Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Qurilish ashyolarining yonuvchanligi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

9.2. Qurilish ashyolarining yonuvchanligi 
Bino va inshootlarning yong’in xavfsizligi odatda ularning o’tga chidamlilik 
darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa o’z navbatida ularda ishlatilgan qurilma va 


 220 
ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog’liq bo’ladi. Qurilish 
ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho’g’lanib yonish 
natijasida parchalanishi ularni yonuvchanligini bildiradi.
KMK 2.01.02-85 raqamli yong’in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyolari 
yonuvchanlik xususiyatlari bo’yicha uchta guruhga bo’lingan: yonmaydigan, 
qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.
Yonmaydigan 
guruhlarga, 
alanga 
yoki 
yuqori 
harorat 
ta’sirida
yonmaydigan va ko’mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan bularga 
tosh, beton, temirbeton, gips, alibastr kabilar misol bo’laoladi. Bunday 
ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi. 
Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar 
aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko’proq 
organiq birikmalari bo’lgan asfaltbeton va gipsli beton qurilmalar va hajm 
og’irligi 900 kg/m
3
dan oshmagan somonliloy qorishmalari, antipiren suyuqligi 
bilan chuqur shimdirilgan yog’och qurilmalar va shuningdek fibrolit hamda 
polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolarning ishtirokida yaratilgan qurilmalar, 
qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan. 
Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbaining ta’siridan yonadigan va 
manba yuqolgandan keyin ham cho’g’lanib yonishi davom etadigan, ya’ni 
yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, 
organiq ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofizalanmagan 
yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi. 
Qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlarini tajriba usuli orqali 
aniqlash mumkin. Buning uchun 9.1 chizmada ifodalangan «olovli quvur» 
uskunasidan foydalanish mumkin.


 221 
Ashyolarni sinash uchun mo’ljallangan bu uskuna uzunligi 165 mm, 
diametri 50 mm bo’lgan metal quvur (1) dan iborat bo’lib, u shtativ 2-ga 
o’rnatilgan. SHtativning pastki qismida, sinalayotgan namuna 3 ning yonish 
jarayonini kuzatish uchun xizmat qiladigan maxsus oyna 4 o’rnatilgan. 
Uskunanig tepa qismida maxsus tutg’ich 5 yordamida shablon quvurni ichida tik 
holatda o’rnatilgan bo’lishi kerak. YOnishni ta’minlash uchun shablonning 
ostida, bitta o’qda gaz yondirgich manba 6 o’rnatilgan. Namuna odatda 
150x10x10mm o’lchamlarda tayyorlanadi. Namunani olovli quvurga shunday 
o’rnatilishi lozimki, u quvurdan 5mm chiqib tursin.
Namuna o’rnatilgandan keyin 1 min davomida isitiladi, undan keyin 10 min 
davomida olov ta’sirida sinov o’tkaziladi. 
9.2-rasm. Shaxta pechi. 
1-tutun so’rg’ich zont; 2-mo’rikon; 3-harorat o’lchagich; 
91-rasm. Qаттиq jismlarni yonuvchanligini aniqlash.
«Оlovli quvur» uskunasi. 


 222 
4- namunani ushlab turgich; 5- sinalayotgan namuna; 6-pech devori; 7- gaz yondirgich; 8- 
shamol beruvchi uskuna.
Bu uskunada ashyolarni sinalayotganda olovni o’chirgandan keyin ham 1 
min davomida namuna yonib tursa va o’zini 20% hajmini yuuqotsa, bunday 
ashyolayonuvchilar guruhiga kiradi. Tajribada aniqlanishicha yuqotilgan hajmi 
20% dan kam bo’lgan va o’zi mustaqil yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan 
namunalarni kalorimetrlarda yoki shaxtali pechlarda sinaladi.
Qiyin yonuvchi ashyolarni guruhini shaxta pechi yordamida aniqlash 
usulining mohiyati 10 min davomida 88 mDj/soat issiqlik beruvchi olovni 
ta’sirida ularda sodir bo’ladigan o’zgarishni aniqlashdan iboratdir. Harbir tajriba 
uchun 3 tadan shablon tayyorlanadi. Harqaysi namuna o’lchamlari 1000x190x50 
mm ga teng bo’lgan 4 ta taxtachalarning quvur shaklida bog’langan holda 
chizma 6 da ko’rsatilgani kabi shaxta pechiga o’rnatiladi. SHaxta pechining 
o’lchamlari odatda 2700x800x800 mm bo’ladi. Uning quyi qismida minutiga 10 
m
3
hajmda havoni haydab beraoladigan shamollatgich o’rnatilgan, tepa qismida 
esa havoso’rg’ichli mo’rikon o’rnatilgandir. SHaxta ichidagi haroratni 
o’lchamoq uchun 6 ta va mo’rikonda 2 ta issiqlik o’lchagich termoparalar 
o’rnatilgan bo’ladi. Tajriba boshlangandan 1 min o’tishi bilan olov yoqiladi va 
10 min davomida sinov o’tkaziladi. Olov o’chirilgandan so’ng namunaning 
yonishi tugagunga qadar shamollatgich uskunalar ishlab turishi lozim. Tajriba 
jarayonida har 2 minutda barcha issiqlik o’lchagich termoparalarning ko’rsatgan 
miqdorlari aiqlanib yozib boriladi va namunalarning mustaqil yonish vaqti 
aniqlanadi. Tajriba tugagandan keyin namuna olinib uning buzilmagan 
qismining o’lchamlari o’lchanadi va qoldiq og’irligi aniqlanadi va jad.3 dagi 
qiymatlar bilan taqqoslanadi. 
9.1-Jadval 
O’lchanayotgan o’lchamlar 
O’rtacha qiymat 
Eng katta qiymat 
Mo’rikondagi havo harorati, grad; 
Mustaqil yonish vaqti, se; 
Uzunligining qisqarganligi, % ; 
Vaznining kamayganligi, % 
235 
30 
85 
80 
250 
60 
90 
85 


 223 
Agar tajriba yakunida olingan qiymatlar ushbu jadvaldagi raqamlarga mos 
kelsa, bunday ashyolardan tayyorlangan qurilmalar qiyin yonuvchilar guruhiga 
kiradi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling