Mehnat vazirligi respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/176
Sana11.08.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1666420
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176
Bog'liq
MUXUM ARXITEKTURAGA

Bir qavatli ustundagi to‘sin. Bu turdagi konstruksiyalar bitta yo‘nalishda, 
ustida asosiy to‘sinlar yotgan ustunlardan iborat. Boshqa yo‘nalish bo‘yicha 
yordamchi to‘sinlar - bruslar, taxtalardan iborat bo‘ladi. To‘sinlarni ustunlarga 


 164 
o‘rnatganda to‘sindan tushayotgan yuklar ustunning tolalariga kundalang 
yo‘nalishda emas, balki bo‘ylama yo‘nalishda tushishi lozim. SHunga mos 
ruxsat etilgan kuchlanish tanlanib, buni kundalang kesim tanlashda inobatga 
olish lozim. Bu turdagi konstruksiyaning afzalligi asosiy yuk ko‘taruvchi 
sistemaning tug‘ri tanlash orqali katta oraliqlarni yopishni ta’minlashi mumkin. 
Ikki qavatli ustundagi tusin. Bu turdagi konstruksiyalarda uzluksiz to‘sinlar 
ustunlarga yotqiziladi. Ustunlar asosiy to‘sinlar bilan chegaralanadi. Navbatdagi 
qavat yana ustunlar qo‘yish bilan boshlanib, xuddi shunday davom etadi. 
Ustunlarning asosiy to‘sinlar bilan bog‘lanishi turli xil uslubda amalga 
oshiriladi. YUqoridagi ustundan tushadigan yuk pastki ustunga to‘sin orqali 
tushmasligi kerak. YUklarni uzatishda temir yoki yog‘och tagliklardan 
foydalanish tavsiya etiladi. YOrdamchi yo‘nalishlar bo‘yicha oraliqlarning 
kengligidan kelib chiqqan holda yopma to‘sinlar yoki qalin taxtalardan 
foydalaniladi. 
Asosiy to‘sin konstruksiyalari. Asosiy to‘sinlar (rigellar) uzluksiz 
ustunlarning to‘rttala tomonidan maxkamlanadi. Bu esa barcha ichki va tashqi 
devorlarning balandliklarini bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Asosiy to‘usinlar 
oraliqlarida turli yo‘nalishlar bo‘yicha to‘sinlar joylashadi. Bu bilan ikkala 
yo‘nalishdagi asosiy to‘sinlar ham bir xilda yuklanish ostida bo‘ladi. Boshqa 
turdagi konstruksiyalardan farqli o‘laroq bu konstruksiya bir xil balandlikka ega 
bo‘lishi bilan soddadir. 
Qamrovli konstruksiyalar. Qo‘shaloq to‘sinlar qator ustunlarning ikkala 
tarafidan qamragan holda o‘tadi. Qamrovlar_ ikkala tomondan ustunlarga 
shponkalar yordamida mahkamlanadi. YOrdamchi yo‘nalish bo‘yicha 
oraliqlarning kengligiga qarab qalin taxtalar yoki to‘sinlar qo‘yiladi. Bu turdagi 
konstruksiyaning afzalligi uzluksiz ustunlarni qo‘llashdir. Bu konstruksiya 
uchun harakterli bo‘lib, qamrov va ustun birikishi natijasida qamrov oxirida 
chiqiq hosil bo‘ladi va bu joy namlikdan lak yoki tunuka yordamida 
himoyalanishi lozim. 


 165 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling