Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Tuproq betondan (paxsadan)_devor qurish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Tuproq betondan (paxsadan)_devor qurish. Qadimdan ota-bobolarimiz 
tuproq-loydan pishiq va mustahkam devorlar qurib kelgan. SHu kunlarda ham 
bunday devorlardan uy qurish o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Paxsa uchun O‘zbyokiston rayonlarida asosan toza soz tuproq ishlatiladi. 
Paxsa uchun loy tayyorlashda avval, er yumshatilib, so‘ng suv quyib tuproq 
ivitiladi. 2-3 kun loy tindiriladi, so‘ngra bir necha marta ag‘darilib, loy 
sozlanadi. Nihoyat
tayyor bo‘lgan loyni pishitib, poydevor ustiga bo‘lak-bo‘lak 
qilib, yotqiza boshlanadi. Ma’lum balandlikka ko‘tarilgandan so‘ng paxsa 
devorlarining tashqari va ichkarilari tomonlari belko’rak yordamida 
tyokislanadi. Albatta, poydevor va devor orasida suvdan saqlaydigan qatlam 
bo‘lishi shart. 
Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm 
bo‘lgani ma’qul. Tuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli, ya’ni 
umrboqiy bo‘lmaydi. SHu ko‘rsatkichni ko‘tarish uchun turli tadbirlar (kuydirib 
pishirish, turli materiallar bilan armatura vazifasini bajarish kabi) joriy qilingap. 
Paxsani yomg‘irdan saqlash maqsadida somonli loy bilan suvaladi 
 
Nazorat savollar
1. Qanday konstruksiyalar mahalliy ashyolardan tayyorlanadi? 
2. Xom g‘isht, paxsa va guvalalardan qilingan konstruksiyalarning 
afzalliklari. 
3. G‘ishtlardan tayyorlangan konstruksiyalarning ustunlik va kamchiliklari. 
4. YOg‘och sinchdan qilingan konstruksiyalar hususiyatlari.
5. Noyob imorat va inshootlar tahlili.
 
 


 213 
VIII BOB. TERMITLAR 
Termitlarning ijtimoiy hayoti chumolilar va asalaridan birmuncha ilgari, 
ya’ni bundan 2 mln. yil muqaddam boshlangan. Ular erda, nafaqat odamzot va 
boshqa sutemizuvchilar, ko‘pchilik gulli o‘simliklar ham bo‘lmagan davrda juda 
qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Faqat ignabargli daraxtlar – termitlar 
olamining uzoq tarixiy rivojlanishining tilsiz guvohlari, ya’ni boshqa turdagi 
o‘simlik va darahtlarni termitlar tomonidan kemirilgani bir qator adabiy 
ma’lumotlarda o‘z tasdiqini topgan
Termitlarning fanda 2800 turi aniqlangan bo‘lib, ulardan 120 turi 
zararkunanda sifatida qayd qilingan. Dunyoda inson qo‘li bilan yaratilgan 
ko‘plab inshoot va buyumlarga termitlarchalik qat’iy va tartibli ravishda zarar 
etkazuvchi biror bir hasharot yo‘q. YA’ni termitlar turar joylar, tarixiy 
yodgorliklar, sanoat, gidrotexnik va boshqa bino hamda inshootlarning devorlari 
oralig‘i, deraza va eshik romlari, shift bostirmalari, tom qalin tuprog‘i oralig‘i va 
pollar ostida yirik o‘ziga xos uya qurib, yog‘och va boshqa o‘simlik 
mahsulotlari bilan faol oziqlanib katta talofat keltirmoqda
Bundan tashqari termitlar temir yo‘l shpallari telegraf simyog‘ochlariga 
jiddiy zarar keltirib, ular qog‘oz karton, mato, namat, jun va boshqa umuman 
olganda 70 turdagi materiallar bilan ham oziqlanadilar
MDH mamlakatlari hududlarida 7 turdagi termitlar qayd qilingan bo‘lib, 
shulardan O‘zbyokistonda turkiston termiti va katta Kaspiy orti termiti keng 
tarqalgan. Keyingi yillarda termitlarning shahar va qishloq tumanlari bino va 
inshootlariga hujumi keskin tus olib, Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbyokistonda 
xavfli vaziyatni vujudga keltirmoqda
Umuman termitlar faoliyatidan keladigan iqtisodiy zarar nihoyatda yuqori 
hisoblanganligi tufayli, ulardan materiallarni, jumladan yog‘ochga aloqador 
materiallarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHularni hisobga olgan 
holda respublikamizda qurilish materiallari sifatida foydalaniladigan yog‘och 


 214 
turlarini turkiston termitiga qarshi barqarorligini o‘rnatish va zararkunandaga 
qarshi ularning barqarorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling