Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Termitlarning yog‘och konstruksiyalaridagi yashash tarzi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
8.1. Termitlarning yog‘och konstruksiyalaridagi yashash tarzi Termitlar asosan tabiiy muhit sharoitida hayot kechiradi. Daraxtsimon va butasimon o‘simliklar uchun termit ikkilamchi darajali zararkunandalar bo‘lib, yong‘in, to‘fon, zamburug‘lar va boshqa hasharotlar shikastlagan o‘simliklarda ham uchraydi. Ammo termitlarning ayrim hollardagi zararli faoliyati nihoyatda kuchayib ketib, ulardan ayniqsa yosh nihollar va keksa darahtlar kuchli darajada shikastlanadi. Termitlarning ko‘pchilik turlari asosan yog‘och-taxta bilan oziqlanadi. Bu hasharotlar yog‘och qurilmalarini zararlab juda katta talafot keltiradi, ayniqsa tropik va subtropik mamlakatlarda bu jarayon anchagina murakkab tus olgan. Termitlar bilan yog‘ochning hamma turlari ham bir xil zararlanmaydi. Ko‘pgina tadqiqotchilar termitlarga barqaror yog‘och turlarini izlash yuzasidan izlanishlar olib borganlar, ammo termitlarning Respublikamizga oid yog‘och turlariga bog‘liq bo‘lgan zararlanishi deyarli o‘rganilmagan. SHularni hisobga olgan holda har xil turdagi yog‘och namunalari termitlarga oziqa sifatida berilib, ularning zararlanish darajalari aniqlash maqsadida O‘zbyokiston Respublikasi “Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmonchilik” ilmiy ishlab chiqarish markazi tomonidan ajratilgan 31 turdagi o‘simlik turlarini laboratoriya va tabiiy sharoitlarida termitlarga oziqa sifatida berilib, ularning zararlanish darajalari o‘rganildi. Termitlar turar joylar, tarixiy inshootlar, ma’muriy binolar, sanoat qurilmalari, elektr kuchlanish stansiyalari, temir yo‘l yog‘och shpallari, telegraf simyog‘och ustunlari va boshqa yog‘och konstruksiyalariga bevosita zarar etkazmoqda. Umuman termitlar faoliyatidan keladigan iqtisodiy zarar nihoyatda yuqori hisoblanganligi tufayli, ulardan materiallarni, jumladan yog‘ochga aloqador materiallarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Termitlar yog‘och materiallarini tashqi devorlariga tegmaydi, uning ustidan loy-suvoq 215 qilib yorug‘lik va tashqi muhit omillaridan himoyalanadi, yog‘och va daraxtlarning ichki qismini to‘liq kemirib vayron qiladi. Bu esa zararkunandaning faoliyatini payqashni qiyinlashtiradi natijada yog‘och- taxtaning asosiy qismlarining zararlanganligini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi, ya’ni termitlarning bunday yashirin faoliyati binolarning yaroqsiz holga kelishiga sabab bo‘ladi. Respublikamiz xududida esa turkiston termiti keng tarqalgan. Turkiston termiti Markaziy Osiyoda odatdagi tur bo‘lib, yaxshi aeratsiyalanadigan sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan gipsli tyokislik va tog‘oldi, sog‘ tuproqli hududlarda tarqalgan bo‘lib, qoidaga binoan taqir, sho‘rlangan qumli tuproqlarda uchramaydi. To‘liq rivojlangan, oila barcha tabaqasi bo‘lgan bir necha o‘n ming termit zotlaridan iborat. Qish va bahor fasllarida Turkiston termiti oilasi shohona juftlar (“Malika” va “SHoh”) ko‘pdan - ko‘p ishchilar, navkarlar, ko‘pgina nimfa, qanotli imago va katta yoshdagi lichinkalardan tarkib topadi. Qishda tuxum va birinchi yoshdagi lichinkalar bo‘lmaydi, chunki yilning sovuq davrida tuxum qo‘yish to‘xtaydi. Termitlar tabiatda o‘simlik qoldiqlarining parchalanishi, tuproq organiq qismining shakllanishi kabi bir qator jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega bo‘lsada, zararkunanda sifatida katta iqtisodiy zarar etkazadi Termitlarning xayot kechirishi ular keltiradigan iktisodiy zarari bilan bog’liqdir. Bu esa uz navbatida qurilmalarni termitlar bilan zararlanishini oldini olish maksadida ularga qarshi ko’rashning aniq usullarini, shu jumladan tulik samarali kompleks tadbirlarning, ayniksa yogoch materiallarini kimyoviy antiseptiklar bilan singdirib kullanilishi kabi chora tadbirlarni ishlab chikishni takoza etadi. Download 7.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling