Mehnatning noni shirin
Download 18.8 Kb.
|
Taniqli insonlar haqida qiziqarli ma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jomadonsoz usta Mendeleev
- Buni takrorlashga urinmang
- Hotamtoylik – millat tanlamaydi.
- Afrika, sen mening quchogʻimdasan!”
- Astoydil saʼy-harakat qilsang…
- Yana, ayrim maʼlumotlar…
- Oʻnta boʻlsa, oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa – qiligʻi…
- Balzak kun va tunni bilmagan!
Taniqli insonlar haqida qiziqarli maʼlumotlar Mehnatning noni shirin * Boburiy podshohlardan biri Avrangzeb faqat oʻz mehnati bilan, egallagan kasb-hunari evaziga kun kechirgan. Davlat xazinasidan bir tanga ham haq olmagan. Xolbuki, Hindiston oʻsha davrda dunyodagi eng boy davlat edi.
* Buyuk olim Mendeleev ilmiy ishlardan boʻsh vaqtlarida jomadon yasab sotar, shu yoʻl bilan roʻzgʻor tebratar ekan. U oʻzini: “Jomadonsoz usta Mendeleev” deb atashlarini yoqtirgan.
* Xoja Bahouddin Naqshbanddan muridlari biror karomat koʻrsatishni soʻrashdi. Hazrat oʻrinlaridan turdilar-da, yengil-yengil besh-olti qadam yurib, yana joylariga choʻkdilar. Muridlar hayron boʻlib qarashdi. Hazrati Naqshband dedilar: – Ikki yelkamda togʻday-togʻday gunohlarni koʻtarib, qushday yengil yurishimning oʻzi karomat emasmi?!
* Ernest Xeminguey mohir mergan boʻlgan. U bahs boylashib, bir odamning labida tutab turgan sigaretani otib tushirgan. * Amerikalik Pit Ruff esa, oʻzining boshidagi olmani bumerang bilan urib tushira olgan. (Bumerang – uloqtirgandan soʻng yana egasiga qaytib keluvchi “G” shaklidagi qurol).
* Milliarder Jon Rokfeller 550 million dollardan koʻproq mablagʻini turli xayriya jamgʻarmalariga oʻtkazgan. Hozirgi hisobga aylantirganda, bu juda katta – koʻp milliardlarni tashkil qiladi. Bugun ham uning badavlat izdoshlari Amerikada ancha-muncha. Masalan, dunyodagi eng boy odamlardan biri Bill Geyts, oʻz boyligining asosiy qismini xayriya maqsadlariga sarflashini maʼlum qilgan. Taqqoslash uchun: Bill Geyts har daqiqada taxminan 6 659 dollar ishlaydi. Dunyoning faqat 18 ta mamlakati Bill Geytsdan boyroqdir.
* AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington oʻzining bogʻida nasha yetishtirgan. * Prezident Benjamin Franklin esa, kurka – Amerikaning “milliy parrandasi” boʻlishi uchun koʻp harakat qilgan. * AQSHning 17-prezidenti Endryu Jonson, oʻziga-oʻzi kiyim tikkan yagona prezident hisoblanadi. * Prezident Endryu Jekson, Yer barkashdek yassi ekanligiga ishongan. * 1849 yili AQSH prezidenti etib saylangan senator Devid Atchison bu lavozimda atigi 1 kun ishlagan. Shunda ham, kunning asosiy qismini… uxlab oʻtkazgan.
* Shoir va yozuvchilarning koʻpchiligi rasm chizishni ham yaxshi uddalashadi. Alisher Navoiy hazratlari “Zanjirband sher” nomli surat chizganlar. * Gʻafur Gʻulom ajoyib rassom ham edi. Karikaturani “jonlantirib” chizish bilan birga, bodring, qovoq, handalak kabi “materiallar”dan hamkasblarining qiyofalarini yasashga ham usta boʻlgan. Dutor chalganda yuraklarni sel qilar, tojik, tatar, qozoq, ozar tillarida bemalol gaplashar edi. * Atoqli yozuvchi Said Ahmad ham yaxshigina rassom edi.
“Aniq moʻljal” sanʼati * Ralf va Kerolin Kamminslar oilasida 1952–1966 yillarda tugʻilgan 5 nafar bolalarining hammasi bir sanada – 20 fevralda dunyoga kelgan
* Mashhur bokschi Mayk Taysonning ayni “gurillagan” davrida 75 nafar xodimi boʻlgan. Yaʼni, menejer, promouter, buxgalter, vrach, massajchi, psixolog, yurist, oshpazlari, haydovchi, bogʻbon, enaga… xullas, jami 75 ta jon, birgina “Temir Mayk”ning ortidan tirikchilik qiladi, degan gap. Mayk Tayson ham “oʻz ishi”ni, yaʼni mushtlashishni yaxshi bilgan.
* AQSH prezidentlari ichida Jeyms Medison eng boʻyi pasti (1,62 m), Abraam Linkoln esa eng darozi (1,93 m) sanaladi. * Rossiya imperatori Pyotr I ning boʻyi 2 metr boʻlgani holda, poyabzali atigi 38-oʻlchamda boʻlgan.
* Pyotr I, 1708 yilning 9 dekabrida “Rahbariyatga munosabat toʻgʻrisida” Farmon chiqargan. Unda jumladan, shunday deyilgan: “oʻzining aqlliligi bilan rahbarning gʻashiga tegmaslik uchun, xodim uning huzurida ahmoqona qiyofada turishi shart”.
“Afrika, sen mening quchogʻimdasan!” * Yuliy Sezar Afrikaga yurish qilganida, avval boshdanoq omadsizlikka uchragan. Oʻrta Yer dengizidagi kuchli toʻlqinlar kemalarini toʻzitib yuborgan, oqibatda Afrika qirgʻogʻiga atigi bitta legion bilan yetib keladi. Kemadan tushayotganda… qoqilib, yerga yuztuban yiqiladi. Irimchi askarlar uchun bu oʻta bexosiyat alomat edi. Ammo, Sezar juda zukko edi. Yotgan koʻyi quchogʻini keng yozib, shunday hayqiradi: “O, Afrika, sen mening quchogʻimdasan!” Bundan askarlari ruhlanib, qiyqirishadi. Soʻngra Sezar Misrni zabt etdi.
* Elis Cheys ismli vrach, toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi haqida koʻp kitoblar yozgan. Oʻzi esa… ochlikdan oʻlgan. Radiyni kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri nurlanish kasalligidan vafot etgan. * Marlboro kompaniyasining birinchi xoʻjayini oʻpka saratonidan oʻlgan.
* Kunlarning birida Betxoven daydi sifatida hibsga olingan. * Bastakor Motsart 35 yil davomida 600 dan ziyod asarlar yozgan. Ijodi eng gullab-yashnagan davrida bir konserti uchun 500 gulden haq olar va bu pullarning hammasini bilyard oʻyiniga sarflardi. Oʻlimidan soʻng qabristondan alohida joy olishga ham pul topilmagan.
* Motsart uch yoshidanoq musiqalar yoza boshlagan. * Feliks Mendelson 17 yoshida “Yoz tunidagi uyqu” musiqasini yozgan. Bu uning hayotidagi eng mashhur asari boʻlib qolgan. Aktrisa Shirli Xenderson “Garri Potter” filmida 13-yoshli maktab oʻquvchisi Plaksu Mirtl rolini ijro etgan. Bu paytda Shirli 40 yoshga kirgandi. * Sara Bernar 70 yoshida 13 yashar Julyetta rolini oʻynagan.
Bir donishmand shunday degan: “Uch narsa bizni kundan-kun xarob etaveradi: bular – oʻzing xushlamagan taomni yeyish, sevmagan inson bilan yashash, oʻzingga yoqmagan ish bilan shugʻullanish”. Bu gapda shubhasiz, jon bor. Lekin, taqdir hammaga va har dam oʻzi istagan narsasini beravermaydi-ku? Ne qilmoq kerak? Faylasuf B. Fuller shunday deydi: “Umrimiz koʻpincha bir xil, zerikarli va toliqtiruvchi hayot maromidan iboratdir (“Yashashni chidaganga chiqargan!”). Ammo, aynan zerikarli va toliqtiruvchi ishlarda sabr-bardosh koʻrsatish tufayligina inson hayotda olgʻa harakat qila oladi. Agar mushkulotlardan bezib, buyuk ishlar uchun ilhom va qulay vaqt kelishini kutsangiz, oʻsha joyda qolib ketasiz. Umr esa yoningizdan shiddat bilan oʻtib ketaveradi!” Bu hikmat ham hayotda behisob marta oʻz isbotini topgan. L. Po ismli haykaltarosh, toʻliq koʻr boʻlishiga qaramay, faqat paypaslab “koʻrish” orqali yuzdan ziyod ajoyib asarlar yaratgan. Tomas Edisonning elektr lampochkani ixtiro qilishi oson kechmagan. Buning uchun u, 11 mingdan ziyod tajriba oʻtkazgan, 40 ming sahifadan koʻproq qogʻoz qoralagan. Gung-soqovlik – ogʻir dard. Buning ustiga koʻr ham boʻlsa, odam bamisoli tirik murda, degan gap. Skoroxodova degan ayol, ana shunday ahvolda oʻrta va oliy maʼlumot olish, ruhshunoslik boʻyicha dissertatsiya yoqlash va kitob yozishga muvaffaq boʻlgan. Buyuk notiq sifatida tanilgunga qadar, Demosfen juda tortinchoq boʻlgan. Buning ustiga, ovozi juda kuchsiz, nutqi nuqsonli boʻlgan. Buyuk fizik E. Rezerford, hatto, katta maʼruzalar chogʻida ham u yoki bu formulani hadeganda eslay olmasdi.
* Qadimgi Rim imperatorlari orasida oʻta telbaligi bilan nom taratganlari ham ancha boʻlgan. Masalan, imperator Neron oʻzining Isidat laqabli otini konsul etib tayinlamoqchi boʻlgan. “Koʻngil yozish” uchun Rim shahriga oʻt qoʻyib, tomosha qilgan. Shahvatparastlikda erkak-ayolning farqiga bormagan. Xotin va kanizaklari qatorida, oʻz opa-singillari bilan ham ishrat qilavergan. Oʻta toʻkin-sochin ziyofatlar uyushtirgan. Mehmonlar boʻkib qolishgan, xizmatkorlar tarqatgan maxsus dorini ichib, yeganlarini qayt qilishgan. Soʻngra… ziyofat yana yangidan boshlangan! Kommod ismli imperator esa, butun Rim Imperiyasidagi pakanalar va mayib-majruhlarni yigʻib, Kolizeyda janglar uyushtirgan. Balki, shuning uchun rimliklar Yaratganning qahriga uchrashgandir? Mutaxassislar fikricha, bugungi rimliklar – italyanlarning Qadimgi Rim aholisiga aloqasi yoʻq. * Xitoy imperatori Syanlun, gʻamgin sheʼr yozgan shoirlarni darhol qatl ettirgan.
* Mashhur nemis fizik olimi Albert Eynshteyn oʻlayotgan chogʻida ham qandaydir buyuk gʻoyalar, hayotiy xulosalarini bayon qilishga uringan. Afsuski, olimning soʻnggi soʻzlari oʻzi bilan ketgan. Chunki, uning yonidagi hamshira nemischani tushunmagan.
* “ZZ Top” estrada guruhi aʼzolarining faqat bittasi soqol qoʻymagan. Lekin, ismi – Beard, inglizchadan tarjima qilganda, “soqol” degan maʼnoni anglatadi. * Betxoven oʻzining mashhur “Toʻqqizinchi simfoniya”sini yozganida, qulogʻi tom bitgan (kar) boʻlgan.
* Fransuz faylasufi Volterning 80 ta hassasi boʻlgan. Zamondoshi Jan Jak Russoda esa 40 ta. * Napoleon Bonapart – tarixiy shaxslar orasidan kino sahnasiga eng koʻp olib chiqilgan shaxs hisoblanadi.
* Avlodlari eng koʻp tarqalgan inson sifatida Chingizxonga yetadigani yoʻq. Dunyodagi har ikki yuzinchi kishining geneologik ildizi Chingizxonga borib taqaladi. Hozir yer yuzida taxminan, oʻttiz besh million nafar… “chingiziylar” yashashyapti! * Bastakor Iogann Sebastyan Baxning avlodlari ichida 100 nafardan koʻprogʻi sozanda (organist) boʻlishgan.
* “Maugli”ni yozgan Redyard Kipling agar siyohi qora rangli boʻlmasa, bir qator ham yoza olmagan. * Yozuvchi Charlz Dikkens yuzini shimolga oʻgirgan holdagina ijod qilgan. Uxlaganda ham boshini doimo shimolga qaratib yotgan.
Yozuvchi Onore de Balzakning gʻalati odatlari haqida u hayotlik chogʻidayoq koʻp gaplar yurgan. Masalan, har safar yangi asar yozishdan oldin u bir-ikki oy muddatga oʻz xonasida qamalib olar ekan. Yozuvchi pardalarni yorugʻlik kirmaydigan darajada mahkam yopib olar va uy xalatiga burkanib olib, sham yorugʻida ishlarkan. Balzak kuniga 18 soat yozar, bu vaqt davomida unga kun va tunning farqini bilmaslik muhim edi. * Balzak boʻyinbogʻ (galstuk)ga bagʻishlab… butun boshli kitob yozgan.
Oliver Kromvel vafot etgandan ikki yil oʻtgach dorga osilib, keyin boshi tanasidan judo qilingan. * 1778 yilda vafot etgan Volterning jasadi qabridan oʻgʻirlab ketilgan. Oʻgʻirlik 1864 yilda aniqlangan, ammo jasad topilmagan. * 19 asrda yashagan Lagaridjo ismli toreador (buqa bilan olishuvchi) 4867 ta buqani oʻldirgan. Download 18.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling