Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
6 I BOB. “BINO VA INSHOOTLAR XAVFSIZLIGI” FANINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Respublikamizdagi bino va inshootlarning kelib chiqish tarixi va ularning tahlili Respublikamizda oxirgi 24 yil davomida qurilish sohasida keskin o‘zgarishlar, yangi ko‘rinishdagi zamonaviy binolar, chet ellarda tan olingan hashamatli imoratlar qad ko‘tardi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Nukus va boshqa viloyatlarda saroylar, markazlar, sport komplekslari, mehmonxonalar, qolaversa Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida ulkan sanoat inshootlari qad ko‘tarib halq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatmoqdalar. Respublika poytaxti Toshkent shahrida Interkontinental, Milliy Bank, mehmonxonalar binolari, saroy va sport komplekslari, metro stansiyalari, uzun ko‘priklar qurilish imkonini ko‘rsatib shaharni bezab turmoqda. Toshkent shahri 2000 yildan ortiqroq tarixga ega. Bu davr ichida u oddiy manzilgohdan jahondagi yirik shaharlardan biri O‘zbyokiston Respublikasining poytaxtigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Asrlar davomida shahar o‘zining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu- jadalni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron bo‘lib, qayta qad ko‘tardi. Qadimiy o‘rnidan necha bor siljib, nomi ham bir necha marta o‘zgardi. Toshkent - O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarga imkoniyat tug‘dirgan Buyuk Ipak yo‘li bu shahar orqali o‘tgan edi. Qadimiy Shoshda turli davrlar san’ati va qurilish madaniyatini aks ettiruvchi ko‘plab me’morlik yodgorliklari saqlanib qolgan. Mingo‘rik, Oqtepa, Xonobod va boshqa maskanlarning arxeologik yodgorliklari shaharsozlik bu erda ilk o‘rta asrlardayoq gurkiraganidan dalolat beradi. Arablar fatxidan keyin hozirgi Toshkent hududida shahar hunarmandchilik manzillari: Ko‘kcha, Kallaxona, Tanhoshahar va boshqalar vujudga kelgan. XIII asrda Toshkent ham vahshiy Chingizxonning qo‘shinlari oyog‘i ostida toptaldi. Amir Temur davrida shahar ko‘kragiga shamol tegdi. Uning 7 tuzilmasida ark ajralib turar, shahar bir necha darvozali devor bilan o‘ralgan edi. Shahar miqyosida Xazrati imom Zayniddin Quyi Orifoniy, SHayhontaxur kabi xushsurat yodgorlik majmualari bunyod etildi. Ulardan bir qismi bizgacha saqlangan, XVI asrning ikkinchi yarmida Shahriston chekkasida Ko‘kaldosh madrasasi qad rostlaydi. SHahar daxa deb nomlangan: Shayhontaxur, Ko‘kcha, Sebzor va Beshyog‘och singari qismlardan tarkib topgan. Toshkent XIX asrga qadar qo‘shni mamlakatlar va ko‘chmanchi qabilalarning hujumlariga uchragan, biroq shunga qaramay, u qayta va qayta qaddini rostlayvergan. Toshkentning Eski shahar hududida shahar rivojlanib ravnaq topib, o‘z izlarini qoldirgan. Toshkent shahrining Choshtepa va Yangi shahar hududidagi Mingo‘rik-Afrosiyob arxeologik yodgorliklari bo‘lgan. SHaharning keyingi, uchinchi davri Binkat (Beruniy bo‘yicha turkiylar “Toshkent” deb atalgan shahar) bilan bog‘liq. Ko‘pchilik olimlar (V.Bartold, M.Masson, YA.G‘ulomov va boshqalar) fikriga ko‘ra, Binkatning markaziy qismi Eski Jo‘va, Xadra, Chorsu oralig‘ida joylashgan. Ark (“Ko‘hna diz” ham deyilgan, Eski Jo‘va tepaligida) Kalkovuzdan chiqqan Jangob va Registon ariqlari (60-yillarda ko‘milib ketgan) oralig‘i uchburchak shaklidagi joyni egallagan edi deb, faraz qilinadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling