Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Oliy Majlis binosi. Qator ustunlar bilan qurshalgan gumbazli bino Oliy 
Majlis qarorgohi. Markazlashma kompozitsiyasi tufayli binoning barcha 
fasadlari bir xilda tashkil topgan. SHakllar yaqqolligi, ranglar esa tozaligi bilan 
ajralib turadi. Bu bino Xalqlar do‘stligi ko‘chasida joylashgan, ya’ni "Xalqlar 
do‘stligi" konsert zalining orqa tomoniga, shaharning markaz qismiga 
joylashtirilgan.


10 
1.3-rasm. Oliy Majlis binosi. 
Shahar hokimiyati binosi

Hokimiyatining tantanavor binosi Toshkent 
markazini bezab turibdi. Binoning odatiy bo‘lmagan me’moriy shakllari unga 
o‘ziga xoslik baxsh etgan. Bu bino Movarounnahr ko‘chasi, 3- uyda joylashgan. 
1.4-rasm. SHahar hokimiyati binosi. 
Interkontinental mehmonxonasi. Manzili: Amir Temur 107a ko‘chasi, 
metroning Bodomzor bekati. Joylashishi: Shaharning qoq markazida, Milliy 
bank yonida, «Akvapark»dan va San’at Muzeyidan 10 daqiqali yo‘l. 
Qurilgan yili: 1996-2000. Xonalar soni,qavatlar soni: 246/10
1.5-rasm. Interkontinental mehmonxonasi 


11 
Istiqlol sa’nat saroyi. Istiqlol saroyi festivallar o‘tkazish, konsertlar berish 
uchun mo‘ljallangan saroy. 1981 yilda qurilgan. Bino tarhi to‘rtburchak shaklda 
bo‘lib quyosh nurini to‘sadigan jimjimador elementlar bino fasadiga salobat 
baxsh etgan. Binoning kompozitsion markazi - balkonli amfiteatr shaklidagi 
4100 kishiga mo‘ljallangan tomosha zali. Zalda kino tovush texnikasi sistemasi 
tekstni bir yo‘la 8 tilga tarjima qilish apparatlari maxsus texnologii aloqa 
sistemasi bor. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy me’morlikka xos bo‘lgan 
mukarnas uslubdan foydalanilgan. Hududi obodon va ko‘kalamzor saroyning 
tevaragi favvoralar va haykallar bilan ziynatlangan.
1.6-rasm. Istiqlol sa’nat saroyi 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling