Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


 Metall konstruksiyalarning xususiyatlari


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

 
5.7. Metall konstruksiyalarning xususiyatlari 
Po‘lat yuqori fizik va mexaniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani sababli 
qurilishda keng qo‘llanib kelinmoqda, ayniqsa murakkab, noyob, Mas’uliyati 
yuqori bo‘lgan, juda baland sanoat va jamoat binolarida samarali foydalanib 
kelinmokda. Metall konstruksiyalar (6.6-rasm) yuqori mustahkamligi, 
ishonchliligi va umrboqiyligi bilan ajralib turadi. 


 134 
6.6-rasm.Metal ferma turlari: 
a-to‘sinsimon, b-ikki tayanchli uzluksiz, v-qo‘shkonsolli, g-egri o‘qli, d-
ramali, e-kombinatsiyalashgan ferma. 
Respublikamizda quyidagi turlardagi inshootlarda metalldan keng 
foydalaniladi: 
• ustunlar oralig‘i 8 * 18 m bo‘lgan bir qavatli, sanoat binolarida; 
• ustun balandligi 14,4 metrdan yuqori, oralig‘i 30 metrli sanoat 
inshootlarida; 
• ustunlar orasi 6,0 * 6,0 m va 6,0 * 12,0 m bo‘lgan imoratlarda, ko’p 
qavatli fuqaro va sanoat binolarida; 
• estakada, kranlar, silosxonalar, rezervuarlar, ko‘prik va yuqori 
kuchlanishli elektr tayanchlari, kabi turli muxandislik inshoatlarida; 
• teleminora, metropoliten va boshqa betondan foydalanib bo‘lmaydigan 
sharoitlarda; 
• katta masofali oraliqlarni yopishda ishlatiladigan metall fermalar, 
strukturalar, vantlar va membranalarda; 
Keyingi yillarda qurilishda engillashtirilgan metall konstruksiyalar keng 
qo‘llanilib kelinmokda. Engil konstruksiyalar tomlarda, Kislovodsk nomi bilan 
mashhur bo‘lgan panjarasimon zilzilabardosh ust yopmalarda keng qo‘llaniladi. 
Bunday konstruksiyalar zavod sharoitida tayyorlanib, qurilish maydonida 
yig‘iladi va shuning uchun industrial konstruksiyalar deb nom olgan. 


 135 
Metalldan turli xil arxitektura ko‘rinishiga ega bo‘lgan konstruksiyalarni 
oson va juda chiroyli yasash mumkin. 
Metall konstruksiyalarga allyuminiydan va turli qorishmalardan qilingan 
konstruksiyalar ham kiradi. Bunday qotishmalar po‘latlarga nisbatan 10-20 
baravar zangbordosh bo‘ladi va juda egiluvchanligi bilan mehnatni ancha 
engilashtiradilar, ayniqsa yopma konstruksiyalarda va qo‘shimcha yuk 
ko‘tarmaydigan devorlarda qo‘l keladi. Ammo bunday konstruksiyalar ancha 
qimmat bo‘ladi. Allyuminiy konstruksiyalar, po‘latdan ham qimmat bo‘lib, juda 
defitsit material hisoblanadi. 
Metall konstruksiyalarning salbiy ko‘rsatkichlaridan biri olovdan va yuqori 
haroratdan qo‘rqishidir. Metall shu bilan birga boshqa vazifasi orqali ham 
qurilishda keng tarqalgan, masalan, temir-beton konstruksiyalarida bikr 
sortamentlar, armatura sifatida beqiyos samaralidir. Undan tashqari muhandislik 
uskunalarida, suv, kanalizatsiya, quvurlarida, lift shaxtalarida, imoratning turli 
qismlarida keng foydalaniladi. 
Metall konstruksiyalai anchagina qimmat bo‘lganligi sababli undan 
konstruksiyalar loyihalansa, uning narxi kamaytirish, undan ratsional va optimal 
foydalanish masalalari dolzarb masalaga aylanadi. Metall konstruksiyalaridan 
samarali foydalanishda ikki xil yondashish bor. Birinchisi ratsional foydalanish 
bo‘lsa, ikkinchisi matematik usullar yordamida optimal loyihalash deb nom 
olgan. Variantli loyihalashda bir necha raqobatli echimga ega bo‘lgan variantlar 
tanlanadi va hisoblanadi. Iqtisodiy mezonlar (tannarxi, og‘irligi, mehnat harajati 
va h.q) orqali eng samarali echimga ega bo‘lgan variant tanlanadi. 
Optimal variant, ya’ni eng samarali echimni topish uchun iqtisod 
matematika usullaridan foydalanib konstruksiyani matematik modeli va 
masalaning matematik optimalalashtirish modellari yaratiladi hamda tegishli 
optimallashtirish usuli yordamida eng samarador echim aniqlanadi. Bu optimal 
loyihalash yondashishi oxirgi 40 yil ichida keng qo‘llanilib kelayotgan 
kompьyuter usuli hisoblanib, tajribada bir necha foiz (6,0 -28,0) gacha iqtisodiy 
samara berishi tasdiqlandi. Bizning Respublikamizda bu ilmiy yo‘nalish 


 136 
taraqqiy topgan markazlar ko‘p, masalan Toshkent Davlat Aviatsiya 
institutining «Amaliy mexaniqa» kafedrasida optimal masalalarni echishga doir 
salmoqli, xalqaro tan olingan ilmiy yutuq va amaliy natijalarga erishilgan. 
Umuman metall konstruksiyalari oxirgi davrda, uning turli komponenti 
asosida, eng zamonaviyligi, eng mustahkamligi, engilligi, chiroyli va 
umrboqiyligi, ayniqsa zilzilabardoshligi bilan katta e’tibor qozondi. 
Respublikamizda bunday konstruksiyalar keng qo‘llanib kelinadi, masalan, 
Kislovodsk nomli struktura ustyopmasi. Xususan poytaxtimiz Toshkent shahrida 
metalldan qurilgan bir necha noyob va go‘zal imoratlarimiz bor, masalan 
Toshkentssirki, SHarq konserin, ekspomarkaz pavilonlari, teleminoralar va x,.q. 
Insoniyat taraqqiyotida metall konstruksiya va ulardan yaratilgan bino va 
inshootlar xali ko‘p quriladi. 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling