Mehribon va Rahimli Alloh nomi bilan boshlayman Qoraqalpoq diyori va madaniyati
baursak, va qo’lda yoyilgan hamirdan tayyorlangan qovurilgan nonlar - sozban
Download 0.84 Mb.
|
1 2
Bog'liqAbu Fayzulloh uchun! (Qoraqalpoq diyori va madaniyati)
baursak, va qo’lda yoyilgan hamirdan tayyorlangan qovurilgan nonlar - sozban tayyorlanadi. Shu hamirning o’zidan yana 2 xildagi ugra: kespas va kaysas tayyorlanadi. Kespas- naychaga juda ingichka qilib yoyilib va mayda qilib ugra qilib kesiladigan non hisoblanadi. Kaysas ni ham ana shunday tayyorlanadi, faqat unga yog’ ham qo’shiladi. Ak saulak- tayyorlash uchun, bug’doy unidan qilingan hamir juda nozik katta non qilib yoyiladi va qizib turgan qozonda pishiriladi. Qovunlar, tarvuzlar va qovoqlar quritilib, shirinlik sifatida tanavvul qilinadi.
Qoraqalpog’iston haqida so’z borar ekan, bevosita Orol dengiziga to’xtalmasdan ilojimiz yo’q. Jahon glabal muammosiga aylanib ulgurgan Orol dengizi qurishi sabablari aniq ko’rsatimaydi, bu borada olimlarning turli fikrlari mavjud. Issiq qurg‘oqchil cho‘l o‘rnida qachonlardir dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallagan haqiqiy dengiz bo‘lganiga ishonish qiyin. Unda baliq ovlash uchun katta kemalar suzib yurar, to‘lqinlar qirg‘oq qoyalariga urilar va yuzlab sayyohlar esa suzish va quyoshda toblanish uchun uning plyajlariga kelishardi. Bularning barchasini Orol dengizining janubiy sohilidagi Mo‘ynoq shahrida ko‘rish mumkin.Yarim asr oldin, bu yerning qirg‘oqlariga baliq ovlash kemalari kelgan, eng yirik baliq fabrikasi ishlagan va ko‘plab plyajlar juda mashhur bo‘lgan. Mo‘ynoq butunlay suv bilan o‘ralgan va unga samolyot yoki kema orqali etib borish mumkin edi. Orol dengizi o‘zidan keyin jonsiz cho‘lni qoldirib deyarli 200 km orqaga qaytgan. Sirli rasmlarni, zaharli tuzli botqoqlarni va Orol dengizining qoldiqlarini vertolyot yordamida ko‘rish mumkin. Buning uchun g‘arbga Katta Orol tomon uchish kerak. Pastda cheksiz Mars landshaftlari kabi, minglab gektar maydonda hech qanday hayot bo‘lmaydigan oq tuz konlarini ko‘rish mumkin. Vaqti-vaqti bilan saksovul saflari paydo bo‘lishi mumkin, bu odamning ishi ekanligi seziladi. Ajablanarlisi shundaki, Orol dengizi falokatining oldini olishga harakat qilgan o‘zbek xalqi odatdagi cho‘lda saksovul ekib, yashil vohalar yaratmoqda. Yuqoriga uchayotganda bir paytlar dunyodagi eng toza va shaffof bo‘lgan dengizni ko‘rishingiz mumkin. Orol bo‘yida istalgan kishi o‘tov manzilgohlarda qolib, qoraqalpoq madaniyatini his qilishi mumkin. Mo‘ynoq tumanida Vozrojdeniye oroli mavjud – u Orol dengizidagi eng yopiq va sirli joy. Mo‘ynoq so‘nggi yillarda o‘zgarib ketdi. Bir vaqtlar yo‘qolgan dengiz portidan tashqari, ushbu mintaqa mamlakatga tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradigan narsaga ega. Masalan, mazali qoraqalpoq oshxonasi, mehmondo‘stlik, qiziqarli milliy urf-odatlar va insonda bo‘lgan eng oddiy narsa – suvni ehtiyot qilishni biladigan mehribon odamlar! Bir tasavvur qilib ko’ring! Sahro, kundan kunga qurib, yo’qolib borayotgan dengiz, undan faqat oppoq tuz meros qolyapti. Yozda havoning issiqligi, qishda esa tanani kesib yuboraman deydigan havosi Mo’ynoq xalqini hech ham xavotirga solmaydi. Ular faqat jonajon dengizidan ayrilayotganlaridan xafa…. Hurmatli o’qiguvchi! Yozaman desam yurtim haqida yillab yozib o’tiraverishim mumkin. Yaxshisi, ahli oilangiz bilan qoraqalpoq yurtida bir mehmon bo’ling! Ishonaman, siz ham mendek, ularni dildan yoqtirib qolasiz! Shonzar qizi 20.09.2022 Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling