Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan boshlayman Qoraqalpoq diyori va madaniyati
Download 0.84 Mb.
|
Abu Fayzulloh uchun! (Qoraqalpoq diyori va madaniyati)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chilpiq, Tuproq qal’a, Gaur qal’a, Jampiq qal’a, Ayoz qal’a, Qo’yqirilgan qal’a va Mizdaxqon arxitektura-arxeologik kompleksini
Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan boshlayman Qoraqalpoq diyori va madaniyati Qoraqalpog’iston- sahro ichidagi chamanzorim mening. Shu yurtning bir chekkasida tug’ildim, o’sdim va bag’rida yashayapman, Alhamdulillah! Garchi o’zim o’zbek millati vakilasi bo’lsam ham, deyarli teng yarmim qoraqalpoq bo’lib ulgurgan! Bu esa qalbimda cheksiz faxr tuyg’usini uyg’otadi! Keling, boshingizni ko’p og’ritmay kindik qonim tomgan yer haqida siz bilan o’rtoqlashay! Qoraqalpog’iston- O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi suveren respublika bo’lib, o’z tili, dini, konstitutsiyasi va davlat ramzlariga ega. Qoraqalpog’iston noyob madaniy merosga boydir. Bu uning arxeologik va tarixiy yodgorliklarida, xalq og’zaki ijodi , milliy urf-odatlarida va hunarmandchiligda yaqqol ko’rinadi. “Markaziy Osiyo Misiri” deb ataluvchi Qoraqalopg’iston hududida ko’plab arxeologik va tarixiy yodgorliklar mavjud bo’lib, bularga Chilpiq, Tuproq qal’a, Gaur qal’a, Jampiq qal’a, Ayoz qal’a, Qo’yqirilgan qal’a va Mizdaxqon arxitektura-arxeologik kompleksini misol qilib keltirishimiz mumkin. Qoraqalpoqlarning o’ziga xosligi, ularning xalq og’zaki ijodi, raqs va musiqa madaniyati va marosimlarida aks etgan bo’lib, bugungi kunda ular, xalqning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning eng keng ommalashgan turlariga, jiravlar (xalq oqinlari) va baxshilar (qo’shiqchi-mashshoqlar) va eposlar (Alpomish va Qirq qiz va boshqalar) kiradi. Qoraqalpog’iston ana’nalari hunarmandchilikda ham yaxshi namoyon bo’lgan. Erkaklar esa murakkabroq hunar turlari bo’lmish, yurtalar va musiqiy asboblarni tayyorlash, yog’och o’ymakorligi, zargarlik buyumlari, terini qayta ishlash va boshqalar bilan mashg’ul bo’lishgan. Ayollar asosan kashtachilik bilan shug’ullanib, ushbu hunarni qiz farzandlarga ham o’rgtishgan. Voyaga yetgan qiz to’yi bo’laman deguncha o’z kiyimlarini , ko’rpa va ko’rpachalariga esa quroqdan bezak berib tikishgan. Tikkan quroqlari qanchalik chiroyli bo’lsa, bu qiz bolaning shunchalik mohirligidan darak bergan. Ha, qoraqalpoq xalqi mana shunday chevar xalqlardan!!! Sahro o’rtasini makon tutkan va uni bog’-u- bo’stonga aylantirib yashayotgan qoraqalpoq xalqida o’ziga xos va mos urf-odatlar mavjud. Ular turli jabhalarda, masalan, mehmondo’stligida tezda ko’zga tashlanadi. Qoraqalpoqlar juda mehmondo’st xalq, mehmon bo’lib kelar ekansiz, oldingizga bor-yig’ini sochib mehmon qilishadi, bir gap bilan aytganda uyning eng aziz joyi mehmonnikida! Mehmon uchun dastlab ko’rpacha solinadi, “qo’lingizdan suv olinadi” ya’ni qumg’onda suv olib kelib qo’lingizni yuvdirishadi keyin dasturxon yozilib noz-u-ne’matlar qo’yishadi, shuningdek, qurbon qilingan hayvondan tayyorlangan milliy taomning ma’lum bir qismini (boshi yoki boshqa qismi) taqdim etiladi. Ovqatdan so’ng, yangi kelin yoki uy egasining ayolining mehmonlar qo’lidan patnis olish marosimi sodir bo’ladi. Unda kelin mehmonga chuqur ta’zim qilib, patnisni mehmon qo’lidan olib, keyin astalik bilan orta qaytadi. Shundan so’ng, hurmatli mehmon barcha kelganlar yaxshi tilaklar va uyning egasiga alohida minnatdorchilik bildirib nutq so’zlaydi. Shundan so’ng, oilaning eng kichik a’zosi (erkaklarda- kenja o’gil yoki ayollarda- kelin) mehmonlar qo’llarini yuvishlari uchun qumg’ondan suv quyadi. E’tibor bering, qoraqalpoqlarda mehmon kelganda va ketganda albatta “qo’lidan suv olinadi”. Eslang, Payg’ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ovqatdan oldin ham, ovqat yeb bo’lgach ham qo’llarini yuvar edilar (hadis). Qoraqalpoqlarning to’ydan oldingi va keyingi marosimlar juda qiziqarli jarayonlarni o’z ichiga oladi. Masalan, kelinning uyida tantana va bazm uyishtirilib, unda kelinning oila a’zolari, barcha urug’ a’zolari va qo’shnilari ishtirok etadi. Kuyov taraf ushbu kun kelinning uyiga qo’y yoki buzoq (ba’zida buqa), kelinning yaqinlariga sovg’alar olib keladi. Kuyov kelinning uyiga yaqinlashishi bilan, kelin taraf ayollar (ko’pincha qo’shnilar) kelinning uyiga kuyov kirishi uchun pul so’raydilar. Kuyovni ushbu butun jarayon davomida yosh yigitlar qo’llab turishadi va “vakil ota” kuyovning o’rniga to’lovni amalga oshiradi. Bayram bazmi tugagandan so’ng kuyovdan ikkinchi marta pul olinadi, bunda kuyov tarelkani tagiga pulni qoldiradi. Keyin kuyov, sovchi ayollarga pul berishi lozim. Sovchi ayollar mehmonlar uyiga suv to’la idish bilan kirib, agar kuyov to’lovni amalga oshirmasa, suvni qudalar ustiga to’kish bilan “tahdid” qilishadi. Barcha ushbu harakatlar hazilomus usulda o’tkaziladi, albatta. Bundan tashqari qoraqalpoqlarda “qiz alip qashiw” marosimi ham bo’lib, men eshitgan ma’lumotlarga qaraganda, ocharchilik bo’gan vaqtlarda to’y qilish uchun sharoit bo’lmagan. Ikki quda bo’lmish taraflar o’z aro kelishib olingan yoki yigit qizni o`rtoqlari bilan olib qochib kelgandan keyin qizning oilasiga “xabarchi” yuborishgan. Hozirgi kunda ham ushbu odat bor. Qoraqalpoqlar xalqida qizlar to’yi kuni albatta sawkelega murojat qilishadi Quyida sizga sawkele haqida Seniya Baybosinova Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mustaqil izlanuvchisining QORAQALPOQ XOTIN QIZLARINING MILLIY BOSH KIYIMI “SAUKELE” TARIXI (Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi kolleksiyasi misolida) maqolasida keltirilgan ma’lumotni taqdim qilaman. Sawkele Xorazm arxeologiya va etnografiya ekspedisiyasi tadqiqodchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston hududidagi qishloqlardagi aholi orasidan “Saukele” topilmagach Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi fondlarida saqlanayotgan “Saukele”ni rasmini chizishgan. 1947 yil akvarelda chizilgan “Saukele” rasm qishloqda yashovchi katta yoshdagi ayolga ko‘rsatilgach, mazkur bosh kiyim xaqida ma'lumotlar berilgan. Qoraqalpoq saukelesi jun matodan ishlangan bo‘lib, dumoloq tepa qismi gumbazsimon bo‘lib, quloqni yopib turgan. (naushnikka uxshab). Asosiy gumbazga uxshagan joyini kigizdan ishlab ustiga qizil rangli jundan tuqilgan mato bilan (sherst) tikishgan. Unga boy qilib naqshlar bilan bezatilmagan. Zargar ustalar marjon va boshqa rangli toshlar va munchoqlar, metalldan yasalgan naqsh uyib ishlangan zargarlik buyumlari bilan bezatilgan. Saukelening yuqori qismi “Tumak” deb nomlanib, uning ustki qismida metalldan yasalgan yoki rangli iplardan tikilgan, naqshlari xochsimon formadagi bezak bo‘lgan. Peshona qismini bezatishda metallga o`yib ishlangan mayda o‘q uchiga o‘xshash nishon detallar va qimmat baho toshlar bilan bezatilgan bo‘lib vazni og‘ir bo‘lgan. Bu nishonlar aholi orasida “jiga” (korona), saukeledegi boshqa mayda nishonlarni “kran” deb atashgan. Orqa tarafida (quyriqsha) uzun mato biriktilib tikilgan bo‘lib, pastki qismi uchta bazida to‘rtta qismga bo‘lingan. Saukelening umumiy formasi uning quloqni yopib turuvchi qalqon (naushnik) qismi, peshanasidagi bezagi “jiga” jangchilar shlemini eslatadi. Shlemga o‘xshash quloqni yopib turuvchi qalqon(naushnik)li ayollar bosh bezak buyumi Volga bo’yi xalqlarida ham uchragan Cho‘vashlarda “tuxiya”, Bashxurlarda “Takiya”, Udmurlarda “Tek'ya”deb nomlangan. Qizig‘i shundaki Chuvashlarda tuxiyaning quloqni yopib turuvchi qalqon qismi (naushnik)ni kojadan tikishgan. [3.56-58] O‘rto Osiyoning turkiy xalqlari va qoraqalpoqlarda 86 “tax'ya” termini keng tarqalgan. Olim A.S.Morozovning tadqiqodlarida qoraqalpoqlarda “marjon taxiya” (marjon toshlar bilan) bezatilgan taxiya bosh kiyim saqlanib kelgan. “Saukele” termini qoraqalpoqlarning dostonida uchraydi; yuqorida aytib o‘tilganidek “Qirq qiz” dostoni syujetidagi amazon-qizlarning erishgan yutuqlari xaqida ma'lumotlar berilgan. Yozilishicha sarkarda qiz Sarbinoz bo‘lgan. Jangga chiqishdan oldin sarkarda qiz Sarbinoz Saukeleni kiygan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra “Saukele” qomondonlarning kuch qudrat ramzi bo‘lgan. Qoraqalpoq milliy oshxonasida ko’pincha un va yormadan tayyorlangan taomlardan tashkil topgan. Ularning orasida juar unidan tayyorlangan go’shtli uzma hamir- beshbarmoq mashhurdir. Uning hamiri jugar uni, tuz va qaynatilgan suvdan qoriladi. So’ng, hamirni uzunchoq shaklda kesib chiqiladi va unda barmoqlarning shakli aks etadi. Keyin, uni go’shtli bulyonda qaynatiladi. Tayyor hamir uzmalarining ustiga go’sht va piyozli sous qo’shiladi. Judayam mazali bo’ladi-da, o’ziyam! Bug’doy unidan nonlar yopishadi. Katta tovoqda hamirni aralashtirib, uni o’qlovda yoyiladi. Ana shu hamirning o’zidan ingichka qilib yoyilgan va mayda kesilgan to’rtburchak hamir bo’laklari- Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling