Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Binolarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
Binolarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat.
1. Vazifasiga muvofiqligi – ya’ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo‘ljallangan bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak (yashash uchun, mehnat qilish uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.q): 2. Texnik tomondan muvofiqlgi – ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirlar (past yoki yuqori harorat, yog‘ingarchilik,shamol va h.k) dan to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim; 3. Binoning ko‘rinishi – me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (eksterьer) va ichki (interьer) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof – muhit bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak; 4. Iqtisodiy jihatdan qulayligi – ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtini tejash ko‘zda tutiladi. 1.3. Binolarga ichki va tashqi kuchlarning ta’siri Yqorida ta’riflangan bino konstruksiyalarga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar ta’sir etadi, ularning ta’riflari quyidagilardan iborat: 1. Tashqi kuchlar – bino elementlari (qismlari)ning xususiy og‘irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalarining tasodifiy buzilishi natijasidagi ta’sirlar va boshqa; 2. Atrof –muhit ta’siri tashqi harorat (konstruksiyani chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta’siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo‘nalishining ta’siri (xona ichidagi mikro iqlimning o‘zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta’siri (qurilish ashyosi fizik – texnik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy brikmalarning ta’siri (konstruksiyaning emirilishiga va buzilishiga olib keladi), 16 biologik ta’siri (mikroorganizmlar va qurt –qumirsqalar konstruksiyani emiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta’siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi. Fuqoro va sanoat binolariga ta’sir qiluvchi turli xildagi omillar mavjud bo‘lib, ular binoning umrboqiyligiga, mustahkamligiga, qolaversa bino ichidagi mikroiqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu bilan binoning holati, belgilangan me’yoriy xizmat davrigacha avariya holatiga kelib qolishi mumkin. Bu bilan binoning texnik holati darajasi hayotiy xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘rganilishi lozim bo‘lgan ob’ektga aylanadi. SHu bilan birga binolarning o‘zi ham tashqi muhitga bir qancha ta’sir ko‘rsatadi. Buomillar kelib chiqishi va ta’sir qilish darajasiga qarab tashqi va ichki turlarga bo‘linadi. Binolarga ta’sir qiluvchi omillar hamda binolarning tashqi muhitga ko‘rsatadigan ta’sirlari 1.13- va 1.14- rasmlarda ko‘rsatilgan. • Fizikaviy-kimyoviy ta’sirlar • Mexaniq ta’sirlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling