Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
 
KIRISH 
 
Har bir mamlakatning jahondagi mavqei uning er usti va osti boyliklari bilan 
emas, balki uning madaniyat tarixi bilan belgilanadi. Barcha sivilizatsiya 
tarixiga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘zining madaniy yodgorliklari, shu jumladan 
arxitektura obidalari bilan umuminsoniy manaviyat boyliklariga hissa qo‘shib 
kelmoqda. Bu sohada Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, Ilm-fan va 
Madaniyat bo‘limi (YUNESKO) dunyodagi barcha umuminsoniy qadriyatlarni 
belgilash, tiklash va asrash borasida ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda.. 
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillikka erishgach madaniy 
qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasi 
hukumati barcha bino va inshootlar hamda tarixiy obidalarni avaylab asrash
tiklash va kelajak avlodlarga etkazish masalasini qat’iy qo‘ydi va tegishli 
tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi. 
Qurilish konstruksiyalari – xar qanday bino va sun’iy inshootlarni qurish, 
turar joy binolar, jamoat, sanoat va qishloq xo‘jalk binolari, ko‘priklar, katta 
hajimli imoratlar, quvirlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va 
inshooatni 
qurish 
uchun 
sarflangan 
xarajatlarning 
asosiy 
qismi 
konstruksiyalarga to‘g‘ri keladi.
Нozirgi kunda аmalga oshirilayotgan katta xajmdagi kapital qurilishar, 
qurilish konstruksiyalarining samarali foydalanish darajasini rivojlanishi juda 
tez jadallashuviga turtki bo‘ldi – konstruksiyalarning turlari va ulardan 
tayyorlanadigan hom ashyolar to‘xtovsiz takomillashib bormoqda. Shu boisdan 
ularni hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillashtirilmoqda. 
Qurilishning samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri – uni konstruktiv 
sxemalarini ixchamlashtirish va konstruksiyalarni tiplashtirish asosida iloji 
boricha ko‘proq tayyorgarligini oshirish bo‘lsa, ikkinchisi, bu imoratlarni 
raqobatbardosh,yuqori sifatli, shinam va vazifaviy qulay bo‘lishini 



taьminlashdir. Shu tufayli mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan 
texnologik jarayonlarni qo‘llash bilan bir qatorda qurilish maydonchalarida 
bajariladigan ishlarga keng imkoniyatlar ochib berildi.
Darslikda bino va inshoatlar kategoriyalari, ularga qo‘yilgan talablar, tashqi 
muhitni binoga hamda imorat ichidagi faoliyatni hayot faoliyati muhitga salbiy 
ta’sirlari ifodalangan. Turli ashyolardan tayyorlanadigan fuqaro va sanoat 
binolari konstruksiyalari haqida zarur axborotlar keltirilgan. Yangi bilimlar 
konstruksiyalari optimal va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydigan usullar; fuqaro 
va sanoat binolarini loyihalashda, qurishda va undan foydalanishda sifat 
ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Bino va inshootlar xavfsizligini ta’minlashdan maqsad, kelajak avlodlarga 
etkazishdir. Fuqaro binolari va ularga tegishli konstruksiyalar to‘g‘risida bilim 
berilarkan, talaba albatta erishilgan yutuqlar, qurilgan tarixiy va zamonaviy 
hashamatli bino va inshootlarni ma’lum darajada bilishlari maqsadga 
muvofiqdir. Darslikda bino va inshootlarning toifalanishi, vazifalari hamda 
hususiyatlari haqida tegishli tushunchalar, shu bilan birga binoning konstruktiv 
elimentlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. 
Darslik respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yaratilgan tegishli 
ta’lim andozalari, o‘quv dasturlari, bozor tizimiga va taraqqiyotda erishilgan 
bilim, ilm va amaliyot axborotlari asosida yaratildi. Qo‘llanma bir necha rasm, 
jadval 
va 
tegishli 
usul, 
hamda 
hisoblash 
algoritmlari 
bilan 
mukammallashtirilgan. 
Darslik avvalo texnik o‘quv yurtlaridagi 564010 – Hayot faoliyati 
xavfsizligi bakalavrlar yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun, 
texnologik konstruksiya muxandislari, ilmiy xodim va qurilishda ekologiya 
muammolariga tegishli soha mutaxassislariga nazariy va amaliy masalalarini 
echishda hamda o‘rganishda, bilimlarni mustahkamlashda katta amaliy yordam 
beradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling