Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


YOg‘och konstruksiyalarini chirish va yonishdan himoya qilish


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

YOg‘och konstruksiyalarini chirish va yonishdan himoya qilish. CHirish - 
yog‘ochni oddiy o‘suvchi organizmlar ta’sirida buzilishidir. YOg‘och bu 
organizmlar uchun oziq-ovqat muhiti vazifasini bajaradi. YOg‘ochni va yog‘och 
materiallarini biologik zararkunandalari juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. 
Biologik zararkunandalarga bakteriyalarning ba’zi turlari, yog‘ochni buzuvchi 
zamburug‘lar, yog‘och teshuvchi qurtlar, chumolilar va dengiz-yog‘och 
teshuvchilari-molyuskalarni ba’zi turlari kiradi. Hozirgacha bakteriyalarning 
yog‘ochga ta’siri kam o‘rganilgan. Ma’lum bir bakteriyalar yog‘och tarkibidagi 
ayrim moddalarni achishiga sabab bo‘lib, uning buzilishiga olib keladi. 
Bularning ta’sirida yog‘och mustahkamligini asta-syokin yo‘qotib boradi. Eng 
ko‘p tarqalgan yog‘och zararkunandalari bu zamburug‘lardir. Ular o‘rmon, 
ombor va uy zamburug‘lari turiga bo‘linadi. O‘rmon zamburug‘i asosan 
o‘sayotgan yog‘och daraxtini zararlaydi. Ombor zamburug‘lari asosan yog‘och 
materialini saqlash jarayonida erga tegib turgan qismini zararlaydi. Uy 
zamburug‘lari esa yog‘och materialini konstruksiya sifatida ishlatish jarayonida 
zararlaydi va uning chirishiga sabab bo‘ladi. Zamburug‘lar Q3 

Sdan 45 


gacha bo‘lgan haroratlarda va 18

20 % namlikdan kam bo‘lmagan holatlarda 


 161 
rivojlanadi va yog‘ochni chiritadi. Qumursqalar - yog‘ochni buzuvchilari 
hisoblanadi. Ular ham quruq, ham ho‘l yog‘ochni buzilishiga, chirishiga olib 
kelishi mumkin.  
CHirishdan yog‘och konstruksiyalarini himoya qilishning ikki xil usuli 
mavjud: konstruktiv himoya usuli; kimyoviy himoya usuli. CHirishdan himoya 
qilishning konstruktiv usulida konstruksiyaning ekspluatatsiya qilinishi uchun 
muhit yaratiladi va u holatda konstruksiyaning namligi chirish sharoitiga 
namlikdan oshib ketmaydi. YOpiq binolarda, atmosferadan tushadigan 
yog‘ingarchiliklarni tom yopmadan o‘tib ketmasligi, tomda nishablik bo‘lishi, 
ichki 
suv 
chiqib 
ketish 
yo‘llari bo‘lishi ta’minlanadi. YOg‘och 
konstruksiyalarini kapilyar namlikdan himoya qilish uchun, ularni beton va 
g‘isht devorlardan bitum qatlamli gidroizolyasiya bilan ajratiladi. Xona ichidagi 
yog‘och konstruksiyalari va boshqa yog‘och lak-buyoqlari bilan himoya 
qilinadi. YOg‘och konstruksiyalarida hosil bo‘ladigan kondensatsiya namligidan 
himoya qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu holatda konstruksiyaga suv bug‘lari 
kirmasligi uchun, xona tomondan bug‘saqlagich qo‘yiladi. Asosiy yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyalarni loyihalashda chok bo‘lmasligi va yoriq joylar 
bo‘lmasligiga erishish lozim, chunki bu joylarda sovuq havoning turib qolishi va 
u erda suv hosil bo‘lishi - chirish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. 
Agar konstruksiyani ekspluatatsiya qilish jarayonida uning namlanishi 
aniq bo‘lsa, u holatlarda kimyoviy himoya usulidan foydalaniladi. Masalan 
ko‘prik, minora va qoziq konstruksiyalarida yog‘och konstruksiya namlanishi 
mumkin. CHirishdan himoya qilishning kimyoviy usulida konstruksiyaga 
antiseptika moddasi surtiladi yoki shimdiriladi yoki u bilan qoplanadi. 
Antiseptikalar ikki turga bo‘linadi: suvda eriydigan va suvda erimaydigan-
moyli. Suvda eriydigan antiseptika - ftorli va kremniy ftorli natriydir. Uning 
rangi va hidi yo‘q. Uni yopiq turdagi binolarda ishlatiladi va u odamlar uchun 
zaharli emasdir. Ba’zi turdagi suvda eriydigan zaharli antiseptikalar ham 
mavjud. Ularning ayrimlari odamlar uchun ham zaharlidir. Moyli antiseptika - 
suvda erimaydi, har xil zamburug‘ va bakteriyalar uchun zaharlidir, kuchli 


 162 
yoqimsiz xidga ega bo‘lib, odamlar sog‘ligi uchun ham zararlidir. Bu turdagi 
antiseptika moddalari ochiq turdagi inshootlar konstruksiyalarini himoyalashda, 
odam kam bo‘ladigan joylarda, er va suv ostidagi konstruksiyalarni chirishdan 
himoya qilishda ishlatiladi. 
YOg‘och konstruksiyalarini yonishdan himoya qilishning ikki usuli 
mavjud bo‘lib, ular konstruktiv va kimyoviy. YOg‘och yonuvchan qurilish 
materiali hisoblanadi. Uning olovbardoshlik chegarasi nisbatan kichikdir. 
Olovbardoshlik chegarasi - vaqt birliklarida o‘lchanadi. Yirik ko‘ndalang 
kesimli yog‘och konstruksiyalari katta olovbardoshlilik chegarasiga egadir. 
Masalan, 17 17 sm ko‘ndalang kesimli qirrali yog‘och to‘sin- brus 10 MPa 
kuchlanish bilan yuklangan holatda 40 minut olovbardoshlikka egadir.
YOg‘och konstruksiyasini yonishdan konstruktiv himoya qilish usulida - 
konstruksiya yuqori haroratli jihozlardan uzoqroqqa qo‘yiladi. YOg‘ochning 
yonishiga qulay harorat bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Hatto oddiy suvoq ham 
olovbardoshlilik chegarasini ortishiga sabab bo‘ladi.
Himoya qilishning kimyoviy usulida - antipiren moddasi qo‘llaniladi. 
YOg‘ochni yonishi uchun ikki narsa bo‘lishi kerak: harorat va yana qislorod. 
Antipiren harorat ko‘tarilganda shimdirilgan yog‘och tarkibidan chiqib yog‘och 
element sirtida plyonka hosil qiladi va bu bilan konstruksiyani qisloroddan 
izolyasiyalaydi, natijada yonish jarayoni to‘xtaydi. Zarur bo‘lgan holatlarda 
antipirenni antiseptika bilan birgalikda va bir vaqtda yog‘och konstruksiya 
elementlariga shimdiriladi 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling