Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Termitlarning yog‘och konstruksiyalariga ta’siri


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
8.2. Termitlarning yog‘och konstruksiyalariga ta’siri
Termitlar asosan inshoot va binolarning yog‘och qismlariga katta zarar 
etkazadi. Ular taxta pollarni va pol tagidagi to‘sinlarni, eshik va derazalarning 
romlarini, shipga yotqizilgan yog‘och materiallarni va tom taxta-yog‘ochlarini 
kemirib tamomila yaroqsiz holatga keltiradilar. Natijada uylarning yog‘och 


 216 
qismlari bo‘shashib qoladi, pollar cho‘kadi va sinib tushadi, eshik va 
derazalarning romlari ajralib ketadi, shiplar qiyshayib, qulaydi. Termitlar 
zararlagan uy yashash uchun havfli bo‘lib, vayron bo‘lishiga olib keladi. 
Termitlar tabiatda qurugan o‘simlik, ingichka shohlar, ayrim hollarda quruq 
va yirik yog‘ochlarni (tanasini) oziqa sifatida iste’mol qiladilar. Ma’lumki, ular 
yumshoq yog‘ochlarni hush ko‘rib oziqlanadilar, jigarrang chirishning termitlar 
rivojlanishiga ijobiy ta’siri katta hisoblanadi. YUqorida qayd etilganlardan 
tashqari uning termitlarga attraktiv ta’siri, bunday yog‘och sog‘lom va oq 
rangdagi chirishga nisbatan yumshoqdir. CHirish jarayonida yog‘ochning 
kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi, Natijada uning suvda eruvchi fraksiyalari 
tarkibidagi mineral moddalar ortadi, sirka, chumoli, yantar va sut kislotalar hosil 
bo‘ladi. YOg‘ochning chirish jarayonida metoksil guruhi va uran kislotasi 
miqdori ortadi, azotli birikmalar ko‘payadi,ssellyulozalar bilan lignin 
malekulalari orasidagi bog‘lar zaiflashadi
Markaziy Osiyo Respublikalarida turkiston termiti aholi xonadonlari va 
sanoat qurilmalarini jiddiy zararlaydi. Ko‘pincha poydevorsiz, loyli 
qorishmalardan devori qurilgan uylar jiddiy shikastlanadi. SHu bilan birga 
termitlar pishgan g‘ishtdan qurilgan uylarga ham devor tirqishlari yoki yog‘och 
qurilmalar orqali kirib keladi. 
Tabiatda ko‘pgina termitlar sog‘lom yog‘och bilan oziqlanadi. Termitlar 
ozuqa sifatida yog‘och materiallar, somon va undan tayyorlangan mahsulotlar, 
qog‘oz, turli hil paxta (ipak), kanop tolasidan tayyorlangan materiallar, quruq 
meva, non, teri mahsulotlari hamda rezina, plastmassa, lak-bo‘yoq kabelьlarini 
ham iste’mol qiladi. Materiallar, buyum yoki o‘simliklarni zararlashdan oldin 
termit ularni tashqi tomondan tuproq bilan yopishtirib (loy suvoq) chiqib, tashqi 
muhit omillaridan himoya qiladi. Umuman olganda barcha termitlar, odatda 
faqat o‘simlik dunyosidan hosil bo‘lgan har-hil yog‘och mahsulotlari bilan 
oziqlanadi. 
YOg‘och-taxtalarni termitlar va zamburug‘lar zararidan himoyalashda 
xromli preparatlar sinab ko‘rilgan. YOg‘och-taxta namunalarini namlanishdan 


 217 
saqlovchi eng samarali lak-bo‘yoq qoplamasi va XMB-444 antiseptikning 
yog‘och-taxta va fanerlar qoplamasi adgeziyasiga ta’sirini aniqlash ustida ham 
tadqiqotlar amalga oshirilgan.
YOg‘och materiallarini termitlardan himoyalashda chet el tajribalariga 
keladigan bo‘lsak, bu bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan. O‘tgan asrda 
termitlarga qarshi ko’rashning bir qancha samarali va tezkor ishlari amalga 
oshirilib, ko‘plab mamlakatlarda katta tajriba otirilgan va mutahassislar hozirda 
bu tajribalarga tayangan holda kuchli ta’sir etuvchi preparatlar va termitlar 
emirishga chidamli materillardan qo‘llashmoqda. 
Termitlar tomonidan chirigan yog‘ochni istemol qilinishi umumiy 
koefitsentni oshirib, termit zotlarini sonini ortiradi va qo‘shimcha jamoalarni 
hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari termitlar uchun ayniqsa daraxtlarni 
zararlovchi zamburug‘lar muhimdir. Oq (korroziyalangan) va jigarrang 
(destruktiv) chirigan daraxtlar farqlanadi. Destruktiv chirishda hujayra devori, 
uning tarkibiga kiruvchissellyulozalar va pentozalar zararlanadi, ammo 
yog‘ochning lignin moddasi deyarli zararlanmaydi. Korroziya tipidagi chirishda 
lignin va daraxtning uglevodli kompanentli qismlari parchalanadi
Butun dunyo miqyosida zararkunanda termitlarga qarshi va ulardan 
yog‘och-taxtalarni himoya qilish maqsadida mineral antiseptik vositalar, 
neftenatlar va xromatlarning ta’sir etish xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot ishlari 
olib borilgan  

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling