Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi
Konstruksion materiallar va metallar korroziyasi
Download 7.26 Mb. Pdf ko'rish
|
MUXUM ARXITEKTURAGA
5.10.Konstruksion materiallar va metallar korroziyasi
Kishilar ehtiyoji uchun metallarni kirib kelishi va metallurgiya sanoatini rivojlanishi bilan metallarni emirilish sabablari ustida ko‘proq o‘ylashga to‘g‘ri keldi Metallar korroziyasi va metallarni korroziyadan ximoya kilish to‘g‘risidagi ta’limotga asos solgan olim M.V.Lomonosovdir. Lomonosov XVIII asrning urtalarida kislotalarning metallarga ta’sirini tekshirar ekan, metallarning korroziyalanish xodisasi tuzlarning suvda erish xodisasidan katta fark kilishini aniqladi, metallarning passiv xolatini kashf etdi va ularning oksidlanishida bo’ladigan xodisalarning moxiyatini birinchi bo‘lib tushintirdi. SHveytsariya- lik fizik-kimyogar Artur de lya Riv 1830 yilda toza ruxning va metall kushimchalari bilan ifloslangan ruxning kislotada erishiga oid tajribalar asosida mikrogal’vaniq elementlar to‘g‘risidagi gipotezani ilgari surdi,bu gipotezaga ko’ra kislotaga tushirilgan metall sirtida mikroskopik gal’vaniq juftlar xosil bo’lishi xisobiga metall koroziyalanadi, bunda metallning uzi anod vazifasini, kushimchalarning zarrachalari esa katod vazifasini bajaradi. Metallarningtashqimuxit bilan uzaro fizika-kimyoviy ta’siri oqibatida emirilishi metallar korroziyasi deyiladi. Korroziya atamasi lotincha sorrodere suzidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi emirmoq demakdir. Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexaniqaviy xossalari pasayib ketadi. Korroziya xodisasi mexanizmlarning ishkalanuvchi qismlari orasidagi ishkalanishni kuchaytiradi, jixozlarning metall qismlarining elektrik xossalarini pasaytiradi. Metallarning korroziyalanishi katta zarar keltiradi. Keltirilgan zarar miqdorini quyidagilar belgilaydi: 146 1) Korroziyalanishdan yaroksiz xolga kelgan jixozlarni yoki ularning yaroksiz xolga kelgan qismlarini almashtirish uchun sarflanadigan mablag; 2) Korroziyalanishdan ximoya kilish ishlari uchun ( gal’-vaniq , metall, lok yoki buyovchi moddalar bilan koplash , ingibitorlar ishlatish va x.k.) sarflangan xarajatlar ; 3) Korroziyalaniщdan kukunga aylanib butunlay yaroksiz xolga kelgan metallar narxi belgilaydi. Mutaxassislarni xisobiga ko’ra har yili, korroziyalanish natijasida isrof bo’ladigan metallarning miqdori, dunyo bo’yicha olganda, suyuklantirib olinadigan barcha qora metallning 10-15 % ga to‘g‘ri kelar ekan. Bundan tashqari korroziyalanish natijasida jixozlarning ishlab chikarish kuvvatlarini kamayishi, suyuqlik va gazlarni ularning tirqish va teshiklaridan oqib isroflanishi, ishlab chiqariladigan maxsulotlarni korroziyalanish mahsulotlari bilan ifloslanishi, korroziyalanish natijasida paydo bo’lgan teshik va tirkishlarni yamash uchun mehnat, mablag va kushimcha metallar sarflanishi va x.k. lar xam korrziyalanishdan vujudga kelgan xarajatlarga, ya’ni zararga kiradi. O’rtacha qilib olganda xar yili korroziyalanishdan kuriladigan zarar AQSH da 15 mlrd. dollarga, Angliyada 1,5 mlrd. funt sterlinga, GFR da 7 mlrd. markaga va x.k. boshqa davlatlarda xam shu katori sarf-xarajatga to‘g‘ri keladi. Har yili ishlab chiqariladigan kora metallning 20-30 mln. tonnasi korroziyalanishga sarflangan. Xalq xo’jaligiga keltiriladigan zarar har yili 14-15 mlrd. So’mni tashkil etgan (1990 yilgacha bo’lgan ma’lumot). Ma’lumki metalldan yasalgan jixozlar narxi metallning uz narxidan bir necha yuz marta kimmat turadi va shunday jixozlarni korroziyalanishi natijasida ular yaroksiz holga keladi. Xulosa qilib aytganda korroziyalanish natijasida metall buyumlar uzining kimmatli texnik xossalarini ya’ni kattikligini, yaltirokligini, mexaniq pishikligini, elektirik xossalarini va shuningdek boshqa sifatlarini yukotadi. SHu sababli metallarning korroziyalanishiga qarshi ko’rashish choralarining axamiyati juda katta bo‘lib, metallarni korroziyalanishdan saklaщ davlat axamiyatiga ega bo’lgan muxim masalalardan biri xisoblanadi.. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling