Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Mahalliy usulda qurilgan sinchli va paxsa devorli binolar
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
6.8. Mahalliy usulda qurilgan sinchli va paxsa devorli binolar Tarix manbalarda berilishicha soztuproq asosida tayyorlangan qurilish materiallari va buyumlari insoniyat boshpana qura boshlagan davrdan (eramizdan 8000 yil avval) ishlatib kelingan. Soztuproqni suv bilan ishlab, obdon pishitib, tarkibiga suv yuqtirmaydigan turli tabiiy qo‘shimchalar qo‘shib material xossalarini yaxshilashni ota- bobolarimiz yaxshi bilishgan. Xom loydan tayyorlangan bino va inshootlar, hattoki harbiy istehkomlarssivilizatsiyasi qadimdan rivojlangan mamlakatlarda hozirgi kunda ham umuminsoniy qadriyatlar sifatida saqlangan. Soztuproqdan material va buyumlar tayyorlashda uning mineralogik tarkibi, dispersligi, tozaligi katta rolь o‘ynagan va zarurat bo‘lganda tuproq suv bilan yaxshilab yuvilgan. Buyum tayyorlashda xom loy bir necha kun davomida obdon tepkilab pishitilgan va tindirilgan. Xom loyni mayinlashtirish (plastifikatsiyalash) va keyinchalik suv yuqtirmasligini (gidrofoblash) oshirish uchun sut zardoblari, toshko‘mir, yog‘och qatronlari eritmalari, dispers armatura vazifasini bajaruvchi qo‘y, echki, tuya, lama va shu qatori hayvonot olami junlari, ularning chiqindilari(shoxi, teri pardasi, tuyog‘i) qaynatmalari (elimlar), tabiiy tolasimon chiqindilar (kanop, paxta, guruch chiqindilari), shu jumladan qamish keng miqiyosda ishlatilgan. Aynan xom loy tarkibini to‘g‘ri tanlash, tozalash, modifikatsiyalash, texnologik jarayonlarga rioya qilish ulardan tayyorlangan bino va inshootlarni tashqi tabiiy omillar, zilzilalarga bardosh berib, hozirgi kungacha etib kelishiga sababdir. Hozirgi kunda xom loy asosidagi bino va inshootlarni tiklash, konservatsiyalash, ularni texnogen ta’sirlardan asrash dolzarb masala hisoblanadi. Dunyo tarixiy yodgorliklar monitoringi tabiriga, arxitektura obidalarining yarmidan ko‘pi sopol material va buyumlardan qurilgan ekan. 211 Bino va inshootlar qurilishida sopol materiallar devorbop, polbop, tombop, poydevorga mo‘ljallangan va bezak ishlari uchun tayyorlangan turli o‘lchamdagi gulli, sirlangan va sirlanmagan plitalar, terrakotalar turlariga bo‘lingan. Inshootlar uchun buyumlar va qismlar o‘lchamlari, mustahkamligi bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan. Ma’lumki, qadimda shahar maqomiga ega bo‘lgan yashash xududlari markazlashgan suv va kanalizatsiya ta’minotiga ega bo‘lgan. Bu tizimlarni barpo qilishda asosan sirlangan sopoldan tayyorlangan quvurlar, naylar va suv ko‘tarmalari, quduqlar qurilishida esa, yirik sopol g‘isht bloklari ishlatilgan. O‘zbyokiston Respublikasi hududidagi arxitektura yodgorliklari qurilishida ishlatilgan devorbop sopol g‘ishtlarning fizik-mexaniqaviy, deformatsion xossalari taxlili shuni ko‘rsatadiki, ular obdon tozalab yuvilgan soztuproqdan mukammal texnologiyalarga rioya qilinib juda sifatli qilib pishirilgan. Xom loy bir necha kun davomida bir joydan ikkinchi joyga bo‘lak-bo‘lak qilib urib, ko‘chirilib pishitilgan. Pishgan loy tindirilgan, qoliplangan, salqinda quritilgan, 1150-1250 0 S haroratda bir maromda pishirilgan va syokin sovutilgan. G‘ishtning sifatiga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, maxsus ustolar tomonidan har bir mahsulot ko‘zdan kechirilgan va qo‘ldan o‘tkazilgan. Bunda g‘ishtning rangiga, geometrik shakliga, jarangdorligiga katta ahamiyat berilgan. Bundan tashqari suv shimuvchanligi, sovuqqa chidamliligi o‘ziga xos usullar bilan sinab ko‘rilgan. Darz ketgan, cheti uchgan, egilgan, qabarig‘i yoki botig‘i ko‘p g‘ishtlar obidalar qurilishida ishlatilmagan. Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilgan tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi. Bu materialdan asosan o‘rmonsiz, quruq iqlimli va yozi uzoq bo‘lgan rayonlar (O‘rta Osiyo, SHimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina)da uylar quriladi. Tuproq materiallaridan devorlar quyma (maxsus qoliplar yordamida) yoki oldindan tayyorlangan yig‘ma tuproq bloklardan ko‘tariladi. Bunday devorlarga to‘ldiruvchisiz toza loydan quyilgan xom g‘ishtlardan, somonli loydan tayyorlangan xom g‘ishtlardan ko‘tarilgan devorlar misol bo‘ladi. Bunday 212 devorlarni suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki qatron qo‘shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan so‘ng 5% gacha, quyma devorlarda 18% gacha hajmi kichrayishini nazarda tutish kerak. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling