Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Amir Temur muzeyi. Amir Temur 1336 yil 9 aprelda tug‘ilgan bo‘lib, 
buyuk shaxs, ko’ragi erga tegmagan ulug‘ sarkarda, yirik davlat arbobi, 
qonunshunos notiq el yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan buyuk 
insondir. Toshkentda 1996 yili Amir Temur bobomizning 660- yilligiga 
bag‘ishlab, ulkan muzey barpo etildi. Bu muzey Amir Temur hiyoboni yonida 
joylashgan shahrimiz go‘zalligini yanada oshiradi, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib 
turibdi. Bu «Temuriylar tarixi davlat muzeyi»da O‘zbyokiston tarixiga oid 
ko‘plab eksponatlar jamlangan.
1.11-rasm. Amir Temur muzeyi 
Hamid Olimjon metro stansiyasi. «Hamid Olimjon» metro stansiyasi 
Pushkin va Abduxamid Kayumov ko‘chalari kesishgan joyda 1980 yil 18 
avgustda ochilgan (arx: YA.Mansurov, B.Rusanov, A.Tabibov, X.Ubaydullaev). 


14 
Stansiya zali sahnasida oq marmar va rangbarang shisha sopolaklardan 
haykaltaroshlikka xos ishlangan to‘qqizta ustunsimon chiroqlar o‘rnatilgan. 
1.12-rasm. Hamid Olimjon metro stansiyasi 
 
1.2. Bino va inshootlar xaqidagi umumiy tushunchalar 
Fuquro va sanoat binolari va inshootlari ko‘rinishlari, fazoviy ko‘rsatkichlari 
vazifalari va ularga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ma’lum ta’rif va 
tushunchalarga ega. Qo‘yida shu masalani soda va tushunarli ko‘rinishda 
ifodalash uchun tegishli ta’riflar va tushunchalar keltirilgan. 
Bino – kishilarning biror ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan
ichki fazoga –bo‘shliqqa ega bo‘lgan er usti inshootidir. 
Inshoot –jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish 
uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar majmuidir. 
Muxandislik inshootlari – amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan
binolarga aloqasi bo‘lmagan inshootlardir. Bularga; to‘g‘onlar, ko‘priklar, 
televizion minora, tunellar, metropoliten, turli mahsulotlarni saqlaydigan katta 
hajmdagi idishlar va boshqalar. 
Binolar tuzilishiga ko‘ra quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin: 
1. Hajmiy elementlar, ya’ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar, 
sanitariya kabinalari va hq); 
2. Konstuktiv elementlar, ya’ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar 
(poydevorlar, devorlar, to‘sinlar, qavatlar aro yopmalar, tomlar va boshqalar.); 


15 
3. Qurilish ashyolari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan 
kichik qismlar (g‘isht, beton,oyna, po‘lat, armatura va boshqalar). 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling