163
qo‘llanib kelinadi. Masalan, temir-beton elementda kerak bo‘lgan paytda, uning
shakli va o‘lchamlarini o‘zgartirmay turib, qo‘shimcha sterjenlar kiritish
mumkin. YOg‘och xaqida
gap ketganda esa aksincha, biror detalning ozgina
o‘zgarishi ham yaqqol ko‘zga tashlanadi va barcha o‘lchamlarni o‘zgartirishni
talab qiladi.
YOg‘och qurilish materiali sifatida me’morga
turli shakllar va fikrlarni
amalga oshirishga imkon bersada, ishni murakkablashtiradi
Konstruksiya turlari. YOg‘ochli inshootlarni ko‘rishda yuk ko‘taruvchi
elementlarning turlicha konstruktiv turlari mavjud.
Gorizontal, vertikal va diagonal joylashgan qurilish elementlarini tugun
nuqtasida konstruktiv bog‘lash usuli, yuk ko‘taruvchi
konstruksiya tuzilmasini
aniqlab beradi.
YUk ko‘taruvchi qurilish elementlarining gorizontal yoki vertikal
joylashuviga
qarab,
konstruksiyalar
bir necha
turga
bo‘linadi. Bu
konstuksiyalarda to‘sin va ustunlar uzluksiz –butun yoki biriktirilgan bo‘lishi
mumkin.
YUk ko‘taruvchi konstruksiyalar. Fazoviy umumiy sistema bo‘lib
vertikal va gorizontal yuklarni asosga uzatadi. Alohida sistemalar bir-biriga
biriktirilmagan bo‘lsada, ular bir-biriga bog‘liq bo‘ladi.
Faxverkli konstruksiyalar. Faxverkli konstruksiyada yuk ko‘taruvchi
sistema
tayanchlar, ustunlar, asosiy to‘sinlar (rama, progon, bog‘lovchilar) va
ularda yotuvchi yordamchi to‘sinlardan
tashkil topadi, Faxverkning yuk
ko‘taruvchi pastki elementlari – ustunlar orasida joylashuvchi to‘sinlaridir.
Ustunlar to‘sin va pastki bog‘lanishlar bilan shina yoki chuqurchalar yordamida
bog‘lanadi. Barcha konstruksiya asosiy pastki bog‘lanishga
tayanadi, ko‘p
qavatli faxversh, konstrkutsiyalarda pastki bog‘lanish
har bir qavatda
takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: