi, shu jumladan O‘zbyokiston respublikasi qurilishlarida ishlatiladigan sara yog‘och materiallari ham asosan Rossiyadan olinadi. Yog‘och materiallari asosan ikki turdagi daraxtlardan olinadi: igna bargli va yaproqli. Qurilishdagi yog‘och konstruksiyalari asosan igna bargli yog‘och daraxtlaridan tayyorlanadi. Bular qarag‘ay, qora qarag‘ay, tilog‘och, oq qarag‘aylardir. O‘rmonchilik xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan yaproqli yog‘och daraxti - bu oq qayindir. Eman, qayrag‘och, tog‘terak zaxiralari endi ko‘paytirilmoqda. Oq qayin va tilog‘ochlar fanera tayyorlash sanoatida asosiy xom-ashyo materiallari hisoblanadi. YOg‘och va ayniqsa keyingi yillarda qurilishga keskin kirib kelayotgan plastmassa konstruksiyalari engil qurilish konstruksiyalari bo‘lib, ularni qo‘llash qurilishdagi eng muhim yo‘nalish, qurilish ishlab-chiqarishini tezlashtirish va samaradorligini oshirishga olib keldi. YOg‘och kuchsiz kimyoviy agressiv muhitlarga chidamli va shuning uchun yog‘och konstruksiyalarini kimyo sanoatida keng ko‘lamda muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda (metall konstruksiyalar kimyoviy agressiv muhitlarda tez buzilmoqda). YOg‘och zarba va takrorlanuvchi yuklamalar ta’siriga chidamli va shuning uchun yog‘och konstruksiyalari kuchli tebranishlar ta’sirida bo‘lgan ko‘priklarda ham yuqori mustahkamlikka egadir. YOg‘och konstruksiyalari ishonchli, engil va etarli mustahkamlikka egadir. YAxlit-butun kesimli yog‘och materiallari asosida turar-joy, umumiy va ishlab-chiqarish 157 binolari quriladi. Elimlangan yog‘och konstruksiyalari asosida esa kichik va katta oraliqli tom yopmalar tiklanadi. YOg‘och suvga chidamli sintetik elimlar bilan ishonchli elimlanadi. Buning natijasida yirik ko‘ndalang kesimli, katta uzunlikdagi, turli shaklda egilgan va siniqli hamda boshqa turlardagi elimlangan yog‘och konstruksiyalari tayyorlanadi. Elimlangan yog‘och konstruksiyalaridan katta oraliqli konstruksiyalar ham tayyorlanadi. YOg‘ochdan suvga chidamli qurilish fanerasi olinadi va ulardan engil elimlangan fanerli konstruksiyalar tayyorlanadi. YOg‘och konstruksiyalari ham ba’zi bir kamchiliklarga egadir. Noto‘g‘ri qo‘llanilganda va ishlatilganda hamda uzoq vaqt namlik ta’sirida ular chiriydi. Lyokin hozirgi zamon konstruktiv va kimyoviy himoya uslublari uzoq muddat ishlatilganda chirishdan saqlash imkoniyatini beradi. YOg‘och konstruksiyalari yonuvchan hisoblanadi. Ammo, hozirgi paytda qo‘llanilayotgan yirik ko‘ndalang kesimli yog‘och konstruksiyalarining olovbardoshlilik chegarasi ayrim metall konstruksiyalarinikidan yuqoriroqdir. Ular qo‘shimcha yonishga qarshi maxsus qoplamalar bilan ham himoya qilinadi. O‘zbyokistonda qurilgan ko‘plab yog‘och ferma konstruksiyali omborlar, garajlar, dala shiyponlaridan hozirgi kunlarda ham muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling