Bino va inshootlarning texnik ekpluatasiyasi Mavzu: Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlash
Download 0.94 Mb.
|
Idiyeva Adiba mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr zanjiridagi uzilish
Bino va inshootlarning texnik ekpluatasiyasiMavzu: Devor konstruksiyalarini namlanishdan saqlashKonstruksiyalarni grunt suvlaridan himoyalash murakkabroq tadbir hisoblanadi. G’isht devorlarni quritishning samaradorligi ko’proq gidroizolyatsiyaning ko’z bilan aniqlash joyidan uzoqroq bo’lgan shikastlangan joyini aniqlashga va haqiqiy ish hajmini topishning aniqliligiga bog’liq. Devor va vaznli balkalarda gidroizolyatsiyaning mavjudligi va sifatini aniqlash uchun yo’d qurilishlarda yopmalarning ayrim qatlamlari namligini aniqlashda keng qo’llaniladigan elektr usuli tavsiya etiladi.
Uning mohiyati konstruksiyaning ayrim uchastkalari orasidagi elektr tokini o’lchashdan iborat. Buning uchun gidroizolyatsiya bo’lishi lozim mintaqaning ikki tarafida 20-30 sm oralig’ida teshik ochiladi. Bu teshiklarga termaning elektro’tkazuvchanligini oshiruvchi tuzlarning suvdagi eritmasi shimdirilgan paxta o’ralgan elektrodlar o’rnatiladi. Ularni eletkr toki manbaiga va qayd etuvchi asbob – milliometrga ulanadi.
Elektr zanjiridagi uzilish:
Bir martali namlanish – tabiiy yo’l bilan yoki kuchli qizdirish va shamollatish orqali bartaraf etish mumkin bo’lgan jala yoki tomqoplama shikstlanishidan kelib chiqadi. Jadallik bilan quritish uchun issiqlik, olovlik va elektr qurilmalari, hamda xlorli kalsiydan foydalaniladi. Quritishning muddati havo haroratiga bog’liq. Doimiy namlanish holatida, masalan grunt suvlari bilan, na issiqlik va na bo’lak quritish usullari, ijobiy natija bermaydi. Bunday holda avval konstruksiya atrofini quritish, namlik kelayotgan manbani yo’qotish, so’ngra quritishni amalga oshirish mumkin. Tabiiy quritish konstruksiyaning qalinligiga, qurilish joylashgan hududning iqlimiy sharoitiga, isitish va shamollatish darajasining jadalligiga bog’liq. Bu ma’lumotlarga ko’ra namligi 12% bo’lgan ikki g’isht qalinlikka ega bo’lgan devor 728 so’mga tabiiy qurish mobaynida 2% namlikka ega bo’ladi. Tabiiy quritishga moyillik yomonroq bo’lgna joylarda sun’iy quritishga o’tiladi; devorga elektrodlar o’rnatiladi yoki idishlarga solingan qizdirilgan xlorli kalsiy joylanadi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling