Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hazrati Imom majmuasi.
Ko‘kaldosh madrasasi. Toshkentning markazidagi Chorsu maydonida
joylashgan bo‘lib, 1551-1575 yillarda Toshkent hokimi Ko‘kaldosh tomonidan qurdirilgan. Madrasaning umumiy o‘lchami 62,7x 44,9 metr bo‘lib, bosh tarzi janubga qaratib qurilgan, burchaklari guldastali. Ulkan peshtoqlari naqshlar bilan bezatilgan. Madrasa dastlab uch qavatdan iborat bo‘lgan. 1830-1831 yillarda ikkinchi qavati buzilib, g‘ishtlari Beklarbegi madrasasi uchun ishlatilgan. Madrasaning ikki yonida ikki qavatli xonalar tartib bilan joylashtirilgan. Madrasa darvozaxonasining chap tomonida darsxona, o‘ng tomonida masjid joylashgan. Masjid va darsxonalarning tomi o‘zgacha kesishgan ravoqlar ustiga o‘rnitilgan gumbazlardan iborat. Darsxona va masjidning poydevor va devorlari pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, madrasani bezashda, asosan me’morlar madrasaning old tomoniga e’tibor berganlar. 8 Madrasasining balandligi 19,73 metrni tashkil qiladi. Ko‘kaldosh madrasasi XVIII asr boshlarida qarovsiz holga kelib, karvonsaroy sifatida ham foydalanilgan. Madrasa 1886-1946 yillarda zilzilalar oqibatida vayron bo‘lgan bir necha bor ta’mirlanishi natijasida madrasaning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib ketgan edi. 1.1-rasm. Ko‘kaldosh madrasasi Mustaqillik yillarida ko‘plab tarixiy obidalar singari. Ko‘kaldosh madrasasida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. 1998-yilda malakali mutaxassislar tomonidan madrasa binosining mustahkamlilini va ustunvorligini hamda binoning ichki va tashqi ko‘rinishini ta’mirlash chora- tadbirlari olib borildi. Hazrati Imom majmuasi. Toshkent shahridagi mashhur me’moriy yodgorliklardan biridir. Ushbu majmua XVI — XX asrlarda Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil al – Qaffoshiy qabri atrofida shakllangan. XV asr oxiri XVI asr boshlarida barpo etilgan Baroqxon madrasasi ham ushbu majmuaning tarkibiga kirib, u bu erda mavjud bo‘lgan ikki maqbara ustiga qurilgan. Katta maqbarada Toshkent hokimlaridan bo‘lgan Suyunchxo‘jahon, kichik maqbarada esa Baroqxon qabrlari joylashgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoq rang — barang g‘ishtchalar bilan qoplangan. Madrasaning 22 metrli gumbazi 1868 yildagi zilzila oqibatida zarar ko‘rgan. 40 - 60 yillarda madrasa bir necha marta ta’mirlangan. Madrasa bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. 1579 yilda Abdullaxon mablag‘iga SHayx Boboxoji maqbarasi qurilgan. Bu qo‘sh uslubidagi maqbara bugunga qadar saqlanmagan. 9 1845-1867 yillarda Namozgoh masjidi, 1856-1857 yillarda esa Mo‘yimuborak madrasasi Jome’ masjidi, Tillashayx masjidi qurilgan. Majmuaga kiruvchi ayrim binolar qurilishi XX asr boshlariga qadar davom etgan. Majmua tarkibidagi Tillashayx masjidi XX asr boshlarida qayta qurilgan. Hazrati Imom majmuasi sovet davrida mutlaqo qarovsiz qolib, undagi barcha masjidlar yopib qo‘yilib madrasa faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi. Faqat mustaqilligimizdan so‘nggina ushbu majmua tom ma’noda o‘z obro‘ mavqeyini qayta tikladi. 1.2-rasm. Hazrati Imom majmuasi Majmua mamlakatimiz prizidenti I.Karimov tashabbusi va rahbarligida 2007-yili qayta qurilib, o‘zining yangi muhtasham ko‘rinishiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng. poytaxtimiz madaniy qurilishi sohasida salmoqli o‘zgarishlar yuz berdi. Masalan, Tennis korti, «Jar» sport markazi, «Interkontinentalь» mehmonxonasi, Oliy Majlis singari bir necha sport va jamoat inshootlari bunyod etildi. Poytaxtning nufuzi yildan-yilga o‘sib bormoqda. O‘zbekistonning barcha shaharlariga jur’at va sur’at baxsht etayotgan Toshkentning o‘zi ham kattalashib bormoqda. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling