Bekor turish vaqtini, ish vaqtidan tashqari ishlash vaqtini va mukofotlarni hisobga olish Band bo’lmagan ish vaqti yoki bekor turgan vaqt – bu unumsiz, lekin haq to’lanadigan vaqtdir. Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo’lish mumkin bo’lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo’yicha sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan chiqarilishi kerak. Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo’lish mumkin bo’lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo’yicha sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan chiqarilishi kerak. Bartaraf etsa bo’ladigan asosiy bekor turish hollari quyidagilardir: • Ishlab chiqarish jarayonining to’xtab qolishi (uskunalarning sinishi, materiallarning etishmasligi, ishni yaxshi rejalay olmaslik); • Boshqaruv qarorlari (buyumlarning texnik xususiyatini o’zgartirish, omborda materiallarning yo’qligi, rejalarning o’zgarishi). Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo’lmaydigan yoki muqarrar xarajatidir. U odatdagi ish sharoitidan yoki tashqi omillardan, choy ichishga tanaffusdan, to’satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang’ich ish tashlashdan kelib chiqadi. Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo’lmaydigan yoki muqarrar xarajatidir. U odatdagi ish sharoitidan yoki tashqi omillardan, choy ichishga tanaffusdan, to’satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang’ich ish tashlashdan kelib chiqadi. Bunga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan (ularni umumiy ishlab chiqarish sarflari schetida aks ettirish yo’li bilan) xarajatlarning bir qismi sifatida qarash mumkin. Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ma’lum davr bo’lib, unga odatda ustama sifatida haq to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |